Surunkali pielonefrit


Download 279.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana21.11.2023
Hajmi279.15 Kb.
#1791664
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Surunkali pielonefrit



Surunkali pielonefrit, odatda, boshdan o‘tkazgan o‘tkir pielonefritning 
oqibati hisoblanadi. Buyrakdagi o‘tkir infeksion – yallig‘lanish jarayonini 
surunkaliga o‘tishining eng muhim sabablari quyidagilar: 
1. Siydik oqimi buzilishining o‘z vaqtida aniqlanmagan va bartaraf 
etilmagan sabablari, ularga siydik–tosh kasalligi, siydik yo‘llarining torayishi
prostata bezining havfsiz giperplaziyasi (adenoma) qovuq–siydik nayi reflyukslari, 
nefroptoz va b.kiradi. 
2. O‘tkir pielonefritni noto‘g‘ri yoki muddati bo‘yicha kam davolash, 
hamda o‘tkir pielonefritni boshdan kechirgan bemorlarni muntazam dispanser 
nazoratidan o‘tkazib turmaslik. 
3. Pielonefritda L–shakldagi bakteriyalar va protoplastlar hosil bo‘lishi, 
ular buyrakning oraliq to‘qimasida uzoq muddat nofaol holatda bo‘ladi, 
organizmning himoya immun kuchlari pasayganda esa avvalgi faol holatiga o‘tib, 
kasallikni qo‘zg‘atish qobiliyatiga kiradi. 
4.Organizmni kuchsizlantiruvchi va buyraklarning infeksiyalanishi 
uchun doimiy manba bo‘ladigan surunkali yo‘ldosh kasalliklar (qandli diabet, 
semirish, me’da–ichak kasalliklari, tonzillit va b.). 5. Immunodefitsit holat. 
Surunkali pielonefrit ko‘pincha bolalikdan, qizlarda ko‘proq o‘tkir 
pielonefrit xurujidan keyin boshlanadi. O‘tkir infeksion va virusli kasalliklar (gripp, 
angina, pnevmoniya, otit, enterokolit va b.) paytida yoki ularni boshdan 
kechirgandan so‘ng surunkali pielonefrit yangidan qo‘zg‘aladi, ular ko‘pincha 
yuqoridagi kasalliklar niqobida bo‘lib, sezilmasdan o‘tadi. Boshdan kechirilgan 
infeksion jarayon oqibatida organizmning kuchsizlanishi va antibakterial 
davolashning etarli bo‘lmasligi surunkali pielonefritning zo‘rayishiga imkon 
beradi. Keyingi muddatlarda bolada uning kechishi to‘lqinsimon xususiyatga ega 
bo‘ladi. Kasallikning remissiya davri yallig‘lanish jarayonining yashirin davri
keyin esa faol davri bilan almashadi. Bolalarda surunkali pielonefritni klinik 
kechishining ikkita: yashirin va to‘lqinsimon tipi farq qilinadi. YAshirin tipi 
simptomlarining kamligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik bolalarda bu kasallik 
dispanser ko‘rigida yoki interkurrent kasalliklar sababli tekshirganda, ancha 


kamroq esa – vaqt–vaqti bilan charchab qolishga, ishtaxaning yomonlashishiga, 
noaniq subfebrilitetga shikoyati bo‘lganda va juda kamdan–kam hollarda qorinda 
og‘riq bo‘lganda aniqlanadi. 
To‘lqinsimon tipi remissiya va zo‘rayish davri bilan xarakterlanadi. 
Ko‘pincha u qovuq–siydik nayi reflyuksi bo‘lgan va buyraklar hamda siydik 
yo‘llarida har xil rivojlanish nuqsonlari sababli yaqqol gidronefrotik 
transformatsiyasi bo‘lgan bolalarda qayd qilinadi. 

Download 279.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling