Surxondaryo suv loyihasi Mamlakat: Oʻzbekiston loyiha raqami
Loyihaning umumiy qiymati
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
PSD 50979 (Uzbek) (4)
Loyihaning umumiy qiymati
60 000 000,00 AQSH dollari OFFICIAL USE OFFICIAL USE Ekologik-ijtimoiy xulosa B toifaga kiritilgan (YTTBning ESP 2014 tartibi). Taklif qilinayotgan Ustuvor Investitsiya Dasturining (PIP 1 ) ekologik va ijtimoiy ekspertiza (ESDD 2 ) bosqichi texnik-iqtisodiy asoslash doirasida mustaqil xalqaro maslahatchi tomonidan amalga oshirildi. U joriy ekologik va ijtimoiy amaliyot sharhini, Loyihaning atrof-muhit va ijtimoiy sohaga mumkin boʻlgan taʼsirini baholash hamda Kompaniyaning ekologik va ijtimoiy tartiblari va boshqaruv salohiyatini sharhlashni oʻz ichiga oladi. PIP va Ekologik va ijtimoiy harakatlar rejasi (ESAP 3 ) mahalliy aholining aksariyat qismiga (jami 230 ming kishi, shu jumladan, 80 000 ta yangi isteʼmolchini) ishonchli toza ichimlik suvdan foydalanish imkonini berish barobarida ichimlik suvining milliy va Yevropa standartlariga erishishni taʼminlaydi. Shunga qaramay, butun aholiga milliy va Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlikni taʼminlash uchun suv taʼminoti tizimi koʻlamini yanada kengaytirish va takomillashtirish uzoq muddatli investitsiyalarni talab qiladi. Suv taʼminoti tizimidagi mazkur katta koʻlamdagi kengaytirish va takomillashtirish ishlari uzoq muddatli investitsiya dasturiga kiritilishi zarur. Hozirgi vaqtda Kompaniyaning oʻz daromadlari hisobidan uzoq muddatli investitsiya dasturini moliyalashtirishni tasdiqlashning imkoni yoʻq va tashqi moliyalashtirish manbalari ham aniqlanmagan. Shu sababli, foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqqan cheklovlar hamda cheklangan moliyaviy imkoniyatlar tufayli, YTTBning atrof- muhit va ijtimoiy siyosatidan (2014) chekinish talab etiladi. Surxondaryo viloyatida suv taqsimlash infratuzilmasining suv oʻtkazish salohiyati va texnik holatining yomonlashuvi joriy suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolar sirasiga kiradi. Suv tarmogʻi ahvolining yomonligi, suvni dezinfeksiya qilish samaradorligi pastligi va suvni tozalashning sifati pastligi (sulfatlar, loyqa va koli bakteriyalar parametrlarining chegaradan yuqori ekanligi) sababli ichimlik suvining sifati quyi darajadadir. Suv sifatini monitoring qilish esa yetarli ham, muntazam ham emas. Kompaniyaning ekologik va ijtimoiy boshqaruv tizimlari talablarga javob bermaydi va takomillashtirishni talab etadi. Umuman olganda, ESDD bosqichida bir qator nomuvofiqliklar aniqlandi va ular asosan Ekologik va ijtimoiy harakatlar rejasiga kiritilgan tuzatish choralari orqali hal qilinadi. PIP doirasidagi aholi uchun suvni kerakli darajada tozalash darajasini taʼminlash borasida Kompaniya suvni tegishli meʼyorlarga muvofiq izchil tarzda xlorlashi kerak, bunda mavjud manbadagi suvni (suv sifati parametrlari qoniqarli boʻlgan joylardagi) yangi yer osti suv manbalaridagi suvga aralashtirish yoʻli bilan uning tarkibidagi loyqalanish va sulfatlar darajasini milliy va Yevropa ichimlik suvi standartlariga muvofiqlashtirishga erishish mumkin. Suv sifatini tekshirish uchun kengaytirilgan monitoring ham joriy etiladi. Loyihaning salbiy taʼsiri asosan uning qisqa muddatli ekanligi va uning qurilish bosqichiga bogʻliq. Suv taʼminoti va tarqatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish bilan bogʻliq investitsiyalardan tashqari, taʼsirning koʻp qismi qurilish maydonchalarining oʻzida hal qilinadi. Uskunalardan chiqadigan turli shovqinlar, mahalliy qisqa muddatli transport tirbandliklari va havo ifloslanish darajasining oʻsishi, yerni qazish ishlari paytida tuproq va landshaftning buzilishi va ehtimoliy vaqtincha iqtisodiy koʻchirish ishlari ushbu taʼsirlar jumlasiga kiradi. Ishlarning toʻgʻri tashkil qilinishi bu taʼsir darajalarini pasaytirishi mumkin. 1 Priority Investment Programme 2 Environmental and Social Due Diligence 3 Environmental and Social Action Plan OFFICIAL USE OFFICIAL USE ESDD bosqichida PIPning umumiy amalga oshirilishi aholiga yanada sifatli xizmatlarni taqdim etish orqali uzoq muddatli ijobiy ijtimoiy natijalarga olib keladi degan xulosaga kelindi. Bularga suv taʼminoti xizmatlarini yaxshilash, suv taʼminoti tizimiga yangi ulanish imkoniyatlarini yaratish, ichimlik suvi sifatini milliy va Yevropa Ittifoqi standartlariga muvofiq koʻtarish, sanitariya-epidemiologiya xavflarini kamaytirish, suv yoʻqotilish darajasini sezilarli darajada kamaytirish, shuningdek xodimlarning mehnat xavfsizligi va mehnat sharoitlarini oshirish kabi omillarni kiritish mumkin. Agar barcha qoʻshimcha chora-tadbirlar (xlorlash, suv taʼminotining risoladagidek ishlash tartibi, suv sifatini toʻgʻri nazorat qilish va tezkor amalga oshiriluvchi choralar) ESAPga muvofiq toʻliq amalga oshirilsa, suvning sifati nafaqat mahalliy qonunchilik talablari, balki Yevropa Ittifoqi talablariga ham javob beradi. ESAP shuningdek, Kompaniyadan YTTB loyihalari uchun talablarga muvofiq ishlab chiqilgan qator takomillashtirishlar, xususan, Kompaniyaning atrof muhit, salomatlik, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik (EHS 4 ) imkoniyatlarini oshirish, EHS asosiy xavflari bilan bogʻliq EHS tartiblarini ishlab chiqish, kadrlar siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, xodimlarning shikoyat qilish mexanizmlarini joriy qilish, pudratchilar uchun EHS hamda mehnatni boshqarish va monitoring qilish dasturini ishlab chiqish, shuningdek, shikoyat qilish mexanizmi bilan bir qatorda Manfaatdor tomonlar bilan oʻzaro harakat rejasini (SEP 5 ) amalga oshirilishini ham talab qiladi ESAP ekologik va ijtimoiy sohadagi har qanday taʼsir va kamchiliklarni bartaraf etish uchun ishlab chiqilgan boʻlib, u direktorlar kengashi yigʻilishidan oldin Kompaniya bilan kelishib olinadi. YTTB Loyiha hamda ESAPning amalga oshirilishi, shu bilan birga, Kompaniyaning ekologik va ijtimoiy samaradorligini monitoring qiladi; bunda u Kompaniyaning yillik atrof muhitga oid va ijtimoiy hisobotlarini koʻrib chiqadi va zarurat tugʻilganda, nazorat tashriflarni amalga oshiradi. Loyiha uchun Manfaatdor tomonlar bilan oʻzaro harakat rejasi va Umumiy mazmundagi xulosa (NTS 6 ) ham ishlab chiqilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling