Suv ta`minoti tizimi turlari: Suv ta`minoti tizimi ishlatilishiga


Download 0.66 Mb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1063408
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Suv

Radiatorlarni tayyorlash. Radiatorlar zavodda 8 kgksmgidravlik bosim bilan 2 min mobaynida sinaladi (bunda issiqlik eltgichning ish bosimi 6 kgksm2). Radiator pechlari zavodda o’rta va yuqori radiatorlar uchun 4-8, ko’pi bilan 12 ta sektsiyadan, yuqori radiatorlar uchun esa 6 sektsiyadan yig’iladi. Agar buyurtmachining spetsifikatsiyasi bo’yicha radiatorlar zavodda gruppalanmagan bo’lsa, ular TSZMda yoki yig’ish joyida qo’lda yoki mexanizmlar vositasida gruppalanadi va sinaladi. Gruppalashdan oldin radiatorlarni ko’zdan kechirib, darzlar va boshqa nuqsonlar bor-yo’qligi, shu-ningdek, uyalardagi rezba ning sifati tekshiriladi.

Radiatorlarni grup-palashda sektsiyalar orasiga 1000C dan oshiq tempera-turaga chidaydigan rezina yoki paronit qistirmalar qo’yiladi. Past bosimli bug’ bilan isitiladigan radia-torlarni tabiiy alif moygaqorilgan grafit shimdirilgan zig’ir tolali asbest shnur bilan yig’ishga ruxsat etiladi.Qistirmalar radiatorlarning bo’yni sirtidan chiqibqolmasligi lozim.

Radiatorlar VMS-111M mexanizmida (151-rasm) gruppalanadi va sinaladi. Radiatorlarni gruppalash va sinash uchun mo’njallangan ish mexanizmlari payvand rama (stanina) 1 ga montaj qilingan. Rama tagigaquvvati 208 kVt li elektr dvigatel 2 o’rnatilgan. Ikkita chervyakli reduktor 3 friktsion muftalar orqali harakatga keltiriladi. Ish mexanizmlari moslamalar 4 bilan ta`minlangan bo’lib, ularga radiator kalitlari 5 tiqiladi.

Dastgoh-aravacha 8 maxovichka 11 yordamida ramada suriladi. Aravachadagiqamrov 6 taxlanadigan radiator 7 ni mahkamlash uchun ishlatiladi. Ramaga knopkali ishga tushirgich 12 o’rnatilgan. Rama oxiriga buruvchi kasseta 10 li dastgh joylashgan. U radiatorlarni gidravlik sinash uchun ishlatiladi.

Sektsiyalarni ajratish uchun radiator aravachaga qo’yiladi va qamrov 6 bilan mahkamlanadi. Maxovichka 11 ni aylantirib, aravacha eng chetki o’ng vaziyatga qo’yiladi. Radiatorni o’rnatib, chaproqq suriladi, shunda radiator kalitlarining uchlari chetdagi sektsiya nippellariga tushishi kerak. Shundan so’ng elektr dvigatel ishga tushiriladi, kalit bilan nippellar burab bo’shatiladi va oxirgi sektsiya ajratiladi. Navbatdagi sektsiyalar ham shu tarzda ajratiladi.



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling