Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
5 bo‘lim. 3 bob. Qiyinchilik darajasi 3.
Mexanik tozalash inshootlariga qanday inshootlar kiradi?
qumushlagich, tindirgich, panjara va filtr
tindirgich, biofiltr
biohovuz, panjara, neft ushlagich, tindirgich, dyuker
panjara, qumushlagich, tindirgich, biofiltr
Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
10 bo‘lim. 10 bob. Qiyinchilik darajasi 3.
Qishloq xo‘jaligida Suv tanqisligini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora tadbirlarni toping?
kanallarning F.I.K.larini oshirish, kanallar bo‘yicha aylanma grafik asosida suv taqsimotini qo‘llash, mineralizatsiya darajasi kam bo‘lgan kollektor, yer osti, soy va buloqlardan qo‘shimcha suv olish, suvni ko‘p talab qiladigan takroriy ekinlar(sholi)ni ekishni man etish
kanallar bo‘yicha aylanma grafik asosida suv taqsimotini qo‘llash, kollektor-drenaj, yer ostidan suv olish choralarini ko‘rish, suvni ko‘p talab qiladigan ekin turlarini (sholi) takroriy ekinlar ekishni man etish hamda tejamkor sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash
kanallardagi F.I.K.larini oshirish, kollektor-drenaj, yer osti, soy, buloqlardan qo‘shimcha suv olish choralarini ko‘rish, sholini faqat takroriy ekin sifatida ekish, dexqon xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yerlariga suv ta’minotini cheklash
mineralizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan kollektor, yer osti, soy, buloqlardan qo‘shimcha suv olish, tomorqa va dexqon xo‘jaliklarining sug‘oriladigan yerlariga suv ta’minotini cheklash
Manba: “Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muxofaza qilish” Valiyev X.I., Murodov Sh.O., Xolboyev B.
4 bo‘lim. 3 bob. Qiyinchilik darajasi 2.
Modul koeffitsiyentini qanday aniqlaymiz?
ko‘rilayotgan yildagi oqim miqdorini jami kuzatilgan yillardagi o‘rtacha oqim miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi
ko‘rilayotgan yildagi oqim miqdorini jami kuzatilgan yillardagi o‘rtacha oqim miqdoriga ko‘paytirish orqali hisoblanadi
ko‘rilayotgan yildagi oqim miqdorini jami kuzatilgan yillardagi o‘rtacha oqim miqdoriga qo‘shish orqali topilaladi
ko‘rilayotgan yildagi oqim miqdorini jami kuzatilgan yillardagi o‘rtacha oqim miqdoriga ayirish orqali hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |