Suvaysh kanali Misrning shim sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali


Download 174.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.02.2023
Hajmi174.24 Kb.
#1151396
Bog'liq
Suvaysh kanali - Vikipediya



Suvaysh kanali
Suvaysh kanali - Misrning shim.sharqiy qismidagi kema qatnaydigan shlyuzsiz dengiz kanali.
Oʻ a dengizni Qizil dengiz bilan birlashtirib turadi. Atlantika va Hind okeanlari oʻ asidagi eng
qisqa suv yoʻli (Afrikani aylanib oʻtishni 8—15 ming km ga qisqa iradi). Suvaysh kanali xududi
Osiyo bilan Afrika oraligʻidagi sha li geogra k chegara deb qabul qilingan. Kanal kema
qatnovi uchun 1869 y. 17 noyabrda rasmiy ochilgan. Uzunligi 161 km (kanalning chikishdagi
davomi bilan esa 173 km). Kengligi 120–150 m, oʻzanining tubida 45–60 m. Chukurligi
fa aterida 12,5– 13 m. Kemalar kanalni oʻ acha 11—12 soatda suzib, oʻtadi. Kanalga
kiraverishdagi eng yirik po lar: Oʻ a dengizda Po Sayd va Qizil dengizda Suvaysh. Suvaysh
kanali trassasi Suvaysh buyninnng eng tor va past qismidan, qator koʻl (Timsoh koʻli, Katta va
Kichik Shoʻr koʻllar) hamda Manzala lagunasi orqali oʻtgan. Kanal zonasini ichishga yaroqdi suv
bilan taʼminlash uchun Nil da osidan uz. 180 km chuchuk suvli Ismoiliya va Po Sayd
yoʻnalishida Abbosiya kanallari qazilgan (Qadimgi Misrda mil. av. 2 ming yillikda Nil da osini
Qizil dengiz bilan bogʻlagan kanal — Firʼavnlar kanali qazilgan). Suvaysh kanali neftga boy
Yaqin va Oʻ a Sharq mamlakatlarini hamda Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikani Gʻarbiy
Yevropa bilan bogʻlovchi xalqaro dengiz yoʻlida joylashgan. Kanalda tashilayotgan jami
yuklarning 70% dan koʻprogʻi neft va neft mahsulotlariga toʻgʻri keladi. Kanal qurilishi 1859 y.
25 apr.da fransuz (Linan va Mujel) va italyan (Negrelli) muhandislari loyihasi boʻyicha
boshlangan. Kanal qazishda har oyda Misr dehqon (falloh)laridan 60 ming kishi majburan jalb
qilingan. 1882 yilda Angliya Misrni bosib olgach, Suvaysh kanali Buyuk Britaniyaning yaqin
Sharqdagi eng katta harbiystrategik bazasi boʻlib qoldi. Suvaysh kanalini 1956 yilga qadar,
asosan, Angliya va Fransiyaga qarashli kompaniyalar boshqarib kelgan. 1956 y. 26 iyulda Misr
hukumati kanalni natsionalizatsiya kildi. Kanal orqali oʻtadigan kemalardan olinadigan boj haqi
MAP iqtisodiyotiga katta daromad keltiradi.


Kanalda kemalar qatnovini toʻliq toʻxtatib qoʻygan „Evergreen“ transpo kompaniyasining
Panama bayrogʻi ostida suzgan kemasi sayozlikka oʻtirib qolishi oqibatida 180 kemadan iborat
tirbandlik yuzaga kelgan. Bundan kelib chiqayotgan kunlik zarar miqdori esa 9,6 milliard
dollarni tashkil etgan. Dunyodagi eng katta — 400 metrli konteyner tashuvchi kema Suvaysh
kanalida tiqilib, harakatni toʻxtatib qoʻyganidan soʻng neft na i keskin koʻtarildi. Brent
rusumidagi neftning bir barreli na i 5,77 foizga oshib, 64,3 dollarni tashkil etgan. WTI
rusumidagi neft na i esa 24 soat ichida 5,14 foizga koʻtarilib, bir barreli 60,73 dollarga
chiqqan
[1]
. Suvaysh kanali ma’muriyati ma oyi oxirida «Ever Given» konteyner kemasi 6
kunga tiqilib qolgan joyni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaror qildi.
[2]
.
Nihoyat, 29 ma kuni tongda Suvaysh kanalida sayozlikka chiqib qolgan va kanalning qatnov
qismini butkul yopib qoʻygan Ever Given kemasi suvga qaytarildi. Buning o idan 30 ma kuni
kanalda kemalar qatnovi qaytadan tiklandi. 3 aprelga kelib esa kanal oʻz faoliyatini toʻliq qayta
tiklagan. Mazkur hodisa natijasida 420 dan o iq kema bir hafta mobaynida Qizil va Oʻ a
dengizlarni bogʻlaydigan Suvaysh kanali po larida tirbandlikda qolib ketdi. Uning jahon
iqtisodiga zarari esa millionlab dollarni tashkil qildi. Kanal orqali jahon savdo aylanmasining 10
foizi amalga oshiriladi. Misr esa ushbu hodisa tufayli bir necha yuz million dollar zarar koʻrdi
[3]
.
Kema bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergov eʼlon qilindi. Holat yuzasidan kema kapitani
aybdor ekani isbotlangan. Ever Given bilan sodir boʻlgan voqea boʻyicha tergovda kema
yoʻnalishida xato qilingani tasdiqlandi. Buning uchun toʻliq javobgarlik kemaning kapitanida
boʻladi. 
[4]
.
Misr sudi 20 iyun kuni «Ever Given» konteyner kemasi egasining Suvaysh kanali uchun tovon
puli toʻlash toʻgʻrisidagi eshituvlarini yana ikki haftaga qoldirdi. Iqtisodiy va xoʻjalik ishlari sudi
kanal advokatlarining iltimosiga binoan tomonlarga muzokaralarni davom ettirish va xalqaro
kelishuvga tinch yoʻl bilan erishish uchun sud majlisini 4 iyulga qoldirgan. Kanal manfaatlarini
himoya qiluvchi advokat Xolid Abu Bakir „tomonlar ba’zi masalalarda murosaga kelishgani“ va
„konteyner kemasi egalaridan Suvaysh kanali ma’murlari talablarini qondira oladigan taklif
berilgani“ga ishora qilgan
[5]
.
Suvaysh kanali ma’murlari ma oyida kemalar harakatini toʻsib qoʻygan «Ever Given»
konteyner kemasiga egalik qiluvchi «Evergreen» kompaniyasi bilan 540 million dollarlik tovon
puli toʻlash toʻgʻrisida kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻ asida har qanday shikoyatlardan bosh
to ish boʻyicha bitim imzolangan. Kelishuv Suvaysh kanali rahbariyati kompaniyaga qarshi
Qatnovning toʻxtab qolishi


da’vo miqdorini 916 million dollardan 540 million dollarga kamaytirgandan soʻng amalga
oshgan
[6]
.
1. 
„Сувайш каналидаги қатновни тўлиқ тўхтатиб қўйган кема етказган зарар миқдори
маълум бўлди“ (https://bugun.uz/2021/03/26/suvajsh-kanalidagi-qatnovni-toliq-tohtati
b-qojgan-kema-etkazgan-zarar-miqdori-malum-boldi)
. Bugun.uz. Qaraldi: 26-Ma
2021-yil.
2. 
„Миср Сувайш каналининг «Ever Given» контейнер кемаси тиқилиб қолган қисмини
кенгайтиради“ (https://bugun.uz/2021/05/12/misr-suvajsh-kanalining-ever-given-kontej
ner-kemasi-tiqilib-qolgan-qismini-kengajtiradi)
. Bugun.uz. Qaraldi: 12-May 2021-yil.
3. 
„Шарқий экспресс. Қатнов тикланган Сувайш канали, Иорданияда ҳибслар, Қоҳира
бўйлаб сайр қилган Рамзес II“ (https://bugun.uz/2021/04/04/sharqij-ekspress-qatnov-ti
klangan-suvajsh-kanali-iordaniyada-hibslar-qohira-bojlab-sajr-qilgan-ramzes-ii)
.
Bugun.uz. Qaraldi: 4-Aprel 2021-yil.
4. 
„«Ever Given» кемасининг Сувайш каналида тиқилиб қолишига ким айбдор экани
айтилди“ (https://bugun.uz/2021/05/25/ever-given-kemasining-suvajsh-kanalida-tiqilib-
qolishiga-kim-ajbdor-ekani-ajtildi)
. Bugun.uz. Qaraldi: 25-May 2021-yil.
5. 
„Сувайш каналини тўсган «Ever Given» кемаси билан боғлиқ суд иши кейинга
қолдирилди“ (https://bugun.uz/2021/06/21/suvaysh-kanalini-tsgan-ever-given-kemasi-
bilan-boliq-sud-ishi-keyinga-qoldirildi)
. Bugun.uz. Qaraldi: 21-Iyun 2021-yil.
6. 
„Сувайш канали маъмурияти «Evergreen» компанияси билан келишувга эришди“ (htt
ps://bugun.uz/2021/07/02/suvaysh-kanali-mamuriyati-evergreen-kompaniyasi-bilan-keli
shuvga-erishdi)
. Bugun.uz. Qaraldi: 2-Iyul 2021-yil.
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
O
ʻ
zbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
ma
ʼ
lumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar


Soʻnggi tahrir 5 kunlar avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi
Vikipediya
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Suvaysh
_kanali&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?
title=Suvaysh_kanali&oldid=2378615
" dan olindi 


Download 174.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling