Tuhr (hayzdan poklanish) muddati
Ikki hayz orasidagi poklanish muddati kamida o‘n besh kundir. Eng ko‘p muddati belgilanmagan. Faqat istihoza qoni kelayotganida balog‘atga yetgan ayolning hayz muddati o‘n kun, poklanish holati o‘n besh kun, nifos muddati esa qirq kun qilib belgilanadi.
Hayz va nifos paytida qilish harom bo‘lgan amallar
Hayz va nifos paytida ushbu sakkiz amalni qilish harom:
1. Namoz o‘qish.
2. Ro‘za tutish.
3. Qur’oni karimdan bir oyat miqdoricha o‘qish (zikr, sano va duo maqsadida duo oyatlarini o‘qish joiz).
4. Qur’oni karimni yo biror oyatni g‘ilofsiz ushlash (oyat qog‘oz yoki matoga yozilgan bo‘lsa ham).
5. Masjidga kirish.
6. Ka’bani tavof qilish.
7. Jinsiy aloqa qilish.
8. Erkakning ayol kindigi bilan tizzasi orasidagi azolaridan foydalanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |