Sun’iy intellekt va uning rivojlanish bosqichlari. Sun’iy


Download 144.08 Kb.
bet2/4
Sana21.02.2023
Hajmi144.08 Kb.
#1217160
1   2   3   4
Bog'liq
jOXW8kCiAWc8PcAn788

Sun'iy intellekt — bu inson o'y-fikrini Komp’yuter da aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda Komp’yuter tushunadigan tilda dastur tuziladi. Bu sqhada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni Komp’yuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan
algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida
«nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dastur-lashtirishga o'tishdir.
Sun'iy intellektning (SI) intellektual xarakterdagi masalalar-ning yechilish usullarini EHM yordamida o'rganuvchi fanning hayotda qo'llanib rivojlanib borishidan ekspert tizimlar (ET) vujudga keldi. ET lar asosini predmet sohasi ma'lumotlari haqidagi axborot kiritilgan bilimlar bazasi tashkil etadi. Bilimlarni ET ga taqdim etishning ikki asosiy shakli: faktlar va qoidalar mavjud. Faktlar — hodisa va jarayonlarning miqdoriy va sifat ko'rsatkich-larini qayd etadi. Qoidalar — odatda sabab va oqibatlarni bog'lovchi mantiqiy sharoitlar ko'rinishidagi faktlararo nisbatlarni bayon etadi.
SI tizimlari 40 yildan ko'proq tarixiy rivojlanish jarayonini boshidan kechirgandir. Paydo bo'lishidanoq teoremani avtomatik isbotlash, mashina tarjimasi (bir mashina tilidan boshqa tilga o'girish), tasvirlarni o'rganish va tahlil qilish, robotlar ishini rejalashtirish, o'yinlar algoritmi va strategiyasi kabi yechimini kutayotgan masalalarni qamrab olgan yechimni topish.

SUN'IY INTELLEKTNING DASTURLASHTIRISHGA TA'SIRI


Biror bir masalani yechishda inson miyasi o'zida bor bilim-ning barchasini ishga solmasdan, shu masalaga taalluqli bilimlar-nigina ishga soladi. Ma'lum bir masalani echish uchun, anoanaviy yo'l bilan ham dastur (DASTUR) tuzish mumkin yoki sun'iy inetellekt usulida ham dastur tuzish mumkin. Vaholanki, sun'iy intellekt usulini qo'llash masalani yechishni ancha yengillashtirar va tezlashtirar ekan. Tuzilgan dasturlarning alohida olingan qismi aniq bir ishni bajaradi. Biroq sun'iy intellekt asosida tuzilgani alohida xususiyatga ega. U xarakter jihatidan inson intellektiga yaqin, ya'ni ozgina o'zgartirishlar yoki ozgina qism informatsiya dasturni butun strukturasini o'zgartirmaydi. Bu holat (гибкость) dasturlash jarayonida yuqori samara beradi, dasturlash «tushunish» yoki «fikr» qilish imkoniyatini beradi.
Sun'iy intellekt masalani yechish jarayonida inson fikriga tayanadi. Inson miyasini ishlash prinsipi juda murakkab jarayon bo'lib, olimlar bu qiyin intellekt mexanizmini o'rganishmoqda. Biroq, sun'iy intellekt tizimida dastur tuzish uchun etarli bilimlar mayjud.

  1. Download 144.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling