Suv bug’i xossalari va diagrammalari bilan tanishish real gazlarda kechadigan termodinamik jarayonlar


Download 150.16 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi150.16 Kb.
#1604969
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SUV BUG’I XOSSALARI VA DIAGRAMMALARI BILAN TANISHISH

tkr=374,15°C; pkr=225,65 at; vkr=0,00326 m3/kg.
CHegara egri chiziqlar. Agar suvning qaynash nuqtalari ׳1, ׳2, ׳3 bilan K nuqtani o’zaro birlashtirsak, u holda chapki yoki pastki chegara egri chiziqlari deyiladigan egri chiziq A׳ hosil bo’ladi. Xuddi shuningdek suvning to’la bug’lanish nuqtalari 1", 2", 3" bilan K nuqtani birlashtirsak, yana bitta ravon egri chiziq — o’ng yoki yuqorigi chegara egri chiziq deyiladigan A" chiziq olinadi.
A׳ egri chiziq nol bug’ saqlam chizii yoki suyuqlikning bug’lanish oldidagi chizii deyiladi. Bug’ p va v׳ ning istalgan qiymatlarida A׳ chiziqning istalgan nuqtasida bug’ saqlami x=0 degan so’zdir. A" egri chiziq to’yingan quruq bug’ chizii deyiladi. Bug’ - p va v" ning istalgan qiymatlarida bug’ saqlami x=1 bo’ladigan chiziqdir.
Bug’ egri chiziqlar shuning uchun ham chegara chiziqlar deyiladiki, ular diagrammani quyidagi uch sohaga bo’ladigan chegaralar hisoblanadi:
I -A׳ egri chiziqdan chapda joylashgan suyuqlik sohasi;
II -A׳ va A" chegara egri chiziqlar orasidagi to’yingan bug’ sohasi;
III -A" gri chiziqdan o’ngroqda joylashgan o’ta qizigan bug’ sohasi.


6.3.Bug’g’ hosil bo’lish jarayonining TS - diagrammada tasvirlanishi


Quyidagi rasmda suv bug’ining TS- diagrammasi tasvirlangan. Uni qurish uchun turli haroratlarda qaynashning boshlanish va oxiridagi entropiya qiymatlari ko’yib chiqiladi. Diagrammani qurishda olingan A׳ va A" chegara egri chiziqlar, pv - diagrammadagi kabi, kritik nuqta K da uchrashadi va diagrammani xuddi o’sha uch sohaga bo’ladi: I - suyuqlik sohasi; II - to’yingan nam bug’g sohasi; III - o’ta qizigan bug’ soxasi.



Bug’g’ hosil bo’lish jarayonining pv- diagrammada tasvirlanishini ko’rib chiqishda suyuqlikning 0 C dan toyinish xaroratigacha qizdirilishini e’tiborga olmasak xam mumkin edi, chunki bug’ davrda uning xajmi juda kam o’zgaradi va uni xisobga olmasak xam xato bo’lmaydi deyish mumkin. TS - diagrammada absissalar o’qi bo’ylab entropiyaning qiymatlari qo’yilgan. Suyuqlikni isitish davrida entropiyaning ortishiga ko’p issiqlik sarflanadi va uni hisobga olmasdan bo’lmaydi, shu sababli TS - diagrammani ko’rib chiqishni 1 kg suvni 0C dan to’yinish haroratigacha isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdorini aniqlashdan boshlaymiz.

Download 150.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling