3.
Daryo suvlari va sanoat chiqindi suvlari bilan olib kelinadigan issiqlik miqdori birlik yuzaga nisbatan quyidagi formula
bilan ifodalinadi:
пр
с
Qв
t ,
bu erda Q
в
-suv sarfi;
-suv havzasining yuza maydoni;
t t
pr
-t
v
-daryo suv temperaturasi bilan suv havzasi temperaturasining farqi
4.
Suv ob’yektining tubi bilan issiqlik almashinuvi. O‘zan tubi bilan suv ob’yektining turiga bog‘liq holda baholanadi.
Uzan tubidagi issiqlik almashinuvini hisoblash uchun biz suv qatlamining tubidagi va shuningdek o‘zan tubining haroratini bilishimiz
kerak. Ularni o‘lchash juda ham murakkab masaladir, shuning uchun ham hozirgi vaqtda tayyor jadvallar qo‘llaniladi.
Muz qoplamining shakllanishi. Muz qoplami daryo va suv havzalarida atrof muhit bilan issiqlik almashinish natijasida kuz, qish
oylarida shakllanadi. Daryolarda muz qoplamining hosil bo‘lishi suv havzalariga nisbatan biroz o‘zgacha kuzatiladi. Chunki ularda muzlash
jarayoniga suvning tezligi katta ta’sir ko‘rsatadi.
Kuz, qish oylarida suv havzalarining muz va termik rejimi ko‘p omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Bular: havzaning geografik holati,
iqlim sharoiti, o‘lchami, oqim tezligi, suvning fizik va kimyoviy hossalari va boshqalar.
Yoz oylarida suv havzasida to‘plangan issiqlik kuz, qish oylarida atmosfera bilan issiqlik almashinishi natijasida sarflanadi. Harorat
4
0
S ga (suvning eng yuqori zichlik harorati) etgandan so‘ng suvning faqat yuqori qatlami aralashmasdan sovitiladi. Yuzadagi suvning harorati
0
0
gacha pasayadi, ba’zi hollarda manfiy qiymatlargacha (-1
0
S) tushishi mumkin. Manfiy harorat qiymatlariga ega bo‘lgan suv o‘ta sovitilgan
suv deb ataladi.
Havzadagi suv qancha tinch bo‘lsa, shuncha kam chuqurlikka o‘ta sovutilgan suv o‘tishi mumkin. Agarda suv havzalarida to‘lqinlar
va oqimlar ta’sirida jadal turbulent aralashishi kuzatilsa, bu holda suvning butun qatlami bo‘yicha o‘ta sovutilish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |