Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qotmagan qorasuvoqqa tosh uvog‘i sepib pardozlash.
Toshsuvoqlar marmar suvoqlar deb ataladi. chunki ular tarkibida marmar va granit uvoqlari yoki sindirilganda jimirlab tovlanadigan boshqa jins uvoqlari shaklidagi to'ldirgichlar bo'ladi.
Uvoqlar, shuningdek, marmar yoki tosh tolqonining rangi suvoq rangiga qarab tanlanadi. Ba’zan 10—20 % ohak xamiri qo'shilgan sementtosh suvoqlarda asosiy bog'lovchi hisoblanadi, ohak xamiri qo'shilgan qorishma plastik bo‘ladi. Uvoq donlari yuzaning asosiy qismini egallaydi va asosiy suvoqning rangi va fakturasini hosil qiladi. Bunda bo’yalgan sement go'yo uvoqlar rangini to'ldiradi. Toshsuvoq qorishmalari terrazit qorishmalari kabi chaplanadi. Dastlab sachratma qatlam chaplanadi, 1 — 1,5 soat o‘tgach qorasuvoq qilinadi. U yaxshilab shibbalanadi va tekislanadi. Agar qorasuvoqda ko‘p o'yiqlar bo'lsa, ular xuddi shunday suyuqroq qorishma bilan suvaladi, yuza yog'och andava bilan silliqlanib ishqalagich bilan sal ishqalanadi. Ma’lum vaqt o'tgandan (8—10 kun) keyin toshsuvoqlar bucharda, troyanka, zubchatka, zubilo bilan ishlanadi yoki qumqayroq, egovlar bilan ishqalab tozalanadi. Qotmagan qorasuvoqqa tosh uvog‘i sepib pardozlash. Tosh suvoqfarni cho'kichlashdan tashqari, fakturalashning asboblar bilan ishlov berish talab etilmaydigan boshqa usuli ham bor. Faktura ishlashning bu turi quyidagicha bajariladi. Tosh uvog'i mayda-yirikligi bo'yicha navlarga ajratiladi. Agar lozim bo'lsa, uvoqqa slyuda va boshqa to'ldirgichlar qo'shiladi hamda barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Shundan keyin yuzaga rangdor plastik qorishmadan qorasuvoq chaplanadi va tekislanadi. Keyin suv bilan ho'llangan tosh uvog'i yangi qorasuvoq yuzasiga kurakcha yordamida sepiladi. Ho'llangan tosh uvog'i qorishmaga yaxshi yopishadi. Uvoqlarni tez, to'xtatmasdan siltab sepish kerak. Uvoqlar tez siltab sepilsa, yangi chaplangan qorasuvoqqa yaxshi botadi. Uvoqlar to'g'ri sepilsa, g'adir-budir, jimirlovchi faktura hosil bo'ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling