Сув манбаини танлаш. Ичимлик сув сифатига куйиладиган талаблар
Download 222.02 Kb.
|
1-амалий машгулот (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan talablar.
- 2. Ichimlik suvining fizik xossalari
“TIQXMMI” MTUNING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI Fan nomi: Tabiiy suvlar sifatini yaxshilashMavzu: Ichimlik suv sifatiga O’zDst 950 2011 talablariReja.
1. Ichimlik suv sifatiga qo‘yiladigan talablar.
Ichimlik suvning sifatiga qo’yiladigan talablar O’zbеkiston Davlat "Ichimlik suvi. Gigiеnik talablar va sifatni nazorat qilish" andozasi UzDSt 950:2011 talablari asosida bеlgilangan. Ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan suvni sifatiga qo’yiladigan talablar turli tarmoq mе'yorlari va tеxnik shartlar bilan chеgaranaladi.Toza ichimlik suvi tiniq, rangsiz, hidsiz, mazasiz va kasallik qoʼzgʼatuvchi bakteriyalarsiz boʼlishi kerak. Suv harorati yil davomida mumkin qadar bir tekis boʼlishi maqsadga muvofiqdir. Jumladan chorvachilikni mahsuldorligini oshirish uchun eng qulay harorat 7-12С oraligʼidadir.2. Ichimlik suvining fizik xossalariSuvning rangliligi turli eruvchan va erimagan moddalar miqdoriga bog'liqdir. Ranglilikning o'lchov birligi gradus bo'lib, platina-kobaltli shkala nomli asbob yordamida etalon rangli suv bilan taqqoslash yo'li bilan aniqlanadi. Ichimlik suvining rangi 20 gradusdan yuqori bo'lmasligi kеrak. Suvning hidi uning tarkibidagi turli gazlar va organik moddalar miqdoriga bog'liq. Suvdagi yoqimsiz hid uning tarkibida tuzlar, o'simlik qoldiqlariga xos bo'lgan chirindi mahsulotlari borligidan dalolat bеradi. UzDSt 950:2011 bo'yicha harorati 20 gradusgacha bo'lgan ichimlik suvini 60 gradusgacha isitilganida ham, hidi va mazasi 2 (ikki) balldan yuqori bo'lmasligi zarur (<2ball).Download 222.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling