Suvning ion ko‘paytmasi va vodorod ko‘rsatkich pH ning jarayonlardagi ahamiyati. Kationlararo, anionlararo va kation-anionlararo gidroliz jarayonlari. Texnologik jarayonlarda gidrolizning ahamiyati


Download 137.01 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi137.01 Kb.
#1575656
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-M (2)

Shuningdek metallmaslar birikmalarining gidrolizi ham qaytmas bo’ladi.

Kuchsiz asos va kuchsiz kislotalardan hosil bo’lgan tuzlar eritmalarining muhiti kislota va asosning dissotsilanish konstantasiga bog’liq.
Agar kislotaning dissotsilanish konstantasi katta bo’lsa muhit kuchsiz kislotali, asosning dissotsilanish konstantasi katta bo’lsa muhit kuchsiz ishqoriy bo’ladi.
Gidroliz jarayoni miqdoriy jihatdan gidroliz darajasi bilan xarakterlanadi. Gidrolizlangan tuz molekulalarining eritilgan tuz molekulalari umumiy soniga nisbati gidrolizlanish darajasi deyiladi.
h =
n-gidrolizga uchragan molekulalar soni; N-erigan tuz molekulalarining umumiy soni,
Gidroliz darajasi tuz tabiatiga, eritmaning konsentratsiyasiga va haroratga bog’liq.
Qaytar gidroliz reaksiyalari Le-Shatele prinsipiga to’liq bo’ysunadi. Shuning uchun tuzlarning gidroliz reaksiyasini tezlashtirish, hattoki qaytmas qilish mumkin.
Eritmani suyultirish (suv qo’shish) ya’ni tuzning konsentratsiyasini kamaytirish, eritmani qizdirish (bunda suvning dissotsilanishi ortadi), reaksiya mahsulotlaridan birini qiyin eriydigan moddaga aylantirish yoki gaz fazaga o’tkazish va hosil bo’ladigan ionlarni bog’lash bilan gidrolizni kuchaytirish mumkin va aksincha.
Gidrolizning biologik ahamiyati
Gidroliz jarayoni biokimyoviy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Oziq-ovqat tarkibidagi asosiy 3 komponent – yog’lar, oqsillar, uglevodlar oshqozon ichak traktida (yo’lida) suv ta’sirida fermentativ gidrolizlanadi va mayda fragmentlarga ajraladi. Umumiy holda ovqat tarkibidagi komponentlarning gidrolizini quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:
R1 – O – R2 + H2O → R1 – OH + R2 – OH
Bu yerda R1 va R2 kislorod orqali bog’langan bioorganik molekulaning fragmentlari.
Busiz oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi oziq moddalar ichaklarda o’zlashtirilmaydi, ichaklarda faqatgina kichik fragmentlar so’rilib o’zlashtiriladi.
Poli va disaxaridlar fermentlar ta’sirida gidrolizlanib monosaxaridlarga aylanganidan so’ng organizmda o’zlashtiriladi.
Tirik mavjudotlarning o’sishi va normal yashashi uchun albatta energiya kerak bo’ladi. Bu energiyani odam oqsillar, yog’lar va uglevodlar shuningdek murakkab efirlar, amidlar, peptidlar hamda glikozidlarning oksidlanish jarayoni natijasida oladi. Ko’pgina biologik proseslarda masalan, oqsillar biosintezida, mushaklarning qisqarishida va boshqalarda ATF energiya manbai bo’lib xizmat qiladi:
ATF-4 + H2O ↔ ADF3- + HPO + H+
∆G0 = -30,5 kJ/mol
ATF va ADF larning sintezi uchun zarur bo’lgan energiya esa glyukozaning hujayralarda oksidlanishi natijasida ajralib chiqadigan energiya hisobiga qoplanadi.
Download 137.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling