Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar


Keramzit shag’alining mustahkamligiga qo’yilgan talablar


Download 0.68 Mb.
bet9/10
Sana21.02.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1218950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Keramzit shag’alining mustahkamligiga qo’yilgan talablar
7.1-jadval.

Uyma
zichligi bo’yicha markasi

Yuqori sifat kategoriyasi

Birinchi sifat kategoriyasi

Mustahkamligi bo’yicha markasi

Silindrda maylanishi bo’yicha mustahkamligi,
MPa kam emas

Mustahkamligi bo’yicha markasi

Silindrda maylanishi bo’yicha mustahkamligi,
MPa kam emas

250

P35

0,8

P25

0,6

300

P50

1

P35

0,8

350

P75

1,5

P50

1

400

P75

1,8

P50

1,2

450

P100

2,1

P75

1,5

500

P125

2,5

P75

1,8

550

P150

3,3

P100

2,1

600

P150

3,5

P125

2,5

800

P250

5,5

P200

4,5

Keramzit shag’alining hisobiy mustahkamligi shuni ko’rsatadiki, bu g’ovak to’ldiruvchi yetarli mustahkamlikka ega bo’lib, standart sinovlarda mustahkamlik ko’rsatkichlari past bo’lishiga qaramay, yuqori mustahkamlikdagi yengil konstruksion betonlar olinadi.
Keramzit shag’ali donasi shar yoki syuri shaklida bo’lib, asosan xom granulalar shakliga bog’liqdir. Standartga ko’ra dona shakl koeffitsientining o’rtacha qiymati 1,5 dan katta bo’lmasligi kerak. Yuqori sifat kategoriyasiga ega keramzit shag’ali uchun dona shakl koeffitsienti 2,5 dan katta bo’lmasligi kerak va birinchi navli keramzit shag’ali uchun bunday donalar massa bo’yicha 15 % dan oshmasligi kerak.

Keramzitni qo’llash sohasi


Keramzit beton asosan devor materiallar uchun ishlatiladi. Devor panellari uchun eng samaralisi bu uyma zichligi bo’yicha markasi M300, M400, M500 bo’lgan engil keramzit shag’alidir.
Bir qatlamli devor panellari uchun ishlatiladigan konstruksion-issiqlikdan himoyalovchi keramzitbetonning zichligi 900-1100 kg/m3 ni, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 5-7,5 MPa ni tashkil etadi. Konstruksiyada beton bir vaqtning o’zida ham yuk ko’taruvchi va issiqlikdan himoyalovchi funksiyalarni bajaradi.
Ikki yoki uch qatlamli devor panellarida yuk ko’tarish qobiliyatini bir va ba’zan ikki qatlamli konstruksion-keramzitbeton ta’minlaydi, issiqlikdan himoyalash zichligi 500-600 kg/m3 bo’lgan yirik g’ovakli issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton qatlami ta’minlaydi.
Izlanishlar shuni ko’rsatadiki, bir qatlamli panel konstruksiyasidan ikki yoki uch qatlamliga o’tish va devor panellari yuk ko’tarish va issiqlikdan himoyalash funksiyalarini bajaruvchi konstruksion va issiqlikdan himoyalovchi keramzit beton asosida ishlab chiqarilgan panellarning sifatini va chidamliligini oshiradi, material sarfini kamaytiradi.
Issiqlikdan himoyalovchi yirik g’ovakli keramzit beton bu o’ta engil beton hisoblanadi. Sementni eng kam sarfida uning zichligi keramzit shag’ali uyma zichligidan kamroq oshadi.
Keramzit shag’ali markasi M700 va M800 ni qo’llab siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20, 30, 40 MPa bo’lgan konstruksion engil beton olish mumkin, undan asosan tom yopma, ora yopma panellaridan qurilishda keng foydalaniladi, bu o’z navbatida konstruksiyani engillashtiradi.


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling