2.5. Suvdan foydalanish xuquqi tushunchasi. Suv resurslarini tabiat va jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlarda tutgan o’rni beqiyosdir. Chunki, suv resurslari tabiatning ajralmas qismi sifatida yer, osti boyliklari, o’simlik va hayvonot dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, tabiiy qonuniyatlar asosida ekologik tizimning barqaror evolyutsion rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir.
Jamiyatda suv resurslari o’ziga xos muhim o’rin tutib, avva lo insonning hayoti uchun zarur tiriklik manbai, jamiyat hayotida aholining turli ehtiyojlarini qondirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy – marifiy sohalarida ham asosiy tabiiy resurs sifatida ahamiyati cheksizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |