Suvaysh kanali Misrning shim sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali
Download 174.24 Kb. Pdf ko'rish
|
Suvaysh kanali - Vikipediya
Suvaysh kanali Suvaysh kanali - Misrning shim.sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali. Oʻ a dengizni Qizil dengiz bilan birlashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari oʻ asidagi eng qisqa suv yoʻli (Afrikani aylanib oʻtishni 8—15 ming km ga qisqa iradi). Suvaysh kanali xududi Osiyo bilan Afrika oraligʻidagi sha li geogra k chegara deb qabul qilingan. Kanal kema qatnovi uchun 1869 y. 17 noyabrda rasmiy ochilgan. Uzunligi 161 km (kanalning chikishdagi davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120–150 m, oʻzanining tubida 45–60 m. Chukurligi fa aterida 12,5– 13 m. Kemalar kanalni oʻ acha 11—12 soatda suzib, oʻtadi. Kanalga kiraverishdagi eng yirik po lar: Oʻ a dengizda Po Sayd va Qizil dengizda Suvaysh. Suvaysh kanali trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator koʻl (Timsoh koʻli, Katta va Kichik Shoʻr koʻllar) hamda Manzala lagunasi orqali oʻtgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv bilan taʼminlash uchun Nil da osidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Po Sayd yoʻnalishida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil da osini Qizil dengiz bilan bogʻlagan kanal — Firʼavnlar kanali qazilgan). Suvaysh kanali neftga boy Yaqin va Oʻ a Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani Gʻarbiy Yevropa bilan bogʻlovchi xalqaro dengiz yoʻlida joylashgan. Kanalda tashilayotgan jami yuklarning 70% dan koʻprogʻi neft va neft mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Kanal qurilishi 1859 y. 25 apr.da fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi boʻyicha boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh)laridan 60 ming kishi majburan jalb qilingan. 1882 yilda Angliya Misrni bosib olgach, Suvaysh kanali Buyuk Britaniyaning yaqin Sharqdagi eng katta harbiystrategik bazasi boʻlib qoldi. Suvaysh kanalini 1956 yilga qadar, asosan, Angliya va Fransiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956 y. 26 iyulda Misr hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali oʻtadigan kemalardan olinadigan boj haqi MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi. Kanalda kemalar qatnovini toʻliq toʻxtatib qoʻygan „Evergreen“ transpo kompaniyasining Panama bayrogʻi ostida suzgan kemasi sayozlikka oʻtirib qolishi oqibatida 180 kemadan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Bundan kelib chiqayotgan kunlik zarar miqdori esa 9,6 milliard dollarni tashkil etgan. Dunyodagi eng katta — 400 metrli konteyner tashuvchi kema Suvaysh kanalida tiqilib, harakatni toʻxtatib qoʻyganidan soʻng neft na i keskin koʻtarildi. Brent rusumidagi neftning bir barreli na i 5,77 foizga oshib, 64,3 dollarni tashkil etgan. WTI rusumidagi neft na i esa 24 soat ichida 5,14 foizga koʻtarilib, bir barreli 60,73 dollarga chiqqan [1] . Suvaysh kanali ma’muriyati ma oyi oxirida «Ever Given» konteyner kemasi 6 kunga tiqilib qolgan joyni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaror qildi. [2] . Nihoyat, 29 ma kuni tongda Suvaysh kanalida sayozlikka chiqib qolgan va kanalning qatnov qismini butkul yopib qoʻygan Ever Given kemasi suvga qaytarildi. Buning o idan 30 ma kuni kanalda kemalar qatnovi qaytadan tiklandi. 3 aprelga kelib esa kanal oʻz faoliyatini toʻliq qayta tiklagan. Mazkur hodisa natijasida 420 dan o iq kema bir hafta mobaynida Qizil va Oʻ a dengizlarni bogʻlaydigan Suvaysh kanali po larida tirbandlikda qolib ketdi. Uning jahon iqtisodiga zarari esa millionlab dollarni tashkil qildi. Kanal orqali jahon savdo aylanmasining 10 foizi amalga oshiriladi. Misr esa ushbu hodisa tufayli bir necha yuz million dollar zarar koʻrdi [3] . Kema bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergov eʼlon qilindi. Holat yuzasidan kema kapitani aybdor ekani isbotlangan. Ever Given bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergovda kema yoʻnalishida xato qilingani tasdiqlandi. Buning uchun toʻliq javobgarlik kemaning kapitanida boʻladi. [4] . Misr sudi 20 iyun kuni «Ever Given» konteyner kemasi egasining Suvaysh kanali uchun tovon puli toʻlash toʻgʻrisidagi eshituvlarini yana ikki haftaga qoldirdi. Iqtisodiy va xoʻjalik ishlari sudi kanal advokatlarining iltimosiga binoan tomonlarga muzokaralarni davom ettirish va xalqaro kelishuvga tinch yoʻl bilan erishish uchun sud majlisini 4 iyulga qoldirgan. Kanal manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Xolid Abu Bakir „tomonlar ba’zi masalalarda murosaga kelishgani“ va „konteyner kemasi egalaridan Suvaysh kanali ma’murlari talablarini qondira oladigan taklif berilgani“ga ishora qilgan [5] . Suvaysh kanali ma’murlari ma oyida kemalar harakatini toʻsib qoʻygan «Ever Given» konteyner kemasiga egalik qiluvchi «Evergreen» kompaniyasi bilan 540 million dollarlik tovon puli toʻlash toʻgʻrisida kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻ asida har qanday shikoyatlardan bosh to ish boʻyicha bitim imzolangan. Kelishuv Suvaysh kanali rahbariyati kompaniyaga qarshi Qatnovning toʻxtab qolishi da’vo miqdorini 916 million dollardan 540 million dollarga kamaytirgandan soʻng amalga oshgan [6] . 1. „Сувайш каналидаги қатновни тўлиқ тўхтатиб қўйган кема етказган зарар миқдори маълум бўлди“ (https://bugun.uz/2021/03/26/suvajsh-kanalidagi-qatnovni-toliq-tohtati b-qojgan-kema-etkazgan-zarar-miqdori-malum-boldi) . Bugun.uz. Qaraldi: 26-Ma 2021-yil. 2. „Миср Сувайш каналининг «Ever Given» контейнер кемаси тиқилиб қолган қисмини кенгайтиради“ (https://bugun.uz/2021/05/12/misr-suvajsh-kanalining-ever-given-kontej ner-kemasi-tiqilib-qolgan-qismini-kengajtiradi) . Bugun.uz. Qaraldi: 12-May 2021-yil. 3. „Шарқий экспресс. Қатнов тикланган Сувайш канали, Иорданияда ҳибслар, Қоҳира бўйлаб сайр қилган Рамзес II“ (https://bugun.uz/2021/04/04/sharqij-ekspress-qatnov-ti klangan-suvajsh-kanali-iordaniyada-hibslar-qohira-bojlab-sajr-qilgan-ramzes-ii) . Bugun.uz. Qaraldi: 4-Aprel 2021-yil. 4. „«Ever Given» кемасининг Сувайш каналида тиқилиб қолишига ким айбдор экани айтилди“ (https://bugun.uz/2021/05/25/ever-given-kemasining-suvajsh-kanalida-tiqilib- qolishiga-kim-ajbdor-ekani-ajtildi) . Bugun.uz. Qaraldi: 25-May 2021-yil. 5. „Сувайш каналини тўсган «Ever Given» кемаси билан боғлиқ суд иши кейинга қолдирилди“ (https://bugun.uz/2021/06/21/suvaysh-kanalini-tsgan-ever-given-kemasi- bilan-boliq-sud-ishi-keyinga-qoldirildi) . Bugun.uz. Qaraldi: 21-Iyun 2021-yil. 6. „Сувайш канали маъмурияти «Evergreen» компанияси билан келишувга эришди“ (htt ps://bugun.uz/2021/07/02/suvaysh-kanali-mamuriyati-evergreen-kompaniyasi-bilan-keli shuvga-erishdi) . Bugun.uz. Qaraldi: 2-Iyul 2021-yil. Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada O ʻ zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) ma ʼ lumotlaridan foydalanilgan. Manbalar Soʻnggi tahrir 5 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Vikipediya Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Suvaysh _kanali&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index. php? title=Suvaysh_kanali&oldid=2378615 " dan olindi Download 174.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling