Yosh bola suyaklarining sinishi. Yosh bolalarda suyaklarning sinishi o'ziga xos xususiyatlariga ega. Bolalarning suyagi birmuncha egiluvchan (elastik) bo'ladi. Shuning uchun kattalarnikiga qaraganda kam sinadi.
Suyaklarning ezilishi, buralishi va o'ralishi natijasida darz ketishi suyak pardasi ostida sinishi bolalarga xosdir.
Yosh bolalarda suyak epifizi bilan metafizi o'rtasida o'sish zonasi bo'ladi.
Shikastlanish natijasida suyakning bo'g'imlariga yaqin qismi (epifiz) o'sish zonasi orqali metofizdan ajraladi (epifizeoliz). Suyaklarning bu xil sinishi yosh bolalarning o'sayotgan organizmiga xosdir.
Shikastlanish natijasida epifiz metafizga nisbatan qisman yoki butunlay siljishi mumkin.
Suyak singanligi aniqlangandan so'ng zudlik bilan birinchi yordam ko'rsatish lozim, chunki keyingi davolash natijalari, hatto bola hayoti shu birinchi yordamga bog'liq bo'ladi. Buning uchun bemor tinch yotqizib qo'yiladi, kiyimlarini oxista yechib, singan soha aniqlanadi va shina qo'yiladi. Suyagi singan bolalarga birinchi yordam ko'rsatilgandan so'ng, ularni tezlik bilan davolash muassasasiga jo'natish kerak.
Adabiyotlar
Inomov G. Hamshiralik ishi. -T., 1996.
Rayskiy V.L. Tibbiyot hamshirasi. Spravochnigi. -T., 1989.
Salomatlik. Entsiklopediya. -T., 1999.
Ramazanova R.A. Tibbiyot hamshiralarining o'quv qo'llanmasi. -T., 1985.
O'ngiboev T.E. Shikastlarda va baxtsiz hodisalarda shoshilinch yordam. -T., 1999.
Do'stlaringiz bilan baham: |