Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri


Surxondaryo viloyati tumanlari kesimida mavjud temir yо‘l stansiyalari


Download 1.87 Mb.
bet7/20
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1603942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
Umar magistr07

Surxondaryo viloyati tumanlari kesimida mavjud temir yо‘l stansiyalari



Stansiyalar nomi



Stansiya joylashgan tuman

Temir yо‘l tashkil etilgan yillar


Quduqli

Sariosiyo

1918-1940 yillar


Sariosiyo

Sariosiyo

1918-1940 yillar


Denov

Denov

1918-1940 yillar


Xayrabad

Denov

1918-1940 yillar


SHо‘rchi

SHо‘rchi

1918-1940 yillar


Elbayan

SHо‘rchi

1918-1940 yillar


Qumkо‘rg‘on

Qumkо‘rg‘on

1918-1940 yillar


Surxon

Qumkо‘rg‘on

1918-1940 yillar


Razezd 165

Jarqо‘rg‘on

1918-1940 yillar


Jarqо‘rg‘on

Jarqо‘rg‘on

1918-1940 yillar


Baqtriya

Termez t.

1918-1940 yillar


Termez

Termez sh.

1918-1940 yillar


Oqjar

Qumkо‘rg‘on

2001-2017 yillar


Tangimush

Boysun

2001-2017 yillar


Pulxokim

Boysun

2001-2017 yillar


Boysun

Boysun

2001-2017 yillar


Darband

Boysun

2001-2017 yillar


SHо‘rob

Boysun

2001-2017 yillar


Oqnazar

Boysun

2001-2017 yillar


Galaba

Termez t

1971 y


Amuzang

Termez t

1971 y


Uchqizil

Termez t

1915 y


Naushaxar

Termez t

1915 y


Sherobod

Muzrabot

1915 y


Boldir

Muzrabot

1915 y


Xо‘jaikon

Sherobod





Razezd 162

Muzrabot

1915 y

Viloyat temir yо‘l transporti tо‘rini tadqiq qilish davomida kuzatishimiz mumkin bо‘lgan jihatlari, joylashuv omillari, tumanlarning tarixiy, sanoat, aholi zichligi xususiyatlaridan kelib chiqib tashkil etilganini aniqlash mumkin.
Yuqoridagi jadvaldan tashqari viloyatda temir yо‘l izlari о‘tmagan tumanlar ham mavjud. Ular jumlasiga Uzun, Oltinsoy, Qiziriq, Angor tumanlari kiradi va ushbu tumanlarning transport tashuv aloqalarida avtomobil transporti katta ahamiyatga ega.
2003 yil iyun oyida, Afg‘oniston, Eron va О‘zbekiston prezidentlari Transafg‘on transport yо‘lagi tashkil etish tо‘g‘risida bitim imzoladi. Bu masalani Afg‘oniston yirik shaharlarini ulaydigan Hayraton - Mozori Sharif - Hirot - Qandahor yо‘nalishi bо‘yicha yangi temir yо‘llar qurish bilan hal qilinishi mumkin va О‘zbekiston va Eron avtomagistrallariga chiqishni ta’minlaydi. Kelajakda Pokistonga chiqadigan Mozori Sharif-Qobul yо‘nalishida temir yо‘l qurilishi mumkin, natijada О‘zbekiston orqali Afg‘oniston 3 ta yirik mintaqani bog‘laydi, shimolda Turkmaniston, Qozog‘iston, Rossiya, sharqda Pokiston va Hindiston hamda g‘arbda Eron.
“О‘zbekiston temir yо‘llari” AJ va Afg‘oniston Islom Respubl kasi Hukumati о‘rtasida Hayraton- Mozori Sharif temir yо‘l qurish loyihasi shartnomasi imzolandi. Qurilishga rasmiy start 2010 yil 22 yanvarda berildi, 2010 yil 4 noyabrda temir yо‘l buyurtmachiga topshirildi. Bu temir yо‘l liniyasini qurishda "О‘zbekiston temir yо‘llari" AJning О‘zbekiston Respublikasi tashqarisida amalga oshirgan birinchi loyihasidir. Loyiha Afg‘oniston О‘zbekiston chegarasida Hayraton temir yо‘l stansiyasi va Mozori Sharif shahri о‘rtasida yangi bir yо‘lli temir yо‘l liniyasini qurish, Hayratondagi stansiyani modernizatsiya qilish, Mozori-Sharif aeroporti yaqinida ayri yо‘l (razezd) qurish va yangi yuk hovlining qurilishini о‘z ichiga oladi.
Surxondaryo viloyati temir yо‘l transportini hududiy tizimlarining shakllanishini, viloyat temir yо‘l transportining joylashuvi va rivojlanishini iqtisodiy – geografik tahlil qilar ekanmiz. Temir yо‘l transporti mavjud hududlar iqtisodiyoti, aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasi yuk va yо‘lovchilar tashishning boshqa tumanlarga nisbatan yetakchilik qilishini kо‘rishimiz mumkin.
Zamonaviy vaziyatda iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va takomillashtirishni, yaxshi yо‘lga qо‘yilgan transportning kо‘magisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Sanoat korxonalari, qurilish va qishloq xо‘jaligining mehnat faoliyati, ularning mehnat samaradorligi kо‘p jihatdan uning aniqliligi va ishonchliligiga bog‘liqdir.
Bugungi kunga kelib, umumiy uzunligi 325 kilometr bо‘lgan “Qarshi-Termiz” temir yо‘l liniyasi tо‘liq elektrlashtirildi. 2018-yilning 9 yanvar kuni birinchi yuk va elektrovozlar harakati yо‘lga qо‘yildi. Viloyatda dizel yoqilg‘isi bilan xarakatlanuvchi teplovozlar о‘rnini zamonaviy elektrovozlar egalladi. 2017 yil boshida elektrlashirish ishlari Qarshidan Darband stansiyasigacha bо‘lgan masofada amalga oshirilgan bо‘lsa, 2017-yil ohiriga borib kо‘zda tutilgan barcha ishlar tо‘liq yakunlandi. Qiymati 327,6 million AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur loyiha doirasida jami 6 ta - Toshguzar, Dehqonobod, Oqrabot, Boysun, Qumqurg‘on, 165-Razezd tayanch stansiyalari qurildi.
Tahlillarga kо‘ra, Darbanddan-Termizgacha teplovozlar harakati uchun bir oy davomida 34 million sо‘mdan ortiq yoqilg‘i sarflangan. Elektrlashtirish ishlari sababli bu xarajatlar qariiyb 4 barobarga qisqardi. Qarshi-Termiz temir yо‘lining asosiy qismi tog‘li hududdan о‘tganligini inobatga oladigan bо‘lsak, elektrovozlar qatnovi yо‘lga qо‘yilishi ushbu xududda yuk tashish geografiyasi xajmini sezilarli tarzda oshirdi.
Xulosa qilib aytganda viloyat temir yо‘l transporti geografiyasi ya’ni barcha tumanlarda tashkil etish masalasi hamda, Transafg‘on transport yо‘lagida ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, viloyat temir yо‘llar tizimini modernizatsiya qilish, viloyat iqtisodiy- ijtimoiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi va viloyat tabiiy boyliklarini tо‘liq va oqilona foydalanishda temir yо‘l tranporti boshqa transport tashish vositalaridan ustun hisoblanadi.
2.3.Avtomobil transporti
Avtomobil bu grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib “autos” - о‘zi, lotincha “mobilis” - harakatlanidagan, degan ma’noni anglatadi. Uning asosiy ijtimoiy vazifasi huddi temir yо‘l transporti kabi yuk va yо‘lovchi tashishdan iborat.
Surxondaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, aholining kundalik hayotida, yuk va yо‘lovchi tashishda avtomobil transoporti yetakchilik qilishini alohida ta’kidlash joizdir.
Avtomobil transporti infratuzilmasi quydagilarni о‘z ichiga oladi: harakatdagi avtomobillar; yoqilg‘i bilan ta’minlash korxonalari; ta’mirlash korxonalari; avtokorxonalar, avtokolonnalar, avtovokzallar avtoyо‘llar va h.k.
Hozirgi paytda avtomobillarning turli xillari moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida va turmushda ishlatiladi. Moddiy ishlab chiqarishda og‘ir yuk kо‘taradigan avtomobillar, avtopoyezdlar, yо‘lovchi tashishda esa avtobuslar, yengil mashinalar ishlatiladi. Bundan tashqari, meditsina, oziq-ovqat, harbiy, ilmiy va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan maxsus avtomobil transporti ham bor.
Yо‘llar avtomobil transportining asosiy tarkibiy qismidir. Ikki tomonlama avtomobil harakati uchun yaroqli bо‘lgan keng yо‘l avtostrada deb ataladi. Bunday yо‘llarning muayyan bir joylarida yon kо‘chalardan qо‘shiladigan kirish va chiqish mavjud. Kо‘ndalang о‘tish joylari viadukalarda yoki tunnellarda bо‘ladi va avtostrada bilan kesishmaydi. Juda katta masofaga chо‘zilgan avtostrada “trakt” deb ataladi. Masalan, Katta О‘zbekiston trakti Toshkentni Termiz bilan bog‘laydi. Qattiq qoplamli yо‘llarni kо‘pincha shosse deb ataladi, tor texnik ma’noda esa shosse tosh yо‘lni anglatadi.



2.3-rasm. Surxondaryo viloyati avtomobil yо‘llari xarita-sxemasi.
Manba: Viloyat avtomobil transporti boshqarmasi ma’lumotlari asosida.


Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil transorptining ahamiyati birlamchidir. Bu trans­port tо‘rining ayniqsa qishloq hо‘jalik va sanoat korhonalarining ichki ehtiyojini va ularning tashqi tarmoqlararo aloqalarini qondirishda ahamiyati katta.
Jumladan, О‘zbek milliy avtomagistralining umumiy uzunligi 2755 km. ni tashkil qiladi. Bu jihatdan esa Surxondaryo viloyati avtomagistral yо‘llari talab darajasida emas. Respublika miqyosida avtomobil transportida yuk va yо‘lovchi tashish yetakchi о‘rinda turadi va bunda albatta yо‘llarning geografik joylashuvi va sifat darajasi katta ahamiyatga ega. Quyidagi diagrammada respublika transport turlari bо‘yicha yо‘lovchi tashish hajmi berilgan.



2.4-rasm. О‘zbekistonda respublikasida transporti turlari bо‘yicha yо‘lovchi tashish (mln kishi).


Sо‘nggi yillarda ayniqsa viloyatning tog‘li hо‘jaliklariga о‘nlab yangi avtomobil yо‘llari о‘tkazilishi bilan ular­ning umumiy о‘zunligi va zichligi oshdi. 1974 yilda viloyatda avtomobil yо‘llarning umumiy о‘zunligi 2827 km ga teng edi, shundan 1670 kilometriga silliqlovchi moylangan tosh yotqizilgan edi. Hozirgi vaqtda respublika avtomobil yо‘llarining umumfoydalaniladigan yо‘llarning umumiy uzunligi 42046 km ni tashkil qilib, Surxondaryo viloyati avtomobil yо‘llari uzunligi bо‘yicha esa hudud jihatidan kichik bо‘lgan Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridan ortda qolmoqda.

Misol tariqasida Farg‘ona viloyati hududi 6,8 ming kv km ni tashkil etadi va viloyat bо‘yicha umumfoydalaniladigan yо‘llar uzunligi 4001 km bо‘lib, bu о‘rinda Surxondaryo viloyatidan oldinda turadi. Xuddi shuningdek Samarqand viloyati hududi 16,8 ming km kv ni tashkil etsada, viloyat bо‘yicha umumfoydalaniladigan yо‘llar uzunligi 4084 km ni tashkil etib viloyatdagi balki respublikadagi sanoat, savdo va aloqada eng muhim yо‘llardan biriga ega.


Surxondaryo viloyati hududining kattaligi va 3 ta respublika bilan tekislik orqali chegaradoshligi yо‘llarni zichligini oshirishga, yuk va yо‘lovchilar tashish hajmini oshirish uchunkatta imkoniyatlar yaratsada, amalda viloyatni salohiyati sust.
Avtomobil yо‘li viloyatning tashqi aloqalarida ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, Surhondaryoning qator horijiy mamlakatlar bilan chegaralanganligi va ularning barchasiga ham bevosita temir yо‘l aloqalarining о‘rnatilmaganligi tashqi aloqalarda avtomobil transportini muhimligidan dalolat beradi. Viloyatning yirik shaharlari (Termiz va Denov)dan bir qancha horijiy davlatlar va mamlakatimizning ichki rayonlariga qator avtomobil marshrutlari yо‘lga qо‘yilgan.

Termiz-Qarshi, Termiz-Hayraton (Afg‘oniston), Ter­miz-Dushanba, Termiz-Toshkent, Denov-Qarshi, Denov-Shahrisabz, Denov-G‘uzor, Denov-Urganch, Denov-Samar­kand marshrutidagi avtomobil yо‘llari shular jumlasidandir. Yaqin vaqtlar ichida loyihalashtirilgan Karachi-Qobul-Termiz avtomobil yо‘lining ishga tushirilishi Surhondaryo va butun О‘zbekistonni Afg‘oniston, Pokiston davlatlari bilan bog‘laydi va О‘zbekistonni Hind okeaniga chiqish imkoniyatini yaratib beradi.
Halqaro ahamiyatga molik bо‘lgan ushbu avtomagistralning qurilishi bilan Surhondaryo hududida Osiyo va Yevropani bog‘lovchi kо‘prik о‘rnatilgandek bо‘ladi. Natijada vi­loyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojiga horijiy davlatlarning ijobiy ta’siri ortadi.
Hozirgi vaqtda viloyatda 50 ga yaqin avtomobil hо‘jaligi tashkil qilingan bо‘lib, ular halq hо‘jaligi taraqqiyotiga bevosita ta’sir kursatmoqda. Avtomobil transportida yiliga 35-40 mln tonna yuk tashilmoqda. Termizda faoliyat kursatayotgan «Sovavtotermiz» avtokorhonasining bir tomondan Markaziy Osiyo, ikkinchidan yaqin mamlakatlararo aloqasi mustaqillik tufayli yangicha yо‘nalish, yangicha mazmun olmoqda.

Bugungi kunda respublika avtomobil yо‘llari tarmog‘ining umumiy uzunligi 184000 km ni tashkil etib, shundan umumiy foydalanishdagi avtomobil yо‘llari 42 676 km dan ibrat. Surxondaryo viloyati bо‘yicha jami avtomobil yо‘llar uzunligi 2843 km teng bо‘lib, respublika umumiy foydalanishdagi yо‘llarning 6 % qismini tashkil etadi.
Jumladan bunda viloyatdagi mavjud xalqaro ahamiyatdagi yо‘llar 351 kmni tashkil etib, bu yо‘llardan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va yana bir qancha davlatlarning yuklari о‘tadi. Viloyatning nisbatan iqtisodiy rivojlangan hududlari ham aynan shu yо‘llar tizimi о‘tgan hududlarda joylashgan bо‘lib, bugungi kunda ushbu yо‘lni zamonaviy talablar asosida modernizatsiyalashtirish talab etilmoqda.

Ahamiyatliligi jihatidan keyingi о‘rindagi davlat ahamiyatidagi yо‘llarning uzunligi 990 km ni tashkil etib, bu yо‘llar barcha tumanlarda mavjud bо‘lib, viloyat hududida yetishtirilgan qishloq xо‘jalik mahsulotlarini tashishda juda muhim sanaladi, hamda respublika yuk va yо‘lovchi tashishda ham katta ahamiyatga ega.


Keyingi toifaga mansub yо‘llar mahalliy ahamiyatga molik yо‘llar hisoblanib, uzunligi ularning uzunligi 1502 km ni (eng kо‘p) tashkil qilib, viloyat ichida tumanlararo yuk va yо‘lovchi tashishda asosiy ahamiyatga ega. Darhaqiqat tumanlararo yuk va yо‘lovchi tashishda xalqaro yoki davlat ahamiyatidagi yо‘llarda yuk tashish hajmi mahalliy yо‘llardan salmoqli hisoblanib bu esa viloyatdagi yо‘llarning zichligi pastligidan dalolat beradi.
Qishloq tumanlari yuk va yо‘lovchi tashish hajmi bо‘yicha bir xil imkoniyat va amalda salohiyatga ega emaslar. Bu borada Denov, Termiz shahri, Jarqо‘rg‘on, Sariosiyo tumanlari yetakchilik qiladi. Yо‘lovchilarni tashishida Sariosiyo tumani quyi о‘rinlarni egallasada yuk tashish

2.9-rasm. Tumanlar bо‘yicha yuk tashish xajmi.

aylanmasida tuman nufuzi yuqoridir, chunki tumanda Sharg‘un kо‘mir koni37 (loyiha quvvati 400 ming tonna), Xonjiza”38 polimetall rudalar konlari ahamiyatlidir.

Yо‘lovchilarni avtomobil tranportida tashish 2018-yilda 257,5 mln kishini tashkil etgan, ammo bu tumanlar miqyosida turlicha kо‘rinishga ega. Jumladan, Termiz shahrida 2018-yilda 39,7 mln kishi, Denov tumanida 37 mln kishi, keyingi о‘rinlarda Angor, Jarqо‘rg‘on, Muzrabot tumanlari egallaydi. Albatta bu tumanlar xо‘jaligi viloyatning boshqa tumanlar orasida yetakchi о‘rinlarni egallaydi. Avtomobil transportida yо‘lovchi tashish bо‘yicha yeng past kо‘rsatkichlarga ega tumanlarga kelsak Boysun, Oltinsoy, SHо‘rchi tumanlari hisoblanadi. Boysun tumanida 2018-yilda 5 mln kishi tashilgan. Va bu о‘z о‘rnida tumanning tog‘li hududda hamda rivojlanmagan transport tizimi, aholi soni kamligi bilan izohlanadi. Quyida tumanlar kesimida avtomobil transportida tashilgan yо‘lovchilar hajmini keltirib о‘tdik.

Tumanlarini shaharlar bilan birlashtiruvchi yо‘lovchi transporti ishini keng yо‘lga qо‘yish, shahar bilan qishloq о‘rtasidagi mavjud muhim tafovutlarni tugatishning katta omili hisoblanadi39.
Shu nuqtai nazardan avtomobil transporti ayni vazifani bajaradi ya’ni eshikdan eshikgacha bо‘lgan oraliqdagi yuk va yо‘lovchi tashishida avtomobil transporti eng qulay transport turi hisoblanadi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling