Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida marta aylanish davriga teng boʻlgan vaqt oʻlchov birligi. Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz sutkasi (23 soat 56 minut sekund) kabi turlarga ajratiladi. Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham yuritiladi


Download 63.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1375300
Bog'liq
Sutka - Vikipediya (1)



Sutka
Sutka — Yerning oʻz oʻqi atrofida 1 marta
aylanish davriga teng boʻlgan 
vaqt
oʻlchov birligi.
Sutka quyosh sutkasi (24 soat) va yulduz
sutkasi (23 soat 56 minut 4 sekund) kabi
turlarga ajratiladi.
Hayotda koʻpincha sutka kun deb ham
yuritiladi.
Bir sutka 24 soat(1440 minut, 86400
sekund
)dan iborat. Sutka kunduz va tun,


ertalab va kechqurundan tashkil topgan.
Kecha-kunduz, sutka-24 soatga teng
vaqt oʻlchov birligi. Yerning yulduzlarga
nisbatan bir marta aylanib chiqish davri
Yulduz sutkasiga va Quyoshga nisbatan
aylanish davri Quyosh sutkasiga bulinadi.
Yulduz sutkasi uzunligi bahorgi
tengkunlik nuqtasidan ikkita ketma-ket
yuqori (yoki pastki) kulminatsiyalari
orasidagi vaqtga teng. Yulduz sutkasi
haqiqiy (pretsessiya va nutatsiya hisobga
olinsa) va oʻrtacha (faqat pretsessiya
hisobga olinsa) yulduz sutkalariga
ajraladi. Bahorgi tengkunlik sutkasi
nuqtasining pretsession harakati taʼsirida
oʻrtacha yulduz sutkasi Yerning oʻz oʻqi


atrofida haqiqiy aylanish davridan 0,0084
sekundga qisqa. Nutatsiya taʼsirida
haqiqiy yulduz sutkasining uzunligi
oʻzgarib turadi. Quyosh bir sutka
davomida osmon sferasida 1° sharqqa
tomon siljiydi. Shu sababli, yulduz sutkasi
bilan amalda vaqtni oʻlchash noqulay
boʻlib, u kun va tunning almashinishi
bilan toʻgʻri kelmaydi. Shuning uchun
Quyosh sutkasida uning ikkala ketma-ket
pastki (yarim tun) kulminatsiyasi
oraligʻidagi vaqt olinadi. Quyosh sutkasi
ham haqiqiy va oʻrtacha Quyosh
sutkalariga boʻlinadi. Quyosh sutkasining
uzunligi esa yarim tun (haqiqiy Quyosh
sutkasida haqiqiy Quyoshning pastki
kulminatsiyasi; oʻrtacha Quyosh


sutkasida esa Quyoshning soxta pastki
kulminatsiyasi) dan boshlab hisoblanadi.
Yer orbitasining ellipssimonligi va
ekvatorning ekliptikaga ogʻishganligi
tufayli haqiqiy Quyosh sutkasi ham
doimiy emas va yil davomida 24 soat 3
min 36 s (sentabr oʻrtalarida) dan 24 soat
4 min 27 s (dekabr oxirida) gacha
oʻzgarib turadi. Shuning uchun
Quyoshning ekvator buyicha yil davomida
doimiy burchak tezlik bilan harakat
qiluvchi oʻrtacha Quyosh sutkasi (24 soat
3 min 56,55536 s yulduz sutkasi) olinadi.
Tropik yil 366,2422 yulduz sutkasi yoki
365,2422 Quyosh sutkasidan iborat.
[1]


Vaqt oʻlchov birliklari
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Sutka&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Sutka&oldid=3590533" 
dan olindi
Shuningdek, qarang:
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 23-Fevral 2023, 15:40 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling