Suvdan oqilona foydalanishning ekologik-xuquqiy asoslari
Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Suvdan foydalnishda tejamkor texnologiyalar va uni amaliyotga jo
2.4 Suv resurslaridan foydalanishni ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish
zaruriyati. Sayyoramizda garchand suv bilan egallangan maydon quruqlikka nisbatan ikki barobar ko’p bo’lsa-da, uning ekologik muammosining yechimini topish juda dolzarbdir. Bunga sabab: Birinchidan. Suv tirik organizmlar, jumladan, inson massasining 90% dan ortig’ini tashkil qilgan holda u doimo aylanma (tsirkulyativ) harakatda. Aylanma harakatdagi suv chuchuk, toza va musaffo bo’lishi talab etiladi. Aks holda tirik organizmlar nobud bo’ladi. Ikkinchidan. Chuchuk suvlar zahiralari Sayyoramizda bir tekis tarqalmagan. Yer usti suvlari (daryo, ko’l, suv omborlaridagi suvlar)ning 70% aholi yashashi noqulay bo’lgan shimoliy sovuq yoki baland tog’ mintaqalaridadir. Ayrim mamlakatlar (Kanada, Norvegiya, Rossiya…) da suv toshqinlari muammosi yuzaga kelayotgan bo’lsa, ayrimlarida (O’zbekiston, arab mamlakatlari, Turkmaniston…) suv tanqisligi juda katta muammodir. Uchinchidan. Toza suv doimo harakatdadir. U ko’pincha daryolar orqali bir davlatdan ikkinchi bir davlatga o’tib boradi. Bu degan so’z daryo suvining muhofazasi xalqaro muammolar toifasiga kiradi va davlatlardan juda katta diplomatik mahorat talab qiladi. To’rtinchidan. Okean suvlarining keskin ravishda ifloslanishi atmosfera havosida kislorodning kamayishiga sabab bo’lmoqda. Chunki kislorodni «ishlab chiqaruvchi» okean yuzasidagi planktonlar ifloslanayotgan okean suvlarida kamayib boryapti. Beshinchidan. Deyarli barcha xalq xo’jaligi sohalarida suv ishlatiladi. Gidroresurslarning imkoniyati kamayib, unga talab esa ko’payib bormoqda. Xo’jalikda ishlatilayotgan suv ham, afsuski, toza-chuchuk bo’lishi kerak ekan. Agrar respublika bo’lgan O’zbekistonda xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i-qishloq xo’jaligi. Qishloq xo’jaligi maxsulotining 95% sug’oriladigan yerlardan olinadi. Oltinchidan. Markaziy Osiyoda chuchuk suv zahirasi-183 km kub (undan Amudaryo 78 km kub va Sirdaryoda-36 km kub). uning aksariyati sug’orish uchun ishlatiladi va turli sun‘iy suv havzalari (kolelktor, drenaj, suv omborlari, tashlandiq ko’llar)da va yer ostida yig’ilib, Orol ko’li muammosini yuzaga keltirdi. Xalqimiz «Suv-hayot manbai, suv bor joyda hayot bor», deb bejiz aytmagan. Suvlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish nafaqat global, regional, balki o’ta dolzarb milliy masaladir. Suv resurslarini ekologik-xuquqiy jihatdan tartibga solish uchun mustaqil O’zbekistonimizda bir qancha ishlar qilingan. Masalan: suv va suvdan foydalanishga oid 20 dan ziyod maxsus va umumiy qonunlar qabul qilindi; Orol dengizi muammosi BMT va uning tashkilotlari tomonidan xalqaro darajadagi masalalar toifasiga ko’tarildi; suvlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishga yo’naltirilgan me‘yoriy hujjatlar qabul qilinib, dastur va loyihalar ishlab chiqildi; milliy, regional, global miqyosda shartnomalar tuzildi va h.k. Kelajakda, bizning fikrimizcha, O’zbekiston qonunchilik tizimida: Orol va Orol bo’yiga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan «alohida muhofaza hudud» maqomini berish; Orol dengizi to’g’risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish; xalqaro suv havzalari va daryolarni muhofaza qilishga doir shartnomalar, monitoring –nazorat-ekspertiza-javobgarlik tizimini yaratish; suvlardan foydalanishni qat‘iy hisobga olish va to’lovni shakllantirish kabi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 19-moddasida bayon etilganidek, O’zbekiston Respublikasida suv va suv havzalaridan foydalanishning ekologik-xuquqiy shartlari quyidagilardan iborat: er usti, yer osti va dengiz suvlaridan zarur miqdordagi suvning tabiiy aylanishini saqlash, uning me‘yorida ko’rsatilgan darajada tozaligini ta‘minlash; suv o’simliklari va hayvonlarini asrash; suv havzalarining ifdloslanishiga yo’l qo’ymaslik; suvda ekologik muvozanatni saqlash va suv havzasiga landshaft elementi sifatida ziyon yetkazmaslik; maxsus vakolatli davlat organlari daryo irmoqlari hosil bo’ladigan joylarda, suv sohili mintaqalarida daraxtzorlarni tiklashlari va dov-daraxtlarni ko’paytirishlari hamda ularning saqlanishini ta‘minlashlari shart. Konstitutsiyamizning 55-moddasi, Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 5- moddasiga muvofiq suv, boshqa tabiiy ob‘ektlar singari umumilliy boylik-davlat mulkidir, undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofazalanadi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling