Surdopedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 82.57 Kb.
bet1/6
Sana12.10.2023
Hajmi82.57 Kb.
#1700580
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI



SURDOPEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………….3
I BOB. SURDOPEDAGOGIKANING UMUMINY ASOSLARI

    1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning pedagogik tasnifi……………………..5

    2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning tarbiyalash va rivojlashtirish xususiyatlari……………………………………………………………………9

II BOB. SURDOPSIXOLOGIYANING NAZARIY ASOSLARI
2.1. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning ruhiy rivojlanishining o‘ziga xosligi…..16
2.2. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘ziga xos xususiyatlari………………..21
XULOSA…………………………………………………………………………….32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………………………….34


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Surdopedagogika (lotincha ‘’surdus’’- so‘zidan olingan bo‘lib, “karlik” degan ma’noni bildiradi) eshitishida muammosi bo‘lgan shaxslar ta’limi, tarbiyasi va o‘qitilishi masalalarini tadqiq qiluvchi pedagogik fanlar qatoriga kiruvchi korreksiya pedagogikasining bir tarmog‘idir. Surdopedagogikaning asosiy vazifalari eshitishida muammosi bo‘lgan bolalarni pedagogik jihatdan har tomonlama o‘rganish, maxsus maktabda til o‘qitishni takomillashtirish, eshitish qobiliyatini rivojlantirish va talaffuzini shakllantirish ishlarini yuqori pog‘onaga olib chiqishdan iboratdir. Surdopedagogika fan sifatida eshitishida muammosi bo‘lgan shaxslar ta’lim-tarbiyasi amaliyoti bilan chamcharchas holda, shuningdek, ushbu amaliyotni har tomonlama o‘rganish va umulashtirish asosida rivojlanadi.
U nuqsonning oldini olish va kompensatsiyalash (o‘rnini to‘ldirish)ning ilmiy asoslangan yo‘l va vositalarini ishlab chiqish, shaxsning rivojlanish sharoitlarini asoslab berish bilan eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi amaliyotiga tubdan ta’sir ko‘rsatadi. Surdopedagogika uchun buyuk psixolog defektolog L.S Vigotskiyning ‘’Nuqsonning murakkab tuzilishi’’ haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga ega. Ushbu ta’limot bo‘yicha, birlamchi nuqson o‘z navbatida ikkilamchi nuqsonni yetaklab keladi. Mana shu ikkilamchi nuqson o‘z ortidan ko‘pgina nuqsonalarni yetaklab kelishi shaxsning me’yorda rivojlanishiga ma’lum to‘sqinliklarni yuzaga keltiradi. Surdopedagogika fanining tizimiga surdopedagogika tarixi ham kiradi, unda har xil tarixiy davrlarda eshitish qobiliyati sust rivojlangan bolalar bilan qanday ish olib borilganligi yoritilgan. Surdopedagogika sohasida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar va kattalarni maktabda o‘qitishning ko‘plab metodikalari mavjud. Umumiy fanlar- tarix, matematika, tabiatshunoslik va hokazo, shu bilan birga maxsus fanlar- eshitish qobiliyatini rivojlantirish, labdan o‘qishga o‘rgatish, predmet amaliy ta’lim kabilar ham yaratilgan.

Download 82.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling