Sunnat bo‘lgan g‘usl turlari
To‘rt amal uchun g‘usl qilish sunnatdir:
1. Juma namozi uchun.
2. Hayit namozlari uchun.
3. Haj va umra niyatida ihromga kirish uchun.
4. Arafotda vuquf qilish uchun.
Quyidagi o‘n olti holatda g‘usl qilish mustahabdir:
1. Janobat, hayz va nifosdan pok holda Islomni qabul qilganida.
2. Yoshi jihatidan, hukman balog‘atga yetganida (15 yoshga to‘lgan o‘g‘illar va 12 yoshga to‘lgan qizlar ehtilom va hayz ko‘rmagan bo‘lsalarda, hukman bolig‘ va mukallaf hisoblanadi).
3. Mastlik va telbalik bois hushidan ketib, so‘ng o‘ziga kelganida.
4. Qon oldirganidan so‘ng.
5. Mayitni yuvishdan oldin.
6. Baroat (Shabon oyining 15-dan 16-ga o‘tar) kechasini ibodat bilan o‘tkazish niyatida.
7. Qadr kechasini ibodat bilan o‘tkazish maqsadida.
8. Madinai Munavvaraga kirish uchun.
9. Qurbon hayiti kuni tongda Muzdalifada turish uchun.
10. Makkai Mukarramaga ziyorat tavofi uchun kirishda.
11. Quyosh yo oy tutilganida o‘qiladigan namoz uchun.
12. Yomg‘ir so‘rab duo qilishga chiqish oldidan.
13. Biror narsadan qo‘rqqanida o‘qiladigan namoz uchun.
14. Kunduzi (tuman kabi) zim-ziyolikdan qo‘rqib o‘qiladigan namoz uchun.
15. Kechayu kunduz davom etgan qattiq shamoldan qutulish niyatida o‘qiladigan namoz uchun.
16. Har qanday gunohdan tavba qilish uchun.
Do'stlaringiz bilan baham: |