Sun’iy intellekt ” fanidan mustaqil ish -3 mavzu
Bilimlarga asoslangan tizimlar [7]
Download 207.75 Kb.
|
mavzu 1 ai
Bilimlarga asoslangan tizimlar [7]. Bu ikkinchi asosiy yo'nalish bo’lib, SIning poydevorini tashkil etadi. Ushbu yo’nalishda bilimlar asosida SIni o’rganish muammolari o’rganiladi.
2.3 - rasmda ushbu yo'nalishning tuzilishi keltirilgan. Har qanday pretmet sohaning tusilishi uning asosiy xususiyatlari, unda yuz beradigan jarayonlar, shuningdek, unda yuzaga keladigan masalalarni echish usullariga asoslangan ba’zi ma’lumotlar majmuasi shaklida ifodalanadi. Barcha ushbu ma'lumotlar pretmet soha haqidagi bilimlarni tashkil etadi. Muayyan bir pretmet soha bo'yicha masalalarni echish uchun intellektual tizimlardan foydalanilganda, pretmet soha bo;yicha kerakli ma'lumotlash to'plash va ushbu sohaning kontseptual modelini yaratish kerak. Bilimlarning manbalari sifatida hujjatlar, maqolalar, kitoblar, fotosuratlar, film olish va boshqalar bo'lishi mumkin. Ushbu manbalardan kerakli bilimlarni ajratib olish kerak. Bilimlarni olish sohasidagi ikkita asosiy yo'nalishni ajratilishi mumkin [7]: sifatli bilimlarni shakllantirish va bilimlarni integratsiyalash. Birinchi yo'nalish, intellektual tizim xotirasiga kiritish uchun mos keladigan, matnli shaklda ifodalangan bilimlardan ularning analoglariga o'tishga imkon beradigan turli usullarni yaratish bilan bog'liq. Ushbu muammo bilan bog'liq holda, tajriba ma'lumotlarni qayta ishlashning an'anaviy usullari emas, balki butunlay yangi yo'nalish, ya'ni noravshan matematika rivojlandi. Ushbu yo'nalishning paydo bo'lishi amerikalik olim L.Zadening nomi bilan bog'liq. Noravshan matematika va uning usullari SIning ko'pgina sohalariga, xususan, sifatli axborotlarni taqdim etish va qayta ishlash bilan bog'liq muammolarning butun majmuasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. SI bo'yicha o'rganilayotgan keyingi katta muammo - bu tizim xotirasida bilimlarning namoyish etilishi. Buning uchun turli xil bilimlarni namoyish etish (BNE) modellari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda intellektual tizimlarda to'rtta asosiy bilimlar modelidan foydalanadi: Birinchi model, tabiiy-tildagi matnlarda bilimlarni qanday tavsiflash bilan bog’liq. Ushbu modelda barcha kerakli ma'lumotlarni quyidagi uchlik ko’rinishda: (a R b) (bu erda a va b ikkita ob'ekt yoki tushuncha va R ular orasidagi binar munosabat) ifodalash mumkin degan g’oyaga asoslanadi. Bunday modelni grafikli ko’rinishda tarmoqlar shaklida tasvirlash mumkin, bunda tarmoqning tugunlariga ob'ektlar yoki tushunchalar, qirralariga esa-ular o’rtasidagi munosabatlar mos qo’yiladi. Qirralarga mos qo’yolgan munosabatlar alohida nomlarga ega bo’ladi. Bunday model semantik tarmoq nomi bilam yuritiladi.. SIda BNEda keng qo’llaniladigan modellardan biri-bu freymli model bo’lib, u semantik tarmoqlarning bir turi hisoblanadi va unga semantik tarmoqlarga nisbatan bir qator sintaktik xarakterdagi cheklanishlar qo’yiladi. SI da «freym» tushunchasi M.Minskiy tomonidan kiritilgan. «Freym» sifatida ob’ekt yoki hodisa tushunchalariga xos bos bo’gan barcha ma’lumotlardan ob’ekt yoki hodisalarni identifikatsiya qilishda (tanishda) minimal tavsifiga ega bo’lgan ma’lumotlarni tanlash masalasini qarash mumkin. BNEning mantiqiy modellari xulosalashning klassik mantiqiy modeliga asoslanadi [7]. Bu modellar mantiqiy mulohazalar va predikatlar mantiqiga asoslanadi. BNEning mahsuliy(produksiyali) modellari produksiyalar tizimiga, ya’ni «agar A bo’lsa, B bo’ladi» qoidasiga asoslanadi. Bilimlar bazalari nazariyasi zamonaviy SIning muhim qismi hisoblanib, ularda bilimlarni boshqarishning barcha asosiy qoidalari jamlangan. Ushbu qoidalar orasida, birinchi navbatda, bilimlarni to'ldirish qoidalarini qayd etish mumkin. Matnlarda mavjud bo'lgan barcha inson bilimlari asosan to'liq bo’lmaydi. Shuning uchun biz matnlarni qabul qilganda uni o’zmizga ma’lum bo’lgan va ushbu matnga tegishli bo’lgan ma’lumotlar bilan to’diramiz. Shu kabi protseduralar bilimlar bazalarida ham amalga oshitriladi. Bilimlar bazasida ilgari mavjud bo’lgan bilimlar bilan birgalikda ularga kiritilgan yangi bilimlar hisobidan olingan bilimlarning hajmi kengayadi. Bilimlar bazasini yangi bilimlar bilan to’ldiruvchi protseduralar orasida tashqi olam qonunlari asosida yangi bilimlar bilan to’dirishda psedofizikali mantiq (vaqtli, fazoli, harakatlar va h.k.) alohida o’rinda turadi. Intellektual tizim foydalanuvchilarga kerakli tushuntirishlarni berish ucun kerakli vositalarga ega bo'lishi zarur. Tushuntirishlar turli xil bo'lishi mumkin. Bu esa tushuntirishlar nazariyasini rivojlantirishni talab etadi. Download 207.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling