Superkompyuterlar


Микропроцессор- марказий кайта ишлов бериш булими хисобланиб компьютердаги барча хисоб-китобларни амалга оширувчи компьютер мияси ёки юраги деб аталади


Download 22.81 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi22.81 Kb.
#228993
1   2   3
Bog'liq
1-3

Микропроцессор- марказий кайта ишлов бериш булими хисобланиб компьютердаги барча хисоб-китобларни амалга оширувчи компьютер мияси ёки юраги деб аталади.

Mikroprotsessor (MP). Bu, ShKdagi markaziy blok bo‘lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan.

Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi:

boshqaruv qurilmasi (BQ) - oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini(boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini

shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi;

arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan

bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi);

mikroprotsessor xotirasi (MPX) - mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi

(AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bo‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi;

registrlar - uzunligi turlicha bo‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari

(standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past b o‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi);

mikroprotsessorning interfeys tizimi - ShKning boshqaqurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; o‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritish-chiqarish portlari (KChP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi;

interfeys (ingl. interface) - kompyuterda mavjud qurilmalarni o‘zaro ulab, ular o‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan vositalar majmui.


Download 22.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling