Surxondaryo viloyati xtb boysun tuman xtb
Download 181 Kb.
|
Dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Unli tovushlar va harflar " A" va " O " unlilari " mavzusida tayyorlangan bir soatlik DARS ISHLANMASI
- Sana: _____________________ Sinf: 1-“A” Fan: Ona tili Mavzu : Unli tovushlar va harflar " A" va " O " unlilari
- Ta rbiyaviy maqsad
- II. Asosiy shakli va turi. Uslub
- Internet resurslar
- Darsning bosqichlari. Qisqacha tasnif Qollanila- digan usullar
- V. Asosiy tushuncha
- Korkam bolsin yozuving Yozuvga ber bor mehring. II. Otilgan mavzuni sorash va mustahkamlash .
- 2- Slayd orqali shartlar elon qilinadi. 1- shart
- " Yolchiroq "
- 2- shart. Klaster tuzish va savollarga javob berish. Oqituvchi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XTV SURXONDARYO VILOYATI XTB BOYSUN TUMAN XTB 34-umumiy o’rta ta’lim maktabning Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Jo’rayeva Shahnozaning 1- sinf uchun ona tili fanidan "Unli tovushlar va harflar " A" va " O " unlilari " mavzusida tayyorlangan bir soatlik DARS ISHLANMASI Sana: _____________________ Sinf: 1-“A” Fan: Ona tili Mavzu : Unli tovushlar va harflar " A" va " O " unlilari I. O'quv maqsadi: • Ta'limiy maqsad: Unli tovushlar va unli harflar haqidagi bilimlarni aniqlash. O'quvchilarni unli tovushlarni farqlashga "a" va "o" unli tovushlarining so'zlardagi o'rnini bilishga o'rgatish; • Tarbiyaviy maqsad: Yo'l harakati qoidalariga rioya qilish lozimligini uqtirish o'quvchilar orasida do'stona muhitni shakllantirish. • Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning o'g'zaki va yozma nutqini rivojlantirish, tez fikrlash qobiliyatini o'stirish. II. Asosiy shakli va turi. Uslub: Noan'anaviy Shakl: FSMU texnologiya Vositalar: kompyuter, darslik, slaydlar, ko'gazmali qurollar va magnit doskasi Usullar: vedioproyektor, slayd III. O'quv manbalari: • Darsliklar: 1- sinf " Ona tili " darsligi, 1- sinf metodik qo'llanma, mavzu yuzasidan qo'shimcha adabiyotlar. • Internet resurslar : talim-uz@inbox.ru • Elektron resurs: Multimedia umum ta'lim dasturlarini rivojlantirish markazi resurslari, o'qituvchi tomonidan yaratilgan dasturiy ilovalar. IV . Darsning texnologik xaritasi
V. Asosiy tushuncha: Unli tovushlar va unli harflar farqlashga "a" va "o" unli tovushlarining so'zlardagi o'rni . V. Darsning borishi: I. Darsning borishi: Tashkiliy qism: a) Salomlashish; b) Davomatni aniqlash; d) Qisqacha savol javob daqiqasini uyushtirish. Navbatchi axborotini tinglash; Darsning shiori; Ko'rkam bo'lsin yozuving
1) O'zbek tilida nechta tovush bor? 2) Tovushlar yozuvda nimalar bilan ifodalanadi? 3) O'zbek tilida nechta harf bor ? 4) Nimani talaffuz qilamiz va eshitamiz? 5) Nimani ko'ramiz, yozamiz o'qiymiz ? ( O'quvchilarning javoblari orqali avvalgi darsda " Unli tovushlar va harflar " mavzusi o'tilgani aniqlanadi. Uy vazifalar bajarilganligi tekshirib daftarlar almashtiriladi).
Bilasizmi , bolajonlar, Kitob shahri kundan -kunga chiroy ochib bormoqda. Siz ham bu go'zallikdan bahra olishni istasangiz, biz bilan sayohatga otlaning. Sayohat davomida yo'l harakat qoidasiga rioya qilishimiz kerak.( 1- slaydda "Yo'l harakat qoidalaiga rioyaga qilib boring" - degan rasm chiqadi) Faqat topshiriqlarmiz bor. Ular bilan sayohat darsimiz davomida tanishib boramiz.
Sizlarni " Yo'lchiroq " ning qizil ( "3" ) , sariq - ( "4" ) , yashil - ( "5" ) ranglaridan iborat kartochkalar bilan baholab boraman. 1 - shart. Guruhlar o'zlarini tanishtiradi. " A " guruhi: " O " guruhi : - Men " A" guruh sardori - Men " O" sardori Tanitay jamoani. Sizga madadkor har on. Alifboda ilk harf "A" Yerday yumaloq " O " harfi So'z boshi va o'rtasi, Ta'rif kunday ayon. So'z oxirin bezayman. 2- shart. Klaster tuzish va savollarga javob berish. O'qituvchi: - Hurmatli o'quvchilar darsligimizdagi 11 - mashqqa nazorat solamiz. "a" harfi bilan tugaydigan bo'g'inlarni va " o " harfi bilan tugaydigan bo'ginlarni quyosh nuri shaklida joylashtirishingiz lozim. ( O'qituvchi 2- shartni e'lon qilishdan oldin, o'quvchilarning qo'liga madnitli qo'g'ozchalarni berib chiqadi.) Shart bajarilgach, doskada va 3- slaydda quyidagi ko'rinish hosil bo'ladi: Bo'ginlardan so'zlar tuzilib bo'lgach tekshirilib, guruhlar rag'batlantiriladi. Download 181 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling