Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar


Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 0.68 Mb.
bet5/10
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1218950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bir barabanli aylanma pechda keramzit ishlab chiqarish texnologiyasi

Rasm 7.2. Keramzit ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan bir barabanli aylanma pech sxemasi:1-xom granulalarni joylash; 2-aylanma pech; 3-forsunka; 4ko’pchigan keramzit shag’ali; 5-issiq gazlar oqimi.
Shu sababli keramzit olishda xom granulalarni pishirish xaroratni juda tez oshirishda erishiladi, aks xolda sekin xaroratni oshirishda gazlarning asosiy qismi ko’pchishgacha erkin chiqib ketadi va zich ko’pchimagan massa xosil bo’ladi. Granulalarni juda tez ko’pchish xaroratigacha qizdirish uchun dastlab uni tayyorlash, quritish va isitish kerak.
S.P.Onatskiyning izlanishlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, issiqlik ishlov berishning bosqichma-bosqich rejimi optimal xisoblanadi: xom granulalarni uzluksiz 200-600 0S gacha issitish va so’ngra juda tez ko’pchish xaroratigacha qizdirish (1200-1250 0S).
Xom granulalarni pishirish aylanma pechlarda bajariladi, konstruksiya bo’yicha ular bir barabanli, ikki barabanli va issiqlik almashinuvini bajaruvchi pech turlariga bo’linadi. Ishlab chiqarishda bir barabanli aylanma pechlar keng ishlatiladi, diametri-2,5m va uzunligi-40m (rasm 2.1.). Bu pech silindr metall barabandan iborat bo’lib, ichki qismi olovga bardoshli material(g’isht) bilan qoplangan. Aylanma pech 3 gradus qiyalikda joylash-tiriladi va o’z o’qi bo’yicha sekin aylanadi. Shu sababli pechning yuqori qismidan tushadigan xom granulalar uning aylanishidan pastki qismiga qarab xarakatlanadi, bu qismida gaz va suyuq ko’rinishdagi yoqilg’ilarni yondirish uchun gaz gorelkasi yoki forsunka joylashtiriladi. Natijada, xom granulalar issiq gazlarga qarshi xarakatlanadi, isiydi va qizdirish zonasida ko’pchiydi. Granulalar pechda o’rtacha 1 soat bo’ladi.
Issiqlik ishlov berishning optimal rejimini ta’minlash uchun, pechning ko’pchish zonasi uning boshqa qismlari (tayyorlash zonasi) dan xalqa yordamida ajratiladi. Aylanma pechning ko’pchish zonasi yoki ikkita oxirgi qismlari kengaytirilgan va o’rta qismi toraytirilgan bo’lsa analogik samaraga erishiladi.
Granulalarning ko’pchishi gilni piroplastik holatga o’tishida sodir bo’ladi, bunda ishlab chiqarishning oz miqdorda ham berilgan parametrlardan chetlashishi granulalarni o’zaro yoki pechning ichki devoriga elimlanib qolishiga olib keladi. Keramzit ishlab chiqarishning samarali yo’li bu granulalarni olovga bardoshli kukunlar bilan qoplash hisoblanadi. Bu kukun sepuvchi maxsus barabanda yangi tayyorlangan granulalar qoplanadi yoki bevositia aylanma pechda ko’pchish zonasidan oldin maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi. Granulalar sirtini kukun bilan qoplash ishlab chiqarish jarayonini va pishirish xaroratini barqarorlashtiradi. Natijada keramzit uyilma zichligi pasayadi va pechning ishlab chiqarish mahsuldorligi ortadi rasm 7.3.).

Rasm-7.3. Aylanma pechga olovga bardoshli kukunni kiritish qurilmasi:1aylanma pech; 2-kukunning zaxira bunkeri; 3-kukunni kiritish qurilmasi; 4-gorelka (forsunka); 5-ikkilamchi xavoni kiritish qurilmasi; 6-elevator.
Aylanma pechdan chiqadigan issiq gazlarni qayta qo’llashda yoqilg’i sarfini kamaytiradi. Shu maqsadda pechdan tashqari va pech ichidagi issiqlik almashinuvini qo’llash yoqilg’i sarfini 10% dan 30% gacha tejashga erishiladi. Pechdan tashqari issiqlik almashuvi uchun kuydirish agregati (rasm.7.4.) tarkibiga kiruvchi qatlam tayyorlovchi SMS-197 ishlatiladi.

Rasm-7.4. Kuydirish agregati SMS-197: 1- qatlam tayyorlovchi; 2-aylanma pech 2,8 × 20 m; 3- qatlam sovitgich; 4- xom granulalar
Qatlam tayyorlovchi qurilmada xom granulalar nafaqat quritiladi, balki 2003000S gacha qizdiriladi, natijada uzunligi 20m va diametri 2,8m aylanma pechlar ishlatiladi. Keramzitni kuydirishda ishlatiladigan ikki barabanli pechning tayyorlash va ko’pchish zonalari ikkita turli tezlikda harakatlanuvchi barabanlardan tashkil topadi.
Issitish barabani (kichik diametrli) va ko’pchish barabani (katta diametrli) bitta o’qda joylashgan bo’ladi, ya’ni birinchisi ikkinchisi ichiga kiradi yoki turli o’qlarda joylashtiriladi, bunda ular oraliq kamera (rasm.7.5.) bilan bog’lanadi.

Rasm 7.5. Ikki barabanli pechning sxemasi: a- bitta o’qda joylashgan barabanlar; b- turli o’qlarda joylashgan barabanlar; 1-issitish barabani; 2-oraliq kamera; 3-ko’pchitish barabani
Rolikli tayanchalarda turgan xar bir barabanning ekspluatatsiya paytidagi holati jiddiy nazorat etiladi, chunki roliklarga tushadigan yuk oshib ketmasligi kerak. Isitish barabanlari diametri 2,5-3m va uzunligi 20-35m, ko’pchish barabanlarining diametri 3,5-4,5m va uzunligi 19-24 m ni tashkil etadi. Har bir baraban mustaqil yurgizuvchiga ega bo’lib, uni belgilangan tezlikda aylanishini ta’minlaydi.
Barabanlarning aylanish tezligi shu holatda tanlanadiki, bunda ko’pchish barabanidagi to’shalgan granulalar isitish barabanidagiga nisbatan 1,5-2 marta tezroq harakatlanishi kerak. Ikki barabanli pechda har bir xomashyo turi uchun optimal issiqlik ishlov berish rejimi tanlanadi. Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish shuni ko’rsatadiki, bu holatda olingan keramzitning sifati ortadi, mahsuldorlik oshadi, yoqilg’i sarfi kamayadi.
Granula ichida tiklanish muhiti undagi organik aralashmalar yoki qo’shimchalar yordamida ta’minlanadi, biroq pechda oksidlanish muhitida bu organik aralashmalar va qo’shimchalar yonishi mumkin. Shu sababli xom granulalarni isitishga tayyorlash jarayonida oksidli gazli muxitning bo’lishi shart emas, biroq boshqa nuqtai nazar bo’yicha ko’pchimagan zich qobig’li o’ta mustahkam keramzit shag’alini olish mumkin. Bunday 3mm gacha qalinlikdagi qobig’ granulalar yuzasida organik aralashmalaning oksidli muxitda yonishida yuzaga keladi.
Biroq keramzit ishlab chiqarishda xomashyoning ko’pchish koeffitsientini oshirish zarur, chunki yuqori mustahkamlikdagi to’ldiruvchi olishda ko’pchimaydigan yoki kam ko’pchiydigan gilli xomashyo ko’p uchraydi, yaxshi ko’pchiydigani esa etarli bo’lmaydi.
Keramzit shag’alida etarli qalinlikdagi zich qobig’ning mavjudligi xomashyoni ko’pchishi qobiliyatidan to’la foydalanilmaganligi bilan tushuntiriladi va maxsulot chiqishi kamayadi.
Kuydirish qurilmasining mahsuldorligi (m3/yil):

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling