Robinson tomonidan "teskaridan" isbotlashga asoslangan rezolyutsiyalar usuli taklif qilindi. Bunga ko’ra maqsadli tasdiq инвертируется va aksiomalar to’plamiga qo’shiladi, ushbu yo’l bilan hosil qilingan tasdiqlar to’plamining birgalikdamasligi (qarama-qarshi ekanligi) isbotlanadi. Rezolyutsiyalar usuli bilan isbotlashni bajarish uchun tasdiqlar to’plami ustuda ba’zi almashtirishlarni bajarish talab etiladi, xususan, ular takomil konyunktiv normal shaklga (TKNSh) keltiriladi. - Hozirgi vaqtgacha sun’iy intellekt tizimlari sohasida ko’plab mantiqiy xulosalash tizimlari ma’lum. Ularning barchasi bir-biridan foydalaniladigan modellari, mantiqiy xulosalash ko’rinishlari, ifodalanish uslublari, mantiqiy xulosalash usullari bilan farq qiladi (7.1-rasm) [8, 18].
- Fikrlash va deduktiv xulosalash prinsipi. Sun’iy intellektning ajralmas qismlaridan biri-bu gipotezalar generatori, teoremalarni isbotlash va hisoblagichlardan tashkil topgan fikrlaydigan intellektual tizimlar hisoblanadi [1, 4, 9, 18].
- Fikrlash deganda – qandaydir tasdiqlarni qabul qilishga olib keladigan (majbur qiladigan) argument(fakt)lar ketma-ketligi tushuniladi.
- Ko’rinib turibdiki, mantiqiy xulosalash matematik mantiqni standart tushunish nuqtay-nazaridan, ya’ni argument(fakt)lar to’plami tayinlanganda, trivial bo’lmagan vositalardan (masalan, ziddiyatlar bo’lmasligini tekshirish) foydalanilmaganda va chin argumentlardan (sabablardan) chin xulosalar olishni ta’minlaydigan faqat ishonchli xulosalash qoidalari qo’llanilganda fikrlashning xususiy holi hisoblanadi.
- Keng ma’noda ishonchli xulosalashga deduktib xulosalash ham kiradi. Klassik mantiqda deduktiv xulosalash umumiylikdan xususiylikning kelib chiqishi deb qaraladi.
- Deduksiya–bu fikrlashning yuqori darajadagi ideallashtirilgan va chegaralangan shakli hisoblanadi. Agar biz inson fikrlashining ba’zi aspektlarini (axborotlarning to’griligi, noaniqligi, qarama-qarshiligi va h.k) modellashtirmoqchi bo’lsak, u holda deduksiya aniq etarli bo’lmaydi va bu holda fikrlashning boshqa shakllaridan, ya’ni abduksiya va induksiyadan foydalanish mumkin.
- Deduksiya (inglizchadan deducere - chiqarmoq)-zamonaviy mantiq termini bo’lib, mantiqiy qonunlar asosida biror mazmunni boshqasidan chiqarishni bildiradi.
- Deduksiya tushunchasi Aristotel ishlarida ham uchraydi. Fikrlar to’plamidan aqlli xulosalarni olishni ta’minlovchi qoidalar to’plamini Aristotel sillogizm deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |