Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq: soliq toʻlovchilar, soliq solish ob’yekti, soliq bazasi Soliq toʻlovchilar
Download 3.4 Mb.
|
1 Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq soliq toʻlovchilar
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha soliq bazasi quyidagicha boʻladi:
alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – 100 kub m (100 000 : 1 000); boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – 40 kub m (140 - 100). 2022 yil uchun alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqaruvchilar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha quyidagi stavkalar belgilangan: alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – suv resurslari manbalaridan (yer osti yoki yer usti) qat’i nazar 1 kub m uchun 27 700 soʻm; boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – tegishincha yer usti va yer osti manbalaridan – 520 soʻm/kub m va 620 soʻm/kub m. «Toshkent shahar suv ta’minoti» MChJ tomonidan 2022 yil uchun belgilangan vodoprovod tarmogʻidan kelib tushadigan suv hajmlari nisbatini hisobga olgan holda, korхona boshqa maqsadlar uchun sarflagan suv hajmi (40 kub m) quyidagicha taqsimlanadi: yer usti manbalaridan – 36,32 kub m (40 × 90,8%); yer osti manbalaridan – 3,68 kub m (40 × 9,2%). Soliq summasi quyidagicha boʻladi: alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – 2 770 000 soʻm (100 × 27 700); boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suv hajmi boʻyicha – 21 168 soʻm (36,32 × 520 + 3,68 × 620). Yillik soliq summasi 2 791 168 soʻmga (2 770 000 + 21 168) teng.
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling