Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining
Qorning zichligi va suvlilik xususiyatlari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen
Qorning zichligi va suvlilik xususiyatlari. Qorning barcha xarakteristikalari zichlikka bog‘liq bo‘lib,vaqt ichida tez o‘zgaradi. Qor zichligining o‘zgarishi 0,01 gG‘sm 3 dan 0,7 gG‘sm 3 gacha kuzatiladi. Qor zichligini hisoblash empirik formulalari kuzatish ma’lumotlari asosida tuzilgan. Eng birinchi va qulay formula bo‘lib, XX asrning boshida Abe tavsiya etgan ifoda hisoblanadi: R a 10 bz , bu erda: a 185,4; v 0,54; z-qor qoplamining qalinligi (m). Bu formulani amalda qo‘llash uchun uni quyidagicha yozish qulaydir: lgp lg185,4 0,545 z. A.Defant Abe bilan bir vaqtda ishlagan va o‘zining formulasini tavsiya etgan. Qor qoplamining qalinligi 0 m dan 0,70 m gacha bo‘lganda uning zichligi quyidagicha hisoblanadi: lgp lg194,6 0,663z. Qorning zichligi 0,12 dan 0,85 gacha bo‘lganda quyidagi formula qo‘llaniladi: lgp lg 319,8 0,201z. Qorning issiqlik xarakteristikalarini, jumladan uning issiqlik o‘tkazuvchanlik ( ) va temperatura o‘tkazuvchanlik (a) koyeffitsentlarini, nisbiy issiqlik sig‘imini (s) aniqlash katta qiyinchiliklar tug‘diradi. Ammo bu xarakteristikalar tabiatda muhim rol o‘ynaydi. Issiqlik xarakteristikalarini aniqlashning qiyin tomoni, bu qor qoplamining murakkab strukturaga ega bo‘lishligidir. Xo‘l qor tarkibida 0 0 S temperaturada erigan suv ham bor bo‘ladi. Qor xarakteristikalari vaqt ichida ham o‘zgarib turadi (qish davomida). Mana shu faktorlarning ta’siri ostida qorning issiqlik xarakteristikalarini o‘rgangan olimlarning natijalari biriniki ikkinchisidan katta farq qiladi. Masalaning qiyinligi yana shundaki, shu xarakteristikalarni aniqlaydigan aniq bir uslub yo‘q. Qorning isssiqlik xarakteristikalari laborotoriya yoki dala sharoitida aniqlanadi. Qor qoplamining umumiy xususiyatlari integral usulda ham aniqlanishi mumkin. Agarda alohida har bir qor qatlamining xarakteristikalari kerak bo‘lsa, bu holda diferensial xarakteristikalar o‘lchanadi. Qor qoplamining issiqlik xarakteristikalarini birinchi bo‘lib K.P.Abels aniqlagan. 1893 yilda Sverdlovsk, hozirgi Ekaterinburgda Abels G.P. qor qoplamining issiqlik va temperatura o‘tkazuvchanlik xarakteristikalarini observatoriya maydonchasida har soatli kuzatishlar natijasida, 5va 10 sm chuqurlikda aniqlagan. Quruq qorning erishi uchun sarflanadigan issiqlik miqdori: Qer Ler PV, bu erda:L er -muzning nisbiy erish issiqligi; P va V-qorning zichligi va hajmi. Namlangan qorning erishi uchun sarf qilinadigan issiqlik miqdori: Qer nam Ler Pnam V(1- 100), bu erda -qor qoplamining namlik koyeffitsenti. Qorning quyosh radiatsiyasini qaytarish qobiliyati muz va suvnikidan ancha ustun turadi. Qorning quyosh radiatsiyasini yutish qobiliyati ham ancha yuqori; asosan quyosh radiatsiyasi qorning ustki qatlamida yutiladi va shuning uchun ham er yuzasigacha etib bormaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling