Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish


Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana20.09.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1682000
1   2   3   4   5
Bog'liq
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI

2.4 Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan 
tartibga solish zaruriyati. Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan 
maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko’p bo’lsa-da, uning 
ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab: 
Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% 
dan ortig’ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma (tsirkulyativ) 
harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuk, toza va musaffo bo’lishi 
talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo’ladi. 
Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zahiralari Sayyoramizda bir tekis
tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko’l, suv omborlaridagi suvlar)ning 
70% aholi yashashi noqulay bo’lgan shimoliy sovuq yoki baland tog’ 
mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Rossiya…) 
da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo’lsa, ayrimlarida 
(O’zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston…) suv tanqisligi juda 
katta muammodir. 


Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko’pincha daryolar orqali 
bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o’tib boradi. Bu degan so’z daryo 
suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va 
davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi. 
To’rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera 
havosida kislorodning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Chunki kislorodni 
«ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan 
okean suvlarida kamayib boryapti. 
Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo’jaligi sohalarida suv ishlatiladi. 
Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko’payib 
bormoqda. Xo’jalikda ishlatilayotgan suv ham, afsuski, toza-chuchuk 
bo’lishi kerak ekan. Agrar respublika bo’lgan O’zbekistonda xalq 
xo’jaligining asosiy tarmog’i-qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi 
maxsulotining 95% sug’oriladigan yerlardan olinadi. 
Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zahirasi-183 km kub 
(undan Amudaryo 78 km kub va Sirdaryoda-36 km kub). uning 
aksariyati sug’orish uchun ishlatiladi va turli sun‘iy suv havzalari 
(kolelktor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko’llar)da va yer ostida 
yig’ilib, Orol ko’li muammosini yuzaga keltirdi. 
Xalqimiz «Suv-hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz 
aytmagan. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish 
nafaqat global, regional, balki o’ta dolzarb milliy masaladir. 



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling