Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga joriy etish yo'llari reja


Download 123 Kb.
bet3/4
Sana28.03.2023
Hajmi123 Kb.
#1301398
1   2   3   4
Bog'liq
SUVDAN FOYDALNISHDA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR VA UNI AMALIYOTGA JORIY ETISH YO\'LLARI

-Davlat va xuquqning umumiy tamoyillari;
-Suvga doir maxsus tamoyillar.
Ma‘lumki, suv xuquqi xuquq tizimining sohasi sifatida suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda davlat va xuquq tizimining quyidagi umumiy ahamiyatdagi tamoyillaridan foydalaniladi;

  • qonuniylik;

  • ijtimoiy adolat;

  • oshkoralik;

  • ishontirish va majburlov choralarining qo’llanilishi;

  • shaxslarning xuquq va burchlarining birligi va boshqalar.

Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari davlat va xuquqning umumiy tamoyillariga asoslangan holda olib boriladi. Suvga doir ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi Qonunida ushbu soxadagi umumiy va maxsus tamoyillar belgilanmagan. Biz o’ylaymizki, O’zbekiston Respublikasining yangi suv qonunchiligi maxsus tamoyillarni o’z ichiga olishi o’z navbatida suvga doir davlat siyosatini to’g’ri yo’naltirishga xizmat qiladi.
Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning maxsus tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • atrof tabiiy muhitning barqarorligin saqlash;

  • aholining suvga bo’lgan xuquqlarini kafolatlash;

  • suv resurslaridan umumiy foydalanganlik uchun xaq olinmasligi;

  • suv resurslaridan maxsus foydalanganlik uchun xaq olinishi;

  • suvga nisbatan davlat mulkining qo’llanilishi;

  • suvga doir munosabatlarni boshqarishda havza tamoyilning qo’ullanilishi;

  • suvlarni muhofazakilish va tejab foydalanganlik uchun rag’batlantirish choralarini belgilanishi;

  • suvga yetkazilgan zararni qoplash va undirishning majburiyligi;

  • suv kadastirini yuritishning majburiyligi va boshqalar.

Ushbu maxsus tamoyillar asosida O’zbekiston Respublikasida suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish jarayoni ta‘minlanadi va kafolatlanadi.
Suv xuquqi predmeti, yo’nalishlari, maqsad va vazifalarga ega bo’lgani kabi u usullariga ham ega bo’lib, suvga doir munosabatlarni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, yuridik va mansabdor shaxslar tomonidan tartibga solish shakllari belgilanadi.
Suv xuquqida asosan quyidagi usullar qo’llaniladi:

  • Ekologiyalashtirish;

  • Ma‘muriy – xuquqiy;

  • Fuqoroviy – xuquqiy;

Ekologiyalashtirish usuli – suvlarni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish jarayoniga jamiyat hayotining barcha jabhalari, xalq xo’jaligining turli soxalarini jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Maxmuriy xuquqiy usul – davlat va xuquqning muhim usullaridan biri bo’lib, davlatning boshqaruv chora – tadbirlarning qo’llanilashida namoyon bo’ladi.
Suv xuquqida mazkur usul keng qo’llanilib, suvlarni muhofaza qilish va suv resurslaridan oqilona foydalanish jarayonini ta‘minlovchi qoida – talablarning belgilanishi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekologik qoida talablarga buzilgan taqdirda javobgarlik chora tadbirlarni qo’llashda katta axamiyatga egadir.
Fuqaroviy xuquqiy usul - suv xuquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita suv xuquqiy munosabatlari ishtirokchilarning tengligi, moddiy rag’batlantirish, suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishda iqtisodiy chora tadbirlarning qo’llanilishida namoyon bo’ladi.
Ekologiyalashtirish, ma‘muriy xuquqiy, fuqarolik xuquqiy usullar orqali suv xuquqiy munosabatlari tartibga solinadi.
Suv xuquqi xuquq tizimidagi boshqa xuquq soxalari bilan bog’liq bo’lib, suv xuquqiy munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi. Suv xuquqiy munosabatlarni tartibga solishda konstitutsiyaviy, ma‘muriy, fuqarolik, jinoiy va xo’jalik xuquqi soxalarining tamoyil, qoida va talablari ham ishtrok etadi.
O’zbekiston Respublikasining qonunlari suvdan foydalanish va muhofaza qilish bilan bog’liq umumiy va maxsus tamoyil, qoida talablar belgilangan bo’lib, ular quyidagi yo’nalishlarda ko’rinadi:

  • suvga doir davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlari;

  • xuquqni muhofaza qilish organlarining suv xuquqiy tartibotni

  • mustaqkamlashdagi vazifalari;

  • fuqarolarning majburiyatlari;

  • foydalanuvchilarining ekologik xuquqlari;

  • suvga doir davlat siyosatining asosiy tamoyillarining belgilanishi va boshqalar.

Ushbu muhim yo’nalishlarda suv xuquqi konstitutsiyaviy xuquq bilan o’zaro bog’liqdir.
2.7 Davlat suv fondi va uni boshqarish. Yurisprudentsiyada Suv xuquqi mustaqil xuquq soxasi sifatida qaraladi. Lekin u O’zbekistonda to’liq shakllanmagan fan soxasidir. Mamlakatimizda suv muammolarining ortib borayotganligi suv xuquqini ham rivojlantirishni talab etmoqda. Sobiq Ittifoq respublikalari ichida birinchi bor Toshkent Davlat yuridik institutida Suv xuquqi darsligi ishlab chiqildi va magistrlarga mustaqil xuquq predmeti sifatida o’tilmoqda.
Yer singari suvni muhofaza qilish va undan foydalanishni ham xuquqiy jixatdan tartibga solish uchun turli xil toifalarga ajratib olinadi. Aynan o’sha toifalar bo’yicha ijtimoiy munosabatlar ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solinadi.
1993 yil 6 maydagi «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 4-moddasiga ko’ra, O’zbekistonda yagona suv fondi uch toifaga ajratilgan:
- yer usti suvlar (daryolar, ko’llar, suv omborlari, kanallar, hovuzlardagi suvlar);
- yer osti suvlari va muzliklar;
- xalqaro suvlar (Amudaryo, Sirdaryo, Orol dengizi, Zarafshon va shu kabi ikki va undan ortiq davlat hududlaridan oqib o’tadigan yoki ularning hududida joylashgan suv havzalari va suv manbalari).
Suv davlat mulki bo’lganligi uchun ham suvga oid munosabatlar davlatning umumiy va maxsus vakolatlangan organlari tomonidan tartibga solinadi.
Oliy Majlis to’g’risidagi konstitutsiyaviy qonun hamda «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 5-moddasiga binoan , Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat sifatida suvga doir munosabatlarni tartibga solishda tegishli qonunlar ishlab chiqadi, qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi, suvga oid davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi va strategik dasturlarni qabul qiladi.
Vazirlar Mahkamasi o’zi to’g’risidagi qonunda kelib chiqqan holda, «Suv va suvdan foydalanish to’g’risida»gi qonunning 6-moddasida belgilangan vakolatlariga binoan: suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish soxasida yagona davlat siyosatini o’tkazadi; maxsus vakolatlangan davlat organlarining faoliyatini uyg’unlashtiradi; suvdan foydalanishning me‘yorlari va limitlarini tasdiqlaydi; suv kadastri-monitoringi-nazorati tizimini yaratadi va uning yuritilishini ta‘minlaydi; suvga tegishli yirik xodisa va jarayonlar yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; suv to’lovlari va xaq o’ndirish tartibini belgilaydi; davlatlararo munosabatlarni rivojlantiradi va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan keyingi 10 yil mobaynida 100 dan ziyod munosabatlarini tartibga solishga doir qaror, yo’riqnoma hamda ko’rsatmalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Suvdan foydalanish va uni muhofaza etish ustidan davlat nazoratini mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi o’zlari to’g’risida qabul qilingan qonunlar va nizomlar asosida olib boradilar. Idoraviy nazorat esa Geologiya va mineral resurslar davlat qumitasiga topshirilgan.
Suvga oid munosabatlarni tartibga solishda nodavlat notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va jamoalarning vakolatlari tegishli qonunlarda belgilangan va ular davlatga ko’makdosh ekanligi ifoda etilgan. Bizningcha, o’zini o’zi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari nafaqat ko’makdosh, balki mustaqil nazorat olib boruvchi sub‘ekt bo’lishi demokratik jamiyat talablarini bajarish va fuqarolik jamiyatini o’rnatishda katta xizmat qiladi.


Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling