Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar. Ma’ruza maqsadi


-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.1


Download 229.4 Kb.
bet3/7
Sana09.06.2023
Hajmi229.4 Kb.
#1475317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suvli ajratmalar

11-rasm. Koncentraciyalar farqi hisobiga dori moddalar ajralib chiqisi.1
Damlama va qaynatmalar ishlab chiqarishda o’zoq vaqt qo’llanib kelingan usul ilmiy asosga ega bo’lmagan edi. Damlama va qaynatmalar tayyorlashga xususiy yondoshish, tayyorlash jarayonini ilmiy asoslash USH DF (1946) joriy qilingach boshlandi. Masalan, alkaloid saqlaydigan xom ashyodan damlama va qaynatma tayyorlash uchun limon kislotasini qo’shish taklif qilindi. Undan tashkari xom ashyo 3 darajadagi maydalikda qo’llaniladi. qaynatmalar uchun har xil sovitish muddatlari belgilangan.
Shunday bo’lsa ham, ularni tayyorlashning asosini dastlabki universal usul, xom ashyoga sovuq suv solib suv hammomida 15 min (damlama) va 30 min (qaynatma) qizdirish tashqil etadi. Hajmi 1-3 l bo’lgan ajratmalar tayyorlashda qizdirish uchun 25 minutgacha qaynatmalar uchun 40 minutgacha o’zaytiriladi.
Dorivor o’simliklar xom ashyosidan ta’sir etuvchi moddani ajratib olish dinamikasiga ta’sir etuvchi omillar. Damlama va qaynatmalarda ham xuddi boshqa ajratmalar (ekstraktlar, tindirmalar) kabi tayyorlash texnologiyasining nazariy asoslariga bo’ysuniladi. Lekin ular ko’prok zarur hollarda tayyorlangani uchun ba’zi bir o’ziga xos jixatlarini e’tiborga olish lozim:

  1. Damlama va qaynatmalarni tayyorlashda dorivor o’simliklar qismining maydalanganlik darajasi, shu doriga xos bo’lgan maqolalarda keltirilgan me’yorlashtirilgan bo’lishi kerak. Xususiy maqola bo’lmasa XIDF bo’yicha damlama va qaynatmalar tayyorlash uchun o’simlik qismlari quyidagi maydalikda bo’lishi kerak: bargi, guli va o’tlari 5 mm gacha bo’lgan maydalikda, poya, po’sti, ildiz, ildiz poyasi, 3 mm gacha, urug’i va mevasi — 0,5 mm dan katta bo’lmagan zarrachalarda va xokazo.

  2. Konsentratsiyalar farqi. Ajratma olish jarayonini tezlatish maqsadida doimo o’simlik xom ashyosi zarrachalariga ekstragent yangi qismlarini mumkin kadar davriy ravishda yuborib turish kerak. Bu aralashmani aralashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ajratma olish jarayonining hamma bosqichlari tezlashadi.

Shuni hisobga olib, XI DF da damlama va qaynatmalarni tayyorlashda xom ashyoni damlab, doimo aralashtirib turish ko’zda tutilgan. Xom ashyo va ekstragentning o’zaro nisbati ham belgilangan.
Ekstragent quyidagi talablarga javob berishi kerak: - selektivlik;

  • kimyoviy inert;

-uchuvchan;

  • toksik hususiyatiyo’q; - arzon. 2

3. DF da damlama va qaynatmalar tayyorlanishida xom ashyo va ajratuvchining nisbati.
O’simlik miqdori haqida biron-bir ko’rsatma bo’lmasa damlama va qaynatmalari 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Adonis o’tidan, valeriana ildizi va ildiz poyasidan, istod ildizi, rojki sporqnya, marvaridgul bargi va guli, zig’ir urug’idan 1:30 nisbatda. Kuchli ta’sir etuvchi modda saqlagan angishvonagul bargi, chistotel (qoncho’p) o’ti o’simlik qismidan suvli ajratmalar odatda ekstrakt (konsentrat)laridan 1:400 nisbatda tayyorlanadi(gulhayri ildizi, tog’rayxon o’ti, na’matak mevasi).
Suvli ajratmalarni ekstrakt (konsentrat)dan tayyorlanganda uni miqdorini o’simlik miqdoridek qilib olish kerak .
4.Damlama va qaynatmalarni olish uchun ishlatiladigan suv miqdori ta’sir etuvchi moddalarni to’liq ravishda olishga imkon berishi zarur.

    1. Muxitning ta’siri.

    2. Vaqt rejimi.

    3. Xom ashyo standartligi.

Standart konsentratsiyaga ega bo’lmagan suvli ajratma mahsulotlarning nisbatlari:
Oddiy archa qubbalari 1:5
Devyasil ildizi 1:12,5
Ayiqtovon briketi 1:20
Sano bargi va tirnoqgul guli briketi 1:25
Jo’ka gullari 1:28,5
YAlpiz bargi briketi 1:40 Do’lana guli briketi 1:50

Download 229.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling