Suv omborlarda qirg’oqlarning yemirilishida yuzaga keladigan Favqulodda vaziyatlarning baholash usullarini takomillashtirish


Suv omborlarida yuzaga keladigan muommolar va ularni bartaraf etish choralari


Download 69.65 Kb.
bet4/6
Sana28.03.2023
Hajmi69.65 Kb.
#1303053
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Hayrullo

Suv omborlarida yuzaga keladigan muommolar va ularni bartaraf etish choralari

Suv omborlarining ekspluatatsiya xizmati o’z ishini O’zbekis-ton Respublikasining ―Gidrotexnika inshootlarining havfsizligi to’g’irisida‖gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Suv xo’jaligi vazirligi hamda suv xo’jaligi yuqori tashkilotlarining buyruq va ko’rsatmalari, suv xo’jaligi tashkilotlarining nizomlari, me‘yoriy hujjatlari, nazoratchi tashkilotlarning buyruq va ko’rsatmalari, shuningdek Respublikaning amaldagi qonunchiligiga muvofiq suv xo’jaligiga taalluqli hujjatlar asosida tashkil qiladi hamda ularga bo’ysunadi.
Yakka sug’orish tizimiga xizmat qiluvchi suv omborlarida bevosita ushbu tizim boshqarmasiga bo’ysunuvchi ekspluatatsiya boshqarmasi tuziladi. Bir necha sug’orish tizimlariga xizmat ko’rsatuvchi suv omborlarida ekspluatatsiya xizmati viloyat sug’orish tizimlari boshqarmasiga bo’ysunadi. Ikki va undan ortiq viloyatlarning sug’oriladigan hududlariga xizmat qiluvchi suv omborlarining ekspluatatsiya boshqarmasi ushbu havza sug’orish tizimlari boshqarmasiga yoki Respublika suv xo’jaligi vazirligiga bo’ysunadi.
Suv omborlarining ekspluatatsiya xizmatlari ma‘muriy-xo’jalik va ishlab chiqarish xizmatlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish xizmati dispetcherlik xizmati, ekspluatatsiya uchastkalari va mexanizatsiyalashgan ta‘mirlash otryadlariga bo’linadi. Har xil suv manbalarida joylashgan va bir sug’orish tizimiga xizmat qiluvchi suv omborlar guruhi va kaskadi uchun ekspluatatsiya umumtezkor va texnikaviy ekspluatatsiya qoidalari bo’yicha amalga oshiriladi. Umumtezkor ekspluatatsiyani qaramog’ida suv oqimi suv omborlari yordamida boshqariladigan va qayta taqsimlanadigan daryo havzalari bo’lgan tashkilotlar amalga oshiradilar. Yakka tartibdagi suv omborining ekspluatatsiyasi ushbu suv ombori ekspluatatsiya boshqarmasi tomonidan texnika ekspluatatsiya qoidalari bo’yicha amalga oshiriladi.
Umumtezkor ekspluatatsiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

- suv oqimini mavsumiy va ko’p yillik boshqarishni hisobga olgan holda ushbu havzadagi tabiiy suv oqimini tejamkor va maqsadga muvofiq ravishda boshqarish;


- ushbu sug’orish manbasining tartibotini unda joylashgan suv omborining (yoki bir necha) ish tartibi bilan bog’langan holda tejamkor va maqsadga muvofiq ravishda boshqarish;
- ushbu havzaning barcha suv omborlarini birgalikda va alohida ishlash qoidalarini ishlab chiqish va muntazam ravishda aniqlashtirib borish;
- suvga bo’lgan talabni qondirib borish;
- suv omboridan foydalanishning uzluksizligini ta‘minlash. Texnik ekspluatatsiyaning vazifalari:
Texnik ekspluatatsiya – bu suv omboriga normal ishlash sharoitini ta‘minlashga qaratilgan tashkiliy va texnikaviy tadbirlar majmuasidir.
Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
- suv omborida suv zahirasini yaratish, barcha iste‘molchilarni suv bilan ta‘minlash va davlat rejasini bajarish maqsadida suv omborining texnik qurilmalarini kundalik tezkor boshqarish;
- barcha inshootlarning, aloqa vositalari, transport, yashash va ishlab chiqarish binolari va boshqa yordamchi qurilma va jihozlarning ekspluatatsiyasini tegishli me‘yorlar, standartlar, yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarga muvofiq to’g’ri tashkil etishni ta‘minlash;
- suv omborining ishlash tartibotini tasdiqlangan dispetcherlik grafigiga muvofiq suv omborini to’ldirish va bo’shatish bo’yicha ekspluatatsiya rejalarini bajarish;
- suv omboridan foydalanish, uni ta‘mirlash, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash, foydalanishdan chiqarish va tugatishda havfsizlik normalari va qoidalariga rioya etilishini ta‘minlash;
- inshootlarning holatini kuzatish va nazorat qilish hamda ularni ishchi holatida tutish;

- suv ombori inshootlarining holati, ularga tabiiy va texnogen ta‘sirlar


ustidan nazoratni (monitoringni) ta‘minlash;
- suv ombori inshootlarining havfsizligi mezonlarini o’z vaqtida aniqlashni ta‘minlash;
- suv ombori havfsizligining pasayishi sabablarini muntazam tahlil qilib borish va undagi inshootlarning texnik jihatdan soz holatda bo’lishini va uning havfsizligini ta‘minlashga, shuningdek suv ombori avariyasining oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va bajarishni o’z vaqtida amalga oshirish;
- suv ombori avariyasini tugatish uchun mo’ljallangan moddiy zahiralarni yaratish;
- suv omboridan foydalanish xodimlarining malakasi normalarga va qoidalarga muvofiq bo’lishini ta‘minlash;
- suv omboridagi favqulodda vaziyatlar to’g’risida xabar berish mahalliy tizimlarini doimiy shay holatda saqlash;
- mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholini suv ombori havfsizligi masalalari to’g’risida xabardor qilish;
- suv ombori avariyasining oldini olish masalalari bo’yicha favqulodda vaziyatlar organi bilan hamkorlik qilish;
- suv omborining avariyasi havfi borligi haqida gidrotexnika inshootlarining havfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ, boshqa manfaatdor davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini va suvning (to’g’onning) saqlab turish bosimi yorib o’tishining bevosita havfi bo’lgan taqdirda suv ostida qolish ehtimoli bo’lgan zonadagi aholini, korxonalar va tashkilotlarni darhol xabardor qilish;
- gidrotexnika inshootlarining havfsizligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organga o’z vakolatlarini amalga oshirishda ko’maklashish;
- inshootlarni pasportlashtirish, ularni boshqarishga avtomatika va
telemexanikani joriy qilish hamda havfsizligini deklaratsiyalash;

- suv ombori inshootlarini qo’riqlash, texnika va yong’in havfsizligi hamda mehnat muhofazasi qoidalarining bajarilishini ta‘min etish;


- suv omborining ekspluatatsiyasi bo’yicha har yilgi hisobotlarni tuzgan holda texnik hujjatlarni olib borish;

- texnik ekspluatatsiyani yaxshilash va takomillashtirish;


- fan, texnika yutuqlarini va ilg’or tajribalarni tadbiq etish; - hududni obodonlashtirish va me‘moriy bezash;
- muhandis-texnik xodimlarning malakasini oshirish.
Suv ombori ―Suv omboridan foydalanish boshqarmasi‖ sifatida ekspluatatsiya qilinadi va suv ombori ekspluatatsiyasi boshqarmasi Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga bo’ysunadi. Boshqarishning tarkibiy ko’rinishi quyida keltirilgan.

Harbiy qo‘riqlash guruhi


Suv ombori boshlig‘i

Ma‘muriy xo‘jalik xizmati




Bosh muhandis


Gidrometriya, gidrologiya

Dispecherlik xizmati


Ishlab chiqarish bo‘limi

Mexaniztsiya-lashgan ta‘mirlash bo‘limi


Energetika, tele-mexanika, aloqa bo‘limi


Seysmik nazorat guruhi


Ekspluatsiya (ishlatish) uchastkalari




To‘g‘on va havza (chasha)
Suv tashlash inshooti
Suv chiqarish inshooti
To‘g‘on tarkibidagi GEs



Suv omboridan foydalanish boshqarmasining boshlig’i boshqarmaning barcha ishlab chiqarish faoliyatini tashkillashtiradi va unga rahbarlik qiladi, qonunda belgilangan tartibda tegishli moliya mablag’lari va davlat mulkini boshqaradi. O’z faoliyatida davlatning amaldagi qonunlari, qishloq va suv xo’jaligi vazirligi va boshqa yuqori suv xo’jaligi tashkilotlarining qaror, buyruq va ko’rsatmalariga hamda inshootlardan foydalanish bo’yicha amaldagi me‘yoriy hujjatlarga amal qiladi. Suv ombori boshlig‘ining xizmat vazifalari:
- suvni iste‘mol qilishning belgilangan rejasi bo’yicha, dispetcherlik grafigiga amal qilgan holda suv omborini to’ldirish va iste‘molchilarga (sug’orishga, GES larga va boshqalarga) suv berishni ta‘minlash;
- havza, inshootlar, mexanik, elektr va boshqa jihozlarning ish qobiliyatini ta‘minlash va ularning mustahkamligini oshirish hamda ishonchliligini ta‘minlash bo’yicha tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirishni tashkil etish;
- inshootlarning havfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini tashkil etish; - zahirada qurilish materiallari, mexanik, elektr va boshqa jihozlarning ehtiyot
qismlari, nazorat–o’lchov apparaturasining belgilangan tartibda soz holatda bo’lishini ta‘minlash;
- avariyani tugatish zaxiralaridan foydalanish bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berish.
- boshqarma faoliyatini, inshoot va jihozlarni ishlatish jarayonini takomillashtirib, ilg’or fan-texnika yangiliklarini tadbiq etib borishni ta‘minlash;
- yuqori tashkilotga talab qilingan tezkor va boshqa ma‘lumotlarni, yillik hisobotlarni o’z vaqtida etkazib berish;
- reja bo’yicha va zarurati bo’lgan tadbirlarni o’tkazish takliflarini taqdim etish;
- moliya va boshqa mablag’larning maqsadli hamda samarali ishlatilishini nazorat qilish;
- sel-toshqin va boshqa favqulodda holatlarda tuzilgan guruhda ishtirok etish yoki unga rahbarlik qilish;
- xodimlarning o’z vazifalarini bajarishini nazorat qilish, ularni sinovdan (attestatsiya) o’tkazishga rahbarlik qilish;
- butun suv ombori majmuasi jihozlarining saqlanishini ta‘minlash;
- suv ombori va inshootlarining mavjud texnik me‘yoriy va loyiha hujjatlarini saqlashni tashkil etish;
- suv ombori boshqarmasiga ajratilgan davlat mulki va mablag’larini qonun
asosida boshqarish;
- suv omboridan foydalanish boshqarmasi bo’yicha o’z huquq doirasida buyruq va ko’rsatmalar berish;
- boshqarma nomidan shartnomalar tuzish, bankda hisob raqamlari ochish yoki yopish, kreditlardan foydalanish, cheklarni imzolash, majburiyat va ishonchnomalar berish;
- xodimlarni ishga qabul qilish va bo’shatish;
- xodimlarni rag’batlantirish yoki ularga ma‘muriy jazo choralarini ko’rish uchun takliflar berish;
- tegishli qonun va belgilangan me‘yoriy hujjatlar asosida ichki mehnat intizomi va ish tartibini o’rnatish;
- inshootlarni ta‘mirlash yoki takomillashtirish bo’yicha qilinadigan ishlarning loyiha va smetalarini belgilangan tartibda tasdiqlashda ishtirok etish va ularni sifatli bajarilishini nazorat qilish;
- qayta ta‘mirlangan yoki yangi inshootlarning foydalanishga qabul qilinishida ishtirok etish;
- suv omborini ishonchli qo’riqlanishini tashkil etish;
- suv omboridan foydalanish boshqarmasi mutaxassislarining malakasi normalarga va qoidalarga muvofiq bo’lishini tashkil etish.
Suv omboridan foydalanish boshqarmasi boshlig’i unga yuklatilgan majburiyat va vakolatlaridan kelib chiqadigan vazifalarini bajarishi shart va buni faqat yuqori tashkilot to’xtatib qo’yishi yoki bekor qilishi mumkin.
Boshqarmaning bosh muhandisi, boshqarma boshlig’ining yordamchisi hisoblanib, suv ombori majmuasining butun faoliyatiga texnikaviy rahbarlik qiladi. Bosh muhandis o’z faoliyatida boshqarma boshlig’iga bo’ysunadi va davlatning amaldagi qonunlari, Suv xo’jaligi vazirligi va boshqa yuqori suv xo’jaligi tashkilotlarning qaror, buyruq va ko’rsatmalariga, suv omborini texnik ishlatish qoidalariga, texnik havfsizlik qoidalariga, yong’inga qarshi qoidalariga, elektr jihozlarni ishlatishdagi havfsizlik qoidalariga amal qiladi. Bosh muhandisni tayinlash, boshqa ishga o’tkazish va ishdan bo’shatish yuqori tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
- boshqarma balansidagi barcha gidrotexnik inshootlar va ulardagi jihozlar, NO’A (Nazorat o’lchov asboblari), gidropostlar, avtomatika va aloqa vositalarini to’g’ri texnikaviy ishlatilishiga rahbarlik qilish;
- foydalanilayotgan barcha inshootlarning ishchi holatda tutish va ta‘minlash bo’yicha ishlarni bajarish;
- inshootlarni ishlatish tadbirlarining tezkor va kelajakka mo’ljallangan rejalarini o’z vaqtida ishlab chiqilishini ta‘minlash, qurilish materiallari, jihozlar va o’lchov asboblarini olish uchun arizalar berish;
- yillik va tezkor texnik xamda ishlab-chiqarish-moliya hisobotlarini o’z vaqtida tuzish va taqdim etish;
- suvni yig’ish va taqsimlash, inshootlarni ishlatish tadbirlari bo’yicha tasdiqlangan rejalarning o’z vaqtida bajarilishini ta‘minlash;
- inshootlarni ishlatish jarayonini takomillashtirib borish, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirib, xarajatlarni kamaytirishga erishish, buning uchun doimo fan-texnika yangiliklari va ilg’or texnologiyalardan xabardor bo’lib, ularni tadbiq etib borish;
- muhandis-texnik xodimlarning malakalarini oshirish bo’yicha tadbirlar o’tkazish, ularga soha bo’yicha yuz berayotgan yangiliklarni etkazib turish;
- boshqarma xodimlarining texnika, yong’in havfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishi va tegishli yo’riqnomalari bo’lishini ta‘minlash.
- ishonchnomasiz xo’jalik muomalalarini olib borish va shartnomalar tuzish, shuningdek boshqarma xodimlariga ishonchnomalar berish;
- boshqarma xodimlariga buyruq va ko’rsatmalar berish, ularning belgilangan
muddatda bajarilishini talab qilish;
- suv omboriga suv kelishi kamaygan vaqtlarda boshqarma boshlig’i bilan kelishib, dispetcherlik grafigiga amal qilgan holda, iste‘molchilarga suv berishni chegaralash;
- rejada ko’zda tutilgan suv berishni o’zgartirish zaruriyatini tug’diruvchi suv tanqisligi, tabiiy sharoitlarning o’zgarishi va boshqa sabablardan kelib chiqib, boshqarma boshlig’i, hamda suv berish rejasini tasdiqlagan tashkilotlar bilan kelishgan holda, iste‘molchilarga suv berish rejasiga o’zgartirishlar kiritish;
- suv xo’jaligi inshootlarini foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish;
- belgilangan tartibda suv xo’jalik inshootlarini ta‘mirlash, qayta qurish va texnik yaxshilash ishlari bilan bog’liq loyiha va smetalarni, shuningdek, qoidalar, texnikaviy va lavozim yo’riqnomalarini tasdiqlash;
- boshqarma xodimlarining inshootlarni ishlatish, texnika havfsizligi, yong’inga qarshi qoidalarini va lavozim vazifalarini bilishi bo’yicha tekshiruv o’tkazish;
- boshqarma xodimlarini rag’batlantirish yoki ma‘muriy jazo berish uchun boshqarma boshlig’iga takliflar taqdim etish.
Bosh muhandisga yuklatilgan vazifalar boshqarma boshlig’i yoki yuqori suv xo’jaligi tashkiloti tomonidan to’xtatilishi mumkin.
Bosh mexanik gidrotexnik inshootlarning mexanik jihozlari va ko’tarish mexanizmlari, avtotransport, ko’tarish - transport vositalarining to’g’ri ishlashi uchun javobgar shaxs hisoblanadi. U o’z ish faoliyati yuzasidan suv ombori boshlig’iga va bosh muhandisga bo’ysunadi. Bosh mexanikni tayinlash, boshqa ishga o’tkazish yoki ishdan bo’shatish bosh muhandisning tavsiyasiga binoan suv omboridan foydalanish boshqarmasi boshlig’i tomonidan amalga oshiriladi. Bosh mexanik texnika havfsizligi, yong’inga qarshi havfsizlik qoidalariga va boshqarmaning barcha ko’rsatmalariga amal qilgan holda ishni tashkil etadi.
- texnika va jihozlarning barcha turlaridan yuqori unum bilan foydalanishni, ularni texnik ishlatish qoidalariga qat‘iy rioya qilinishini ta‘minlash;
- boshqarma mutaxassislari bilan hamkorlikda texnikani bo’lim bo’yicha butlash va joylashtirish rejasini tuzish;
- texnika va jihozlarga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etilishini ta‘minlash, texnik ko’rikdan o’tkazish grafiklari va ta‘mirlash rejalarini tuzish;
- jihozlar, ehtiyot qismlar, ta‘mirlash materiallari, o’lchov asboblari va ish qurollari olish uchun o’z vaqtida kerakli hisoblar va bayonnomalarni tuzish;
- o’z vaqtida hisobotlarni tayyorlab, yuqori tashkilotlarga topshirish;
- avtotransport va mexanizmlarni soz holatda saqlash va o’z muddatida texnik ko’rikdan o’tkazish;
- yonilg’i-moylash materiallaridan unumli va tejamkorlik bilan foydalanish uchun raxbariyatga takliflar berish va ularni ko’rsatmalar asosida ishlatish;
- yil choragi va yillik yonilg’i-moylash materiallari fondini hal qilish va grafik asosida olib kelinishini ta‘minlash;
- boshqarma ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilish va bunga mexanika bo’limi ishchi-xizmatchilarini ham amal qilishini ta‘minlash;
- texnika, mexanizmlar, avtotransport, asbob-uskunalarni joriy va to’liq ta‘mirlash hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish va ta‘mirlashning bajarilishini nazorat qilish.
- suv ombori boshlig’i topshirig’iga binoan o’z xuquq doirasida ushbu tashkilot nomidan ish ko’rish;
- o’z yo’nalishi bo’yicha xodimlarni rag’batlantirish yoki aksincha choralar ko’rish uchun boshqarma boshlig’iga taqdimnomalar berish;
- texnika va jihozlarning tuzish;



Download 69.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling