Сувдан фойдаланувчилар уюшмаси билан унинг худудидаги сувдан фойдаланувчилар тўғрисидаги сувдан ва ички сув хўжалиги объектлар


Download 214.5 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi214.5 Kb.
#1149138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4 отажонов бекчон ота (2)

II. HISOB-KITOB TARTIBI
2.1. Mazkur shartnomada 1 м3 suvni bahosi 12 so`m 60 tiyin, jami 13 959 600 (o’n uch million to’qqiz yuz ellik to’qiz ming olti yuz ) so‘mni tashkil etadi hamda to‘lovlar mazkur shartnomaning 3- va 4-ilovalariga muvofiq “TIB”ning maxsus xizmati shaxsiy hisob-varag‘iga o‘tkazib boriladi.
2.2. “Iste’molchi” tomonidan har oy uchun ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlariga hisoblangan to‘lovlarning 30 foizi oy boshida, 70 foizi oy oxirida “TIB”ga to‘lab beriladi.
2.3. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun taraflar o‘rtasida oyma-oy solishtirma dalolatnoma tuzib boriladi.
III. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI
3.1. “TIB”ning huquqlari:
a) mazkur shartnomaga asosan ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanishini talab qilish;
b) “Iste’molchi” bilan tuzilgan qo‘shimcha kelishuvga asosan suv olish limitlariga o‘zgartirish kiritish (manbalarning suvliligi kamaygan hollar bundan mustasno);
v) manbalarda suvning hajmi kamaygan yoki ko‘paygan holatlarda suv olish limitlariga, suvdan foydalanish yoki suv iste’mol qilish rejasi parametrlari o‘zgartirilmasdan, darhol tuzatishlar kiritish;
g) zarurat tug‘ilganda “Iste’molchi” tomonidan olinayotgan suvning miqdorini tekshirish;
d) “Iste’molchi” tomonidan o‘zboshimchalik bilan suv ochilsa yoki ruxsat etilmagan joydan suv olinsa, olingan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanilsa hamda limitdan ortiqcha suv olinsa, sug‘orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘iga tashlab qo‘yish holatlari aniqlangan taqdirda tegishli chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy o’rganlariga ma’lumot kiritish;
e) sug‘orish tarmoqlariga, ulardagi inshootlarga zarar yetkazilsa, yetkazilgan zararni qoplatish choralarini ko‘rish va yetkazilgan zararlar qoplanmagan taqdirda “Iste’molchi”ga yozma ravishda ogohlantirish berilib, suv berishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish;
j) “Iste’molchi” tomonidan ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar
o‘z vaqtida amalga oshirilmagan hollarda
, (bir marotaba yozma ravishda ogohlantirishdan so‘ng) suvni yetkazib berish va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish;
z) manbada suv kamaygan taqdirda, “Iste’molchi”ning takliflarini inobatga olgan holda, suvdan navbatlab foydalanish va suvni iqtisod qilishning boshqa chora-tadbirlarini amalga oshirish;
i) “Iste’molchi”ga berilgan suv resurslaridan, tasarrufidagi sug‘orish tarmog‘idan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar berish;
TIB” qonun hujjatlarida va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
3.2. “TIB”ning majburiyatlari:
a) hisobot davri boshlanishidan kamida 10 kun oldin, ya’ni sug‘orish davri uchun suv iste’moli rejasini yilning 20-mart kunigacha, kuzgi-qishki mavsum uchun yilning
20 sentyabr kunigacha ko‘rsatilgan suv xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5- sanasigacha hamda yillik to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni esa yilning 20 - dekabr kunigacha “Iste’molchi”ga taqdim etish;
b) “Iste’molchi”ga mazkur shartnomaning 1- va 2-ilovalarida tasdiqlangan suv iste’moli rejasiga asosan ajratilgan suv olish limitlarini belgilash hamda ushbu ajratilgan limit bo‘yicha o‘z vaqtida suv yetkazib berishni ta’minlash;
v) limit buyicha “Iste’molchi”ga suvni ro‘yxatga olingan va ilovalarda ko‘rsatilgan manbalardan yetkazib berish;
g) “Iste’molchi”ning talab va takliflarini inobatga olgan holda, oylik suv olish grafigini ishlab chiqish;
d) mazkur shartnomaga yoki suvga bo‘lgan ehtiyojdan 10 kun oldin berilgan yozma talabnomaga asosan “Iste’molchi”ga ajratilgan limit doirasida suvni yetkazib berish;
e) manbada suv kamaygan yoki ko‘paygan hollarda, favqulodda shart-sharoitlarda hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan suv limitlariga o‘zgartirishlar kiritilganda, bu haqida “Iste’molchi”ni zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilish;
j) “Iste’molchi”ga berilgan suvning hisobini yuritish hamda suvning berilgan
va to‘xtatilgan vaqtini, miqdorini “Iste’molchi”ning vakili ishtirokida qayd etib borish;
z) “Iste’molchi”ning talabiga ko‘ra, ko‘rsatilgan xizmatlar va amalga oshirilgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim qilish;
i) “Iste’molchi”ning hududi chegarasidagi suv olish joylarida suv o‘lchash vositalarining (gidropostlar) o‘rnatilishini hamda suvning hisob-kitobi to‘g‘riligini ta’minlash. Bunda, suv o‘lchash vositalarining to‘g‘riligiga shubha bo‘lgan taqdirda, navbatdan tashqari qo‘shimcha o‘lchov o‘tkazish.
l) har kuni soat 7:00 va 19:00 larda “Istemolchi”ning vakolatli shaxsi bilan suv beriladigan joylarda suvning hisobini yuritish (bunda “Istemolchi”ning vakolatli shaxsi kelmagan hollarda suv hisobi bir tomonlama yuritiladi) hamda har oy yakuni bilan o‘zaro dalolatnoma rasmiylashtirib borish.
TIB” qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajaradi.
3.3. “Iste’molchi”ning huquqlari:
a) mazkur shartnomada ko‘rsatilgan suvdan foydalanish limiti va berilgan talabnoma asosida “TIB”dan suv yetkazib berilishini talab qilish;
b) yetkazib berilayotgan suvning miqdorini va sifatini tekshirish;
v) ekin maydonlari, sug‘orish tarmoqlari suv olishga tayyor bo‘lmaganda suv olishdan voz kechish yoki uni “TIB” bilan kelishilgan holda boshqa muddatga ko‘chirish;
g) o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini o‘zgartirish va manbadagi suv resurslaridan samarali foydalanish to‘g‘risida takliflar kiritish;
d) manbalardan suv olish joylarida o‘rnatilgan suv o‘lchash vositalari (gidropostlar) ishining hamda suv hisob-kitobining to‘g‘riligiga shubha paydo bo‘lganda, “TIB”dan navbatdan tashqari qo‘shimcha o‘lchov o‘tkazilishini talab qilish.
Iste’molchi” qonun hujjatlariga va ushbu shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
3.4. “Iste’molchi”ning majburiyatlari:
a) mazkur shartnomaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan suv iste’moli rejasiga, 3- va 4-ilovalarida belgilangan to‘lovlarni to‘lash grafigiga hamda belgilangan suv olish limitlariga va suvdan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya etish;
b) olingan suvdan maqsadli va samarali foydalanishni, yer maydonlarini ko‘llatishga, sug‘orish tarmoqlaridan hamda ekin maydonlarida suvni behuda sarflashga yo‘l qo‘ymaslik;
v) sug‘orish uchun berilgan suvlarning kollektor-drenaj tarmog‘iga va boshqa suv ob’ektlariga oqizib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
g) hududdagi sug‘orish tarmog‘ini suv taqsimlash va o‘lchash vositalari (gidropostlar) bilan o‘z mablag‘lari hisobidan jihozlash hamda ularni soz holda saqlash;.
d) suv olish uchun 10 kun oldin yozma talabnomani “TIB”ga taqdim etish va sug‘oriladigan maydonni sug‘orishga tayyorlash;

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling