Suniy zamsh matosidan zardo'zlik naqshlari bilan bezatilgan qiz bolalar bashang jaketining yangi modelini loyihalash 306-17 YST guruh REJA: - Kirish
- Zamonaviy va perspektiv moda yo`nalishlari asosida kiyim modellarini tanlash va asoslash
- Loyihaning asosiy qismi
- XULOSA
- adabiyotlar
Kirish Kirish Bozor peshtaxtalarini sifatsiz va qimmatbaho kiyim-kechaklar to`ldirib turgan bir paytda, tikuvchilik mahsulotlarining hajmini ko`paytirish, kiyim strukturasini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash, tikuvchilik sanoatini jadal rivojlantirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bugungi kunga dolzarb vazifa xisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Respublikamizning tikuvchilik korxonalarida yangi texnika va ilgor texnologiyani joriy etish, yangi kompleks mexanizatsiyalashtirilgan jarayonlarni qo`llash, yanгi materiallardan foydalanish, shu bilan birga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun kiyiм detallarining konturlarini, baza konstruktsiyalarini unifikatsiyalash ishlarini yo`lga qo`yish talab kilinadi. Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni ishlab-chiqarish jihatdan samarali bo`lishi uchun kiyimni loyihalash bosqichidayoq bunga zamin yaratiladi. Kiyimni konstruktsiyalash loyihalashning eng muhim qismi bo`lib, badiiykonstruktorlik va texnik vazifalarining echimini o`z ichiga qamrab oladi. Yetakchi tarmoqlar tajribasi shuni ko`rsatadiki, loyihalash jarayonini takomillashtirishning enг taraqqiyot va perspektiv asosi bo`lib ALTni yaratish va amaliyotda qo`llash hisoblanadi. Tikuvchilik sanoatida ishlab-chiqarish salohiyatini, iqtisodini ko’taradigan, dunyo bozorida raqobatga bardosh bera oladigan xaridorgir yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, yengil sanoatni fan va texnika taraqqiyotiga asoslanib eng muhim, eng dolzarb sohaga aylantirish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |