SFUga a’zo bo’lish nafliligi. SFU o’z a’zolari bo’lgan suvdan foydalanuvchilarga sug’orish tarmog’idagi suvni taqsimlash va uyushmani demokratik asosda boshqarishda faol qatnashish imkoniyatini beradi.
Suvdan foydalanuvchilar SFUning moliyaviy boshqaruvini oshkora tashkil etishlari uyushma faoliyatining barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Buqishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini birlashtirgan holda nafaqat suv xo’jaligi, balki qishloq xo’jaligi bilan bog’liq umumiy muammolarni hal qilishda ham yordam beradi. Bundan tashqari suvdan samarali foydalanish hisobiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligining oshishi fermerda ertangi kunga yanada ishonch uyg’otadi.
Sug’orishni rejalashtirishning afzalliklari. Ma’lum bir ekinning suvga bo’lgan talabi va atrof-muhit omillariga asoslanib suvdan foydalanish rejasini ishlab chiqishning quyidagi qator afzalliklari bor:
1. Sug’orishlar sonini kamaytirish orqali suv va ishchi kuchi xarajatlari tejaladi hamda tuproqdagi namlik saqlanishidan unumli foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2. Suvning tuproqqa chuqur singimasdan oqib ketishi va uning tuproqqa chuqur singishini imkon qadar kamaytirish orqali o’g’itlarga ketadigan xarajatlar kamaytiriladi.
3. Ekin hosildorligining oshishi va sifatining yaxshilanishi orqali daromad ko’paytiriladi.
4. Ekinlarga zarur suv hajmini qo’llash zax qochirish ehtiyojini kamaytiradi hamda u bilan bog’liq muammolarning oldi olinadi.
5. Sho’r yuvishni nazorat qilish orqali o’simlik ildizi zonasida yuzaga keluvchi sho’rlanish muammolarining oldi olinadi.
6. Suv tanqis paytlarda asosiy ekinlarga sarflanadigan suvni tejash orqali tomorqa xo’jaliklarida sabzavot-poliz ekinlari yetishtirish imkoniyati paydo bo’ladi va qo’shimcha daromad olishga imkoniyat yaratiladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, suvning asosiy qismi nasos orqali olinadigan holatlarda sug’orishni rejalashtirish energiya xarajatlarining o’rtacha 35% gacha tejalishini ta’minlaydi. Shuningdek, suv yetkazib berish xarajatlarining kamida 25% i tejalishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |