Suv olish inshootlari
Download 8.7 Kb.
|
shohruh
Suv olish inshootlari. suv yoʻliga zurur miqdorda, sifati saqlangan va suv isteʼmoli grafigiga muvofiq suv tushishini taʼminlashi shart. Suv olish inshootlari toʻgʻonsiz, toʻsikli va toʻgʻonli boʻladi. Toʻgʻonsiz suv olgich, asosan, suvni oʻz oqimi bilan chiqarish imkoniyati boʻlgan sharoitlarda quriladi. Bu hollarda oqiziq hosil boʻlishini bartaraf etish uchun maxsus tindirgichlar quriladi yoki zemsnaryadlardan foydalaniladi. Toʻgonsiz suv olgichlar bir quloqli yoki koʻp qulokli boʻlishi mumkin.
Bir qulokli Suv olish inshootlari. bevosita daryo qirgogʻidan boshlanadi yoki daryo oʻzaniga kirgan boʻladi (mas, Norin daryosida Shimoliy Fargʻona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali Suv olish inshootlarii.). Koʻp quloqli suv olgichlarda daryo qirgʻogʻining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yoʻlaklar qaziladi (mas, Amudaryoda AmuBuxoro mashina kanali, Paxtaarna va Qoraqum kanallari).
Koʻp qulokli Suv olish inshootlari. daryolardan kanallarga uzluksiz suv oʻtishini va suv bilan taʼminlanishni birmuncha oshiradi. Yoʻlkalar tindirgich vazifasini ham oʻtaydi va ehtiyojga koʻra, navbatmanavbat ishlatiladi.
Download 8.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling