Сув сарфини мослаштирувчи ва сакловчи иншоотлар
Download 0.84 Mb.
|
Aziza Akbaraliyeva
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUVDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH USULLARI
- Suvni temirsizlantirish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi.
Kationit (ion almashinuv) usuli. Bosimli kationit filtri ichiga quvurli drenaj sistemasi o‘rnatilgan xavzani eslatadi. Yig‘ma voronka o‘rnatiladi. Drenaj ustiga 2- 3 m qalinligida kationit qatlami joylashtiriladi. Suvni qattiqligi qancha katta bo‘lsa kationit qatlami shuncha katta bo‘lib filtrlash tezligi esa shuncha kamroq bo‘ladi.Kationit filtri (ionalmashinuv usuli) 1,4,5,6,8,9-surma kopkoklar (zadvijkalar), 2-voronka, 3-yuvish baki, 7-drenaj. Regenaratsion eritma Yumshatilmagan suv Yumshatilgan suv Kationit SUVDAN TEMIRNI AJRATIB OLISH USULLARISuvga maxsus ishlov berish-suvni sifatini korxonalar talablari darajasigacha yetkazish yoki suvga yangi xususiyat berishdir. Suvga mahsus ishlov berishning bir necha usullari mavjud. Shuning asosiy usullaridan biri suvni temirsizlantirish usulidir. Suvni temirsizlantirish- bu suvdan ortiqcha temir tuzlarini olib tashlashdir. Suvda temir GOST talabi bo’yicha 0.3 mg /l gacha bo’lishi mumkin. Temir birikmalari ko’pincha yer osti suvlarda mavjud bo’lib, ular aeratsiya usuli bilan tozalanadi. Bunda suvdagi korbanat kislotaning miqdori kamayib 2 valentli temir uch valentli holatiga o’tadi va temir gidroksidini hosil qilib cho’kmaga tushadi.Jarayon Ph= 7,5 da olib boriladi. Aeratsiyaga qo’shimcha xlorlash va ohaklash ham olib borilishi mumkin. Yiriklashgan temir zarrachalari filtrlash yo’li bilan ajratib olinadi. Suvni temirsizlantirish uchun quyidagi usullar qo’llaniladi.1)aeratsiyalash va filtrlash 2) koagullash, tindirish va filtrlash 3) ohaklash, tindirish va filtrlash 4) xlorlash, ohaklash va filtrlash. Ikki valentli temirni oksidlash uchun suv xlorlanadi. Ohak yordamida neytrallash va koagullash jarayonlari amalga oshiriladi, hamda temir gidroksidining cho’kishi tezlashadi. Yer osti suvlarida temir Fe(HCO3)2 xilda , hamda kam FeSO4 xilda uchraydi Fe(HCO3)2 gradirnilarda aeratsiya natijasida chiqarib yuboriladi. Fe(HCO3)2= Fe(OH)2 +2CO2 so’ngra kislorod bilan qo’shilib, Fe(OH)2 +H2O+O2=4 Fe(OH)3 - kalloid temirni gidrat oksidi. To’qimachilik va qog’oz korxonalarida hamma texnologik jarayonlar tarkibida temir bor bo’lgan suvdan foydalanish mumkin emas. Sut mahsulotlarini tayyorlashda va konserva zavodlarda ham shunday suvlardan foydalanmaydi, chunki temir mahsulotning ta’miga salbiy ta’sir etishi mumkin Gradirniyalarda suvni kislorod bilan boyitish uchun suvni 0,5 m balandlikdan tomchilatib tushiriladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling