Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar
Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va sovitish
Download 0.68 Mb.
|
Keramzit xom granulalarga termik ishlov berish - isitish, kuydirish va sovitish
Xom granulalarni quritish pishirishda ishlatiladigan aylanma pechlarda yoki alohida quritish agregatlarida amalga oshiriladi. Bu uncha katta bo’lmagan o’lchamlardan (6-14mm) granulalarni quritish rejimi olinadigan keramzit sifatiga jiddiy tasir etmaydi. Bitta aylanma pechda xam isitish va quydirish ishlarini birga bajarilishi bevosita xom granulalar ishlab chiqaruvchi qurilmaning ishlashiga bog’liq. Texnologik nuqtai nazardan pechlarning to’xtovsiz ishlashi uchun xom granulalar zaxirasi mavjud bo’lishi kerak. Shu sababli granulalar quritish barabanida dastlab quritiladi, natijada ularning mustahkamligi ortadi va uzaro elimlanib qolishini oldini oladi. Barabanda granulalar aylanishida yumaloq shaklni oladi va undagi yoriqlar yopiladi. Korxonalarda diametri 2,2 va 2,8m, uzunligi – 14m bo’lgan quritish barabanlari keng qo’llaniladi. Shu bilan birga qatlam tayyorlovchi samarali quritish agregatlari (rasm.7.1.) keng qo’llanilib, ularda xom granulalar nol namlikkacha va pishirishdan oldin quritiladi. Qatlam tayyorlovchi quritish agregati balandligi taxminan 10m li vertikal konstruksiyali ko’rinishda bo’lib, qabul bunkeri, ikkita qiya panjara (xom granulalar o’z-o’zidan xarakatlanadi), yukni tushirish barabanidan iborat bo’ladi. Xom granulalarni quritish pechdan chiqayotgan issiq gazlar hisobiga amalga oshiriladi, rasmda yo’naltiruvchi chiziqlar bilan qo’rsatilgan. Gazlar dastlab pastki panjaradagi material orasidan o’tadi, so’ngra sirkulyasion tutun so’ruvchi yordamida yuqori panjaraga, qolgan qismi esa pastga yuboriladi. Rasm.7.1. Qatlam tayyorlovchi: 1- korpus; 2-qabul bunkeri; 3- material miqdorini ko’rsatuvchi; 4- yuqori qiya panjara; 5-pastki qiya panjara; 6- termopara; 7- to’kuvchi baraban Keramzit xom granulalarini quritish aloxida quritish agregatlarida yoki pishirish uchun mo’ljallangan aylanma pechlarda amalga oshiriladi. Bitta aylanma pechda quritish va pishirishni birgalikda bajarish xom granulalarni tayyorlovchi qurilma va pechning tanafussiz ishlashiga bog’liq. Optimal rejimda gilli granulalarni pishirish keramzit olish texnologik jarayonining asosiy qismi xisoblanadi. Gilli granulalarning ko’pchishi bevosita aktiv gazlarning chiqishi va gilning piroplastik xolatga o’tishi bilan mos kelishi shart. Oddiy sharoitda gilni kuydirishda gaz xosil bo’lishi nisbatan past xaroratda sodir bo’ladi, piroplastikka nisbatan. Masalan, magniy karbonatning dissotsiatsiyasi- 600 0S gacha, kalsiy karbonatining dissotsiatsiyasi(bo’linishi)- 950 0S gacha, gilli minerallarning degidratatsiyasi esa 8000Sgacha xaroratda amalga oshadi. Organik birikmalarning yonishi past xaroratda boshlanadi, temir oksidlarining tiklanish reaksiyasi esa- 900 0S da yuz beradi. Gilli granularning piroplastik xolatga o’tishi- 1000 0S yuqori xaroratda yuz beradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling