Surxondaryo etnografiyasi


III III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar


Download 57.06 Kb.
bet6/14
Sana07.02.2023
Hajmi57.06 Kb.
#1175898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
;;;777Surxondaryo Etnografiyasi TAYYOR (3)

III



III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:


1 .Surxondaryo etnografiyasining oʼrganilishi. Etnografik tadqiqot usullari. Etnograf olimlar. Etnografik manbalar.


2.Vohaning tabiiy - geografik joylashuvi va aholining xoʼjalik faoliyat turlari.


3. Vohaning tabiiy - geografik joylashuvi va aholining xoʼjalik faoliyat turlari. Dehqonchilik xoʼjaligi va anʼanaviy agrotexnika.


Voha hududida dehqonchilik tizimi. Qishloq xoʼjalik ekinlarining asosiy turlari: oq ekinlarning asosiy turlari: oq ekinlar, koʼk ekinlar.
4. Dehqonchilikning asosiy tarmoqlari. Yerni ekinga tayyorlash, ekin, hosilni yigʼish va yanchish usullari. Аnʼanaviy sugʼorish tizimi
Anorchilik
5. Vohada chorvachilikning voha hududlari boʼyicha joylashishi. Chorva mollarini boqish va parvarish qilish
6. qo’ychilik , Cho’pon , molfurushlik, chorvachilk umumiy tavsifi , hududiy joylshuvi , chorvachilk mahsulotlari turlari va uni tayyorlsh usullari
7. Surxon vohasi hunarmandchilk bilan bog’lik odat va marosimlar, hunarmandchilkda usta – shogird munosabatlari ,
8. Hunarmandchilk turlari : temirchilk , ko’nchilk, kulolchilik
Qishloq va shaharlarda uy - kasbkorligi va hunarmandchiligi. Xom - ashyo va uni qayta ishlash. Uy kasbkorligi va hunarmandchilikka oid urf - odat va marosimlar
9. Surxon vohasida zargarlik buyumlari , Gilamchilk va uning turlari gajari gilam , taqir gilam , kigiz , po’stak .
10. surxon vohasida kashtachilk namunalari : so’zana , joynamoz , bug’joma , zardevor , belbog’, do’ppi , yog’och va yog’och o’ymakorligi , sandiqlar miskarlik
11. Vohada anʼanaviy meʼmorchilik va uy - joylar tarixi. Mavsumiy va vaqtinchalik turar joylar hamda ularning turlari. Doimiy turar joylar va ularning qurilish xususiyati. Vohada ilk turar joylarning shakllanishi. Mavsumiy turar joylar. Lochiq. Kapa. Chum. Chayla. Yer tom. Toʼla. Choʼpon toʼla. Bogʼ tom. Oʼtov. Qora uy. Oq oʼtov. Qizil oʼtov.
12. Doimiy turar joylar. Hayot. Hovli. «Ichkari hovli». «Tashqari hovli». Uy. Daxliz. Аyvon. Loy (paxsa). Gʼisht. Guvala. Yogʼoch. Loy suvoq. Chupkori. Xurjun tom. Bolaxonali uylar.
13. Vohada mato va tayyorlash usullari. Voha aholisining anʼanaviy kiyimlari va kiyinish madaniyati. Bezaklar va zeb - ziynatlar. Oʼzbek xalqining anʼanaviy kiyimlari moddiy madaniyatning bir qismi.
14. Kiyimlarning asosi boʼlgan mato va mato tayyorlash usullari. Paxta. Gʼoʼzak. Jun. Xalaji. Urchuq. Oʼrmak. Doʼkon. Boʼz. Olacha. Beqasam. Baxmal. Аdras. Yozlik hamda qishlik kiyimlar. Erkaklar, xotin - qizlar, bolalar hamda marosim kiyimlari. Taqinchoqlar va ularning turlari
15. Nabotot (oʼsimlik) taomlari. Goʼshtli taomlar. Sut va sutli taomlar. Shirinliklar va ularni tayyorlash uslubi.Marosim taomlari. Nabotot (oʼsimlik) taomlari: arpa uni, bugʼdoy uni, makkajoʼxori uni, tariq uni.Nonlar. Bugʼdoydan tayyorlanadigan taomlar.
16. Guruchdan tayyorlanadaigan taomlar. Noʼxat. Loviya. Goʼshtli taomlar: sut, sut ogʼiz (qagʼanoq), gelagay (suzma), ayron, qimiz. Sariyogʼ. Shirinliklar. Qandolatchilik. Marosim taomlari va ular bilan bogʼliq irim - sirimlar
17. Oila hamda uning shakl va mazmun jihatdan turlari. Oilaviy marosimlar.
Voha aholisining yosh avlodni tarbiyalashga doir anʼanalari. Oʼzbek oilasining vujudga kelishi. Katta oila. Kichik oila. Oila jamoasi.
18. Oilaviy marosimlarni oʼtkaziishda jamoatchilik anʼanasi. Tushov kesdi. Sunnat toʼy. Oilaviy - maishiy va nikoh masalalari. Vohada yashovchi aholilarning yosh avlodni tarbiyalashga doir anʼanalari.
19. Voha aholisining qadimiy diniy eʼtiqodlari.Voha aholisi hayotida islom va uning oʼrni.Voha aholisining marosim va udumlari. Voha aholisining diniy eʼtiqolari tarixidan. Аnimizm. Zardushtiylik. Аvesto. Аxuramazda. Аxriman. Buddizm. Islom dini.
20. Qurʼoni Karim. Hadis. Paygʼambar. Choharyorlar. Mazhablar. Shia. Sunniy. Musulmonchilikning besh asosiy farzi.-Qurʼon va Roʼza hayitlari. Dafn marosimlari
21. Voha aholisining marosim va bayramlari . Voha aholisining anʼanaviy oʼyinlari. Predmetli oʼyinlar. Predmetsiz oʼyinlar. Voha aholisining anʼanaviy bayramlari.
22. Bahorgi marosimlar: Navroʼz, shoxmoylar (qoʼsh chiqarish), qizil gul sayli, loy tutish, «sust xotin». Yozgi marosimlar. Kuzgi marosimlar. Kattalar oʼyini. Bolalar oʼyini. Biror predmet asosida oʼynaladigan oʼyinlar. Chillik. Oq suyak. Ganosh. Boboltaka.
Zim - ziyo. Tiqmoq. Gʼirbaydi va boshqalar.
23. Maqol , metal , topishmoq , afsonalar, naqllar va rivoyatlar. Allalar Sherobod dostonchilik maktabi va baxshilar.
24. Аfsonalar. Rivoyatlar. Аytishuvlar. Termalar. Naqllar, dostonlar.
25. Surxon vohasining musiqa sanʼati tarixi.Musiqa cholgʼularining yaratilish tarixi. Do’mbirachilk
26. Qoʼshiqlar: mehnat qoʼshiqlari, dehqonchilik bilan bogʼliq qoʼshiqlar, chorvachilik bilan bogʼliq mehnat qoʼshiqlari, hunarmandchilik bilan aloqadaor mehnat qoʼshiqlari. Аytishuvlar. Termalar
27. Vohada shakllangan xalq tabobati va davolash usullari.
Voha aholisi tabobatida qoʼllaniladigan giyohlar Voha aholisining tabobat bilan bogʼliq bogʼliq irimlari. Xalq tabobati. Vohada xalq tabobatini tadqiq etilishi. Kasalliklarni davolash. Davo choralarini qoʼllash hamda ular bilan bogʼliq turli irim-sirimlar va urf-odatlar.
28. Zardushtiylik dini bilan bogʼliq irim-sirimlar. Isiriq hamda uning xususiyatlari. xalq tabobatida boshqa turdagi oʼsimliklarning ahamiyati.
29 Muqaddas joylarga ixlos qilish. Аfsunlar aytish. Аlaslash. Qurʼoni Karim hamda uning tasalli beruvchi oyatlari
30. O’ZINGIZ YASHAYOTGAN QISHLOQ TARIXI

Mustaqil ta’limning turli xil shakllari mavjud bo’lib, bunda asosiy e’tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys­stadilar)ni mustaqil ravishda, ya’ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o’qib o’rganishi va shu yo’nalish bo’yicha bilim va ko’nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:


-darslik yoki o’quv qo’llanmalar bo’yicha fanlar boblari va mavzularini o’rganish;
-tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
-mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
-maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-fanga oid ma’lumotlarni o’rganish, ularni tahlil qilish;
-talabaning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari yoki mavzularni chuqur o’rganish;
-faol va muammoli o’qitish uslubidan foydalaniladigan o’quv mashg’ulotlari;
-masofaviy (distantsion) ta’lim.
« surxondaryo etnografiyasi » fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma’ruza tayyorlash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma’ruza va seminar mashg’ulotlari mavzularini to’ldirishga harakat qilinishi lozim.





Download 57.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling