Сув сарфини мослаштирувчи ва сакловчи иншоотлар
Suvga maxsus ishlov berish - degazatsiya
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
GYIHGVQB2UC6pf0g7DqFK1vidMI9sKHUurgp4WTu
Suvga maxsus ishlov berish - degazatsiya
Gazlarni chiqarish (degazatsiya) Suv tarkibida uglerod kislotasi, kislorod va oltingugurt bo‘lishi metallarni korrozion xususiyatini oshishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari uglerod kislotasi betonga agressiv ta’sir qiladi. SHu gazlarni korrozion xususiyatini qo‘zg‘atuvchi korroziya va oltingugurt xidi gazlarni umuman suvdan chiqarishni talab qilinadi. Gazlar suvda eritma holda bo‘lganda chiqarish tadbirlar kompleksi – degazatsiya deyiladi. Suvni degazatsiyasi ximiyaviy va fizikaviy usullarda qo‘llaniladi. Ximiyaviy usul reagentlar yordamida bajariladi. Reagentlar eritilgan gazlarni bog‘lanishiga imkon beradi. Masalan: kisloroddan tozalash uchun suvga natriy sulfitini yoki oltingugurt gazi, gidrazin qo‘shiladi. Natriy sulfiti qo‘shilganda natriy sulfat hosil bo‘ladi. 2Na2SO3+O2=2 Na2SO4 SO2(oltingugurt oksidi) dan foydalanganda H2SO3(sulfit kislotasi) hosil bo‘ladi. SO2+H2O=H2SO3 Suvdagi eritilgan kislorod bilan oltingugurt kislotasi H2SO4 hosil bo‘ladi. 2H2SO3+O2= H2SO4-sulfat kislotasi. Kislorodni umuman suvdan chiqarish uchun gidrazindan foydalanadi. N2H4+O2=2H2O+N2 SHu usul eng qulay, ammo eng qimmat usul. Fizikaviy usulda kislorod chiqarilgandan keyin gidrazin qo‘shiladi. Oltingugurtni suvdan chiqarish uchun suvga xlor bilan ishlov beriladi. H2S+Cl2=S+2HCl H2S+4Cl2+4H2O=H2SO4+8HCl Ximiyaviy usullarni kamchilikdari: 1.reagentlar qimmatga tushadi va jarayon qiyin. 2. Suvni sifati reagent dozasi noto‘g‘ri kiritilganda yomonlashadi. Fizikaviy usullari: 1.gazni chiqarish uchun havo bilan kontakta bo‘lganda (maxsus shart bajarilganda) gazdi parsial bosim nol (0) ga yaqin bo‘lsa.2. shunday sharoit tashkil qilinadiki gazni eritilish qobiliyati nol (0) yaqinlashadi. usul (aeratsiya usuli) erkin uglerod kislotasi va oltingugurtni chiqarish uchun foydalanadi – shu gazlarni havodagi parsial bosimi nol (0) ga yaqin. Kislorodni chiqarish uchun suvni qaynatib yoki bosimni pasaytirish darajasi suvni kamaytirishga keltiradi. Degazator turlari: 1. Plyonkali nasadkalar yordamida suv havo bilan kontakt qiladi. 2. Barbotaj degatazorlar – havo sekin xaraktli suvdan o‘tkaziladi. 3. Vakuum degatazorlar – shunday bosim tashkil qilinadi – suv qaynaydigan haroratda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling