Suvli ajratmalar, ularni olish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar. Qo‘llaniladigan asbob-uskunalar. Ma’ruza maqsadi


Download 229.4 Kb.
bet4/7
Sana09.06.2023
Hajmi229.4 Kb.
#1475317
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Suvli ajratmalar

Suv shimish koeffitsienti


Xom ashyodan damlama yoki qaynatma tayyorlash uchun kerak bo’lgan suvning miqdori turlicha olinishi mumkin. Masalan:
Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—120,0 D.S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
Xom ashyodan dorixatda ko’rsatilgan miqdordagicha suv solib, ajratma olinib, berilgan hajmgacha suv bilan etkaziladi. Bunda yana suv qo’shishimizning sababi shuki, suvning bir qismi xom ashyoda ushlanib qoladi. Lekin suv qo’shish bilan biz olingan ajratmani suyultirgan bo’lamiz. SHuning uchun ana shu xom ashyoda ushlanib qoladigan suvni ham oldindan hisoblab tavsiya qilinadi. Suvning ko’shimcha miqdori damlama va qaynatmalar tarkibidagi ta’sir etuvchi modda miqdorini ancha ko’paytiradi. Tutib qilinadigan suv miqdori o’sha xom ashyoning morfologik va anatomik xususiyatlariga va xom ashyoning maydalik darajasiga bog’liq. XI DF da turli o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti keltirilgan. Agar o’simliklar xom ashyosi uchun suv shimish koeffitsienti berilmagan bo’lsa, u holda barg, gul o’tlar uchun — 2,0, po’stlok, ildiz, poya uchun —1,5 va meva urug’lar uchun —0,5 deb olinadi.
10-jadval Har xil turdagi o’simlik xom ashyolarining suv shimish koeffitsienti

Xom ashyo turi

Suvni shimish koeffitsienti

Xom ashyo turi

Suvni shimish koeffitsienti

Yalpiz bargi

2,4

Chuchukkimyo ildiz va ildizpoyasi

1,7

Sano bargi

1,8

Erman po’slog’i

2,0

Ayikquloq

1,4

Frangula Po’slog’i

1,6

Mavrvk bargi

3,3

Moychechak guli

3,4

Adonis er ustki qismi

2,8

Na’matak mevasi

1,1

Dalachoy er ustki qismi

1,6

SHoxkuya

2,3

Marvarudgul er ustki qismi

2,5

Poligala ildizi

2,2

Sushenitsa er ustki qismi

2,2

Chayon o’ti bargi

1,8

Arslonkuyruk er ustki qismi

2,0

Poligala ildizi

2,2

Valeriana ildiz va ildizpoyasi

2,9

Zmeevik ildiz va ildizpoyasi

2,0


Download 229.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling