Suvning molekulяr fizikasi mavzuning maqsadi talabalarga Er sharida suvning taqsimlanishi, suvning agregat holatlarining


Suv havzalarida suv muvozanati elementlarini kuzatish ishlarini tashkil qilish


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/45
Sana21.06.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1639714
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45
Bog'liq
GIDROFIZIKA VA SUV BALANSI TADQIQOTLARI ozgergen

2.2.4.
Suv havzalarida suv muvozanati elementlarini kuzatish ishlarini tashkil qilish  
Ko‘llar va suv omborlaridagi stansionar gidrometorologik tarmoqqa maxsus gidrometeorologik observatoriyalar, ko‘llar stansiyalari 
va ko‘llardagi postlar kiradi. Havzalar xususiyatlarini baholash, stansiya va postlarni texnik ta’minlash maqsadida havzalar 3 guruhga bo‘linadi: 
katta, o‘rta, kichik. Katta ko‘llar guruhiga yuza maydoni 2000 km
2
dan ortiq bo‘lgan va o‘rtacha chuqurligi 18 m dan kam 
bo‘lmagan ko‘llar kiradi. O‘rta ko‘llar guruhiga yuza maydoni 100 dan 2000 km
2
gacha va o‘rtacha chuqurligi 7-18 m gacha bo‘lgan ko‘llar 
kiradi. Kichik ko‘llar guruhiga yuza maydoni 100 km
2
dan kam, o‘rtacha chuqurligi esa 7 m dan ortiq bo‘lmagan ko‘llar kiradi. Suv omborlari 
esa faqat yuza maydoniga asoslanib guruhlarga ajratiladi.
Gidrologik postlar va ko‘llar stansiyalarida kuzatishlar qirg‘oqlarda, qirg‘oq oldida, qirg‘oqqa yaqin bo‘lgan va havzalarning ochiq 
qismlarida asosiy kuzatish ishlari dastur bo‘yicha bajariladi. Asosiy majburiy ishlar bilan birga qo‘shimcha ishlar ham bajariladi. Bular
quyidagilar:
1) 
suv yuzasidan bug‘lanish;
2) 
termik qirqim bo‘yicha yuza qatlamidagi suvning harorati;
3) 
yer osti suvlarining suv sathi;
4) 
shamol ta’sirida suv sathining tebranishi;
5) 
oqim yo‘nalishi va tezligi;
6) 
irmoqlarining quyilish qismidagi suv sarflari;
7) 
suv havzasi ustida gidrometeorologik elementlarning taqsimlanishi;
8) 
suvning nisbiy og‘irligi;
9) 
muzlash hodisalari;
10) 
qirg‘oq va qirg‘oq zonalarini qayta shakllanishi; 11) suv omborlarining oqiziqlar bilan to‘lishi.
Qo‘shimcha (nostandart) kuzatish ishlariga havzaga qo‘yiladigan kichik daryo va soylarning oqimini kuzatish, qirg‘oq zonasidagi o‘ta 
nam tuproqlarning namligini va uning bug‘lanishni o‘lchash va shuningdek suv omborining o‘simliklar bilan qoplangan qismidagi bug‘lanish 
miqdorini aniqlash kiradi. Bu kuzatishlar gidrometeorologik observatoriyalarda va ekspeditsiyalarda bajariladi.
Ko‘l stansiyasi va postini tashkil qilish uchun quyidagi ishlar bajariladi:
1. 
Ko‘lning rekognossirovkasi;
2. 
Katta suv omborining bir qismini va kichik ko‘lning butunlay gidrografik sxemasi;
3. 
Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash;
4. 
Stansiya, post va kuzatish punktlari uchun joy tanlash; 5. Stansiya va postlarning qurilishi.
1-jadval 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling