Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nishablarni suvashda
Karniz va tortiqlarni suvashda har xil shakl va konstruksiyadagi andazalardan foydalanilsa, ish oson ko'chadi. Andazalarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: tortqi yoki karniz shaklida ishlangan taxta, salazkalar (taxta); profil taxtasini salazkalarga mahkamlash uchun mo'ljallangan tirgaklar; profil taxtasiga mixlab qo'yilgan yoki ikkita profil taxtalari orasiga qisib qo'yilgan po'lat profil; salazkalarga pastdan mixlab qo'yiladigan g'o'lacha.
Metall profil taxta profilidan 1—2 mm chiqib turishi kerak. Andazalar to'g'ri yoki burchakli bolishi mumkin. Burchakli andaza ikki yo'nalishda ishlashga imkon beradi, Profil taxtalar ora-sira kesib qo'yilgan po'lat profil salazkalarga 45° burchak ostida mahkamlanadi. Karniz chiqarishda rejacho‘p (yo'naltiruvchi reyka va taxta) o'rnatiladi. Tortqi uchun ishlatiladigan qorishma ostki (purkalma) qatlamda suyuqroq bo‘lishi, grunt qatlamda quyuqroq va sirtqi qatlamda suyuq boMishi kerak (bu qatlam uchun qum aralash- tirilmagan sement-ohak yoki ohak-gips qorishmasi ishlatiladi). Purkalma qatlamga ishlatiladigan qorishmaning quyuqligi standart konus 10—12 sm, grunt qatlamiga 6—8 sm botadigan darajada, sirtqi qatlamga esa qaymoq quyuqligida bo'lishi zarur. Nishablarni suvashda nishabning kesakidan devorgacha bir xil va to'ppa-toVri chiqishini ta’minlash lozim. Buning uchun devor sirtiga rejacho'p 0‘rnatiladi. Nishabning qiyalik burchagi tomonlarining nisbati 1:2 bo'lgan burchaklik bilan o‘lchanadi. Burchaklikning kalta tomoni devorga qaratib o'rnatiladi. Burchaklikning aniq o'lchamlarini shunday tanlash kerakki, uning uzun tomoni suvaladigan devor yuzasidan kesakining zakrovigacha bo'lgan masofaga teng, ya’ni devor yuzasiga perpendikular yo’nalishda bo'lsin. Gazcho‘p nishabning yon tomoniga vertikal vaziyatda mahkamlanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling