Suv bug‘i Reja
Nam havoning hd – diagrammasi
Download 433 Kb.
|
Suv bug‘i
6.3. Nam havoning hd – diagrammasiNam havo parametrlarini prof. A.K. Ramzin tomonidan 1918 yilda taklif qilgan hd – diagramma yordamida aniqlash qulaydir. Agar ordinata o‘qiga nam havo entalpiyasi h ni, abtsissalar o‘qiga esa havoning nam saqlami d ni qo‘yib chiqsak, u holda hd – diagramma hosil bo‘ladi. Bu diagramma yordamida nam havo bilan bog‘liq bo‘lgan hisoblarni, jumladan parametrlarni aniqlash va quritish jarayonlarini tekshirish mumkin. Diagrammada turli xil chiziqlarni qulayroq joylashtirish uchun koordinata o‘qlari bir-biriga nisbatan 135 ostida joylashtiriladi. Bu qiyshiq burchakli diagrammada d=const chiziq vertikal (ordinatalar o‘qiga parallel) joylashadi. Bu qiyshiq burchakli hd – diagrammada izoentalpiyalar (6.3-rasm) d o‘qiga parallel, ya’ni o‘sha burchak ostida joylashgan. Qiyshiq burchakli tizimda temperaturalar ortishi bilan izotermalar qiyaligi ham ortadi, bunda 0S izotermaning qiyaligi nolga teng bo‘ladi. Diagramma 98 kPa barometrik bosim uchun tuzilgan. Lekin diagrammadan boshqa bosimlarda ham foydalanish mumkin, chunki atmosfera bosimini odatdagi o‘zgarishlarida h va d kam o‘zgaradi. hd – diagramma t va orqali h va d ni, d orqali pb–ni aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari hd – diagrammadan nam havoning har bir holati uchun shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Nam havoni isitish d=const da ro‘y beradi. hd – diagrammada bu jarayon AV vertikal chiziq bilan tasvirlangan. Sovitish jarayoni ham d=const da kechadi (MO to‘g‘ri chiziq). Bu jarayon havoni to‘liq to‘yinishgacha, ya’ni =100% gacha to‘g‘ridir. Havo bundan keyin ham sovitilsa, u namlik bilan o‘ta to‘yinadi va havodan namlik shudring sifatida ajralib chiqadi. Kondensatsiya jarayonini shartli ravishda =100% chiziq bo‘yicha kechadi deb hisoblash mumkin. Masalan, 0 nuqtadan С nuqtagacha kondensatsiyalanish natijasida hosil bo‘lgan suv miqdori (1kg quruq havoga nisbatan) d1–d2 ga teng. Havoni o‘zgarmas bosimda namlik bilan to‘yingan jarayoni h=const da ro‘y beradi (MС kesma). hd–diagramma yordamida shudring nuqtasi temperaturasini aniqlash mumkin. Buning uchun havoning ma’lum holatini belgilovchi nuqtadan =100% chizig‘igacha vertikal o‘tkaziladi va kesishgan nuqtadan o‘tuvchi izoterma shudring nuqta temperaturasini (0 nuqta) bildiradi. 6.3-rasm. Nam havoning hd - diagrammasi Download 433 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling