Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati
Download 0.56 Mb.
|
Diyorbek
Suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holatiTayyorladi: koiljonov diyorbekReja: 1. Suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishni huquqiy holatining tushunchasi va xususiyatlari. 2. Davlat suv fondi va uning boshqaruv organlari. 3. Suvdan foydalanish huquqi tushunchasi va turlari. Suvdan foydalanish huquqining paydo bo`lishi va bekor bo`lish asoslari. 4. Suvdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari. Tabiat boyliklari orasida suv alohida o'rin tutadi. Chunki barcha tirik jonzotlar hayotining asosiy manbai suvdir. Suvsiz hayot bo'lishi mumkin emas. Hattoki ota bobolarimiz suvni toza saqlashga, undan oqilona foydalanishga alohida e'tibor berganlar. Shuning uchun ham ular "Suv zar - suvchi zargar", "Suv uchun ash”, deb beliz aytishma kurash - hayot uchun kurash", deb bejiz aytishmagan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida va ekologik tanglik bor paytda mustaqil O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tabiatning barcha boyliklari qatori, suv resurslariga ehtiyojlari benihoya katta. Kelajak avlodimizning taqdiri, baquvvatligi, sog'ligi obi-hayotimiz bilan bog`liq ekan, demak, ayni shu kunlarda qabul qilinayotgan suv to`g`risidagi qonun, qaror va farm onlar, suv boyliklaridan oqilona foydalanish, uni bulg'anish va ifloslanish hamda kamayib ketishidan saqlash ishiga ko`maklashishi lozim. Asosan suv resurslarini huquqiy ekologik muhofaza qilish maqsadida huquqiy Ilmiy yo`nalishni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi talablar hamda suv resurslaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish, umuman olganda suv resurslari bilan bog`liq barcha muammolar, O`zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi 1993 yil 6 mayda qabul qilingan qonunida o`z aksini topdi. "Suv O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 3-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasining davlat mulki umummilliy boylik hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo`lib, u davlat tomonidan qo`riqlanadi."Ushbu qonunga asosan, O'zbekiston Respublikasining yagona davlat suv fondi: - Daryolar, ko`llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va havuzlarning suvlaridan; Yer osti suvlari va muzliklardan iboratdir. Davlatlararo daryolar - uvlari va muzliklardan ibor AKA Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Orol dengizi va boshqa suvlardan foydalanish huquqi davlatlararo bitimlarda belgilab beriladi. Mazkur qonunning 18-moddasida ko`rsatilganidek, "mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo'jaliklari va O'zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari hamda fuqaroligi bo'lmagan shaxslar suvdan foydalanuvchilar bo'lishlari mumkin. in shaxslar suvdan foydalan Qonunlarda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar ham suvdan foydalanuvchi bo'lishlari mumkin." O'zbekiston Respublikasining Yer Kodeksining 39-moddasi "Yer egasi, yerdan foydalanuvchi, ijarachi va yer uchastkasi mulkdorining huquqlari" sifatida barcha yer egalari, yerdan foydalanuvchichlar, yer uchastkalari ijarachilari va mulkdorlari ham suv resurslaridan oqilona foydalanishlari va ularni muhofaza qilishlari shart. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi qonunining 19-moddasida "Suvlar va suv havzalaridan foydalanish shartlari" ham aniq ko'rsatilgan. Jumladan, unda O`zbekiston Respublikasi hududidagi yer usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning normativida ko`rsatilgan darajada rajada tozaligini ta'minlash, suv o`simliklari va hayvonlarini asrash, suv havzalarning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, ularda ekologiya muvozanatini saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik sharti bilan yo`l qo`yiladi. Suv resurslarini huquqiy ekologik jihatdan muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasining "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi Qonunning XXIV bobi, 97-102 moddalarida ko`rsatilgan. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining suvga doir munosabatlarni tartibga solish sohasidagi tasarrufiga quyidagilar kiradi, chunonchi: o'z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo`nalishlarini belgilash; suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasidagi qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta'minlash; suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, suv iste'molining belgilangan limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib berish; suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta'sir ko'rsatishini, shuningdek bulg'anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo`lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o'tkazish; O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi (yer usti suvlari),O`zbekiston Respublikasi Davlat Geologiya va Mineral resurslar qo`mitasi (yer osti suvlari) hamda O'zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (yer osti issiq suvlari va mineral suvlar) o'z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolati bo'lgan davlat organlari hisoblanadi. Suvdan foydalanish va ani muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo`yilgan tartibi barcha vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta'sirini oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to`g`risidagi qonunlarda belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarilishini ta'minlashdir. O'zbekiston Respublikasi "Suv va suvdan foydalanish to`g`risida"gi qonunning 21-moddasiga ko`ra: "Suv obyektlari aholining ichimlik suvga bo`lgan ehtiyojlarini, maishiy davolash; kurort, sog'lomlashtirish, hordiq chiqarish va boshqa ehtiyojlarini, qishloq xo'jaligi, sanoat, energetika, transport, baliqchilik xo'jaligi hamda boshqa davlat yoki jamoat ehtiyojlarini qondirish uchun qonunlarda ko`zda tutilgan talablar va shartlarga rioya qilingan holda foydalanishga beriladi. Oqindi suvlarni oqizish uchun suv obyektlaridan foydalanishga qonunlarchda ko`zda tutilgan hollarda hamda maxsus talablar va shartlarga rioya qilingan taqdirdagina yo`l qo`yilishi mumkin. Suv obyektlari ayni bir vatda bitta yoki bir nechta maqsadlarda foydalanishga berilishi mumkin. Respublikamiz sharoitida foydalanadigan suv resurslarining asosiy qismi qishloq xo`jaligida sug'orish maqsadlarida ishlatiladi. Uning qismidan esa sanoatda hamda maishiy va kommunal maqsadlarda foydalaniladi. Ana shu har uchala yo`nalish ham yildan-yilga ko`proq suv talab qilmoqda. Natijada regionimizda suv problemasi tobora jiddiy muammo bo'lib qolmoqda. Bunday sharoitda suvni tejab-tergab ishlatish, uning behuda ketishiga yo'l qo'ymaslik, qaytarma va oqava suvlardan unumli foydalanish, eng muhimi - suv manbalarini ifloslanishdan va ortiqcha minerallanishdan saqlash talab qilinadi. Suvdan foydalanuvchilar: obyektlaridan oqilona ravishda foydalanishlari, suvni tejab-tergab sarflash, suvning sifatini qayta tiklash va yaxshilash to`g`risida qayg'urishlari, suv olishning belgilangan me'yorlariga rioya etishlari; me'yorlariga rioya etishlari; iflos moddalar aralashib qolgan oqindi suvlarni suv obyektlariga oqizishni tamomila to`xtatish choralarini ko`rishlari; suvni muhofazalaydigan va boshqa suv xo'jalik inshootlarini hamda texnikaviy qurilmalarni soz holda tutishlari, ularni ishlatish sifatlarini yaxshilashlari, olinayotgan suvni hisob-kitob qilib borishlari;suv resurslaridan foydalanganlik haqini o`z vaqtida to'lashlari shart. Barcha holatlarda yerdan foydalanuvchilar sug'orish jarayonida suvdan foydalanuvchilar ham bo`lib hisoblanadi. Shuni uchun ham yerdan foydalanuvchilar "Yer Kodeksi"ning 39-40 moddalari talablariga ham qattiq rioya etishlari lozim. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!! Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling