Surxondaryo viloyati denov tumani 17-umumiy o’rta ta’lim maktabi 8-“G” sinfining


- o‘quvchi Xar ishda shitob qilmagaysan, Bu demak murodga etmagaysan. 3- o‘quvchi


Download 22.98 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi22.98 Kb.
#1501309
1   2   3
Bog'liq
Bobur (Lotincha)

2- o‘quvchi
Xar ishda shitob qilmagaysan,
Bu demak murodga etmagaysan.


3- o‘quvchi
Birovnikim birovdin ko‘ngil qolur,
Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.


4-o‘quvchi
YOd etmas emish kishi
mehnatda kishi,
SHod etmas emish kishini
g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘ta shod
o‘tmadi xech,
G‘urbatda sevinmas emish albatta
kishi.


5- o‘quvchi
Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,
Necha umringni qilursan zoe.
Boshlovchi:
Endi tadbirimizga tashrif buyurgan tarixchi o‘qituvchimizga so‘z beramiz.
Boshlovchi: Rahmat.

  1. Boshlovchi:

Bobur Hindistonda shox bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.

  1. Boshlovchi:

U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. SHoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini xis etamiz.
(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik saxna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.
Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suxbatlashmoqda. SHunda soqchi kelib bir kishi Boburning xuzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.
Bobur:-Ruxsat, xuzurimga olib kelingiz.(Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta’zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum,xazratim. (Ta’zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning xuzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne’matdan totib ko‘ring, xazratim. Zora sog‘inchingizga malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq xidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin xolda gapiradi.)
Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoliyu , musaffo xavosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini,bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylarmanzarasi,dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mexrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan –mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.
Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.
O‘z erni qo‘yib, Hind zori yuzlandim,
YO,rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Download 22.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling