Suv bug‘i Reja


Nam havoning hd – diagrammasi


Download 433 Kb.
bet16/16
Sana08.01.2022
Hajmi433 Kb.
#237023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Suv bug‘i

6.3. Nam havoning hd – diagrammasi

Nam havo parametrlarini prof. A.K. Ramzin tomonidan 1918 yilda taklif qilgan hd – diagramma yordamida aniqlash qulaydir.

Agar ordinata o‘qiga nam havo entalpiyasi h ni, abtsissalar o‘qiga esa havoning nam saqlami d ni qo‘yib chiqsak, u holda hd – diagramma hosil bo‘ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni, jumladan parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirish mumkin. Diagrammada turli xil chiziqlarni qulayroq joylashtirish uchun koordinata o‘qlari bir-biriga nisbatan 135 ostida joylashtiriladi. Bu qiyshiq burchakli diagrammada d=const chiziq vertikal (ordinatalar o‘qiga parallel) joylashadi. Bu qiyshiq burchakli hd – diagrammada izoentalpiyalar (6.3-rasm) d o‘qiga parallel, ya’ni o‘sha  burchak ostida joylashgan. Qiyshiq burchakli tizimda temperaturalar ortishi bilan izotermalar qiyaligi ham ortadi, bunda 0S izotermaning qiyaligi nolga teng bo‘ladi.

Diagramma 98 kPa barometrik bosim uchun tuzilgan. Lekin diagrammadan boshqa bosimlarda ham foydalanish mumkin, chunki atmosfera bosimini odatdagi o‘zgarishlarida h va d kam o‘zgaradi. hd – diagramma t va  orqali h va d ni, d orqali pb–ni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari hd – diagrammadan nam havoning har bir holati uchun shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Nam havoni isitish d=const da ro‘y beradi. hd – diagrammada bu jarayon AV vertikal chiziq bilan tasvirlangan. Sovitish jarayoni ham d=const da kechadi (MO to‘g‘ri chiziq). Bu jarayon havoni to‘liq to‘yinishgacha, ya’ni =100% gacha to‘g‘ridir. Havo bundan keyin ham sovitilsa, u namlik bilan o‘ta to‘yinadi va havodan namlik shudring sifatida ajralib chiqadi.



Kondensatsiya jarayonini shartli ravishda =100% chiziq bo‘yicha kechadi deb hisoblash mumkin. Masalan, 0 nuqtadan С nuqtagacha kondensatsiyalanish natijasida hosil bo‘lgan suv miqdori (1kg quruq havoga nisbatan) d1–d2 ga teng. Havoni o‘zgarmas bosimda namlik bilan to‘yingan jarayoni h=const da ro‘y beradi (MС kesma). hd–diagramma yordamida shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Buning uchun havoning ma’lum holatini belgilovchi nuqtadan =100% chizig‘igacha vertikal o‘tkaziladi va kesishgan nuqtadan o‘tuvchi izoterma shudring nuqta temperaturasini (0 nuqta) bildiradi.

6.3-rasm. Nam havoning hd - diagrammasi
Download 433 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling