Suyak sinishi turlari ochiq va yopiq, sabablari, belgilari. Tez yordam


Kramer, Diterixs, pnevmatik shinalar va qo'l osti vositalarini qo'llash (amaliy mashg'ulotlarni bajarish)


Download 12.58 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi12.58 Kb.
#1627254
1   2   3
Bog'liq
Suyak sinishi turlari ochiq va yopiq, sabablari, belgilari. Tez yordam

2. Kramer, Diterixs, pnevmatik shinalar va qo'l osti vositalarini qo'llash (amaliy mashg'ulotlarni bajarish)
O'z vaqtida va to'g'ri ko'rsatilgan birinchi yordam sinishlari muvaffaqiyatli davolashda muhim ahamiyatga ega. Bu ochiq sinishlarda yiringlashni, siniqlarning ikkilamchi siljishini, qon ketishini, yumshoq to'qimalar, nerv stvollari zararlanishini va shokning rivojalanishi oldini olish garovi hisoblanadi.
Birinchi yordam ko'rsatishda bemorda travmatik shok va o'tkir qon oqish bor-yo'qligiga yaxshi ahamiyat berish kerak, shunday holat bo'lganda tezda tegishli choralar ko'riladi. Shikastlangan sohadagi arteriyadan qon oqayotgan bo'lsa, bu yerga jgut qo'yiladi. Sinishda yara bo'lsa, darhol uni tozalab aseptik bog'lam qo'yish kerak. Yaradan bo'rtib chiqib turgan suyakni olmaslik kerak. Yaraga steril salfetka qo'yib, yara bint bilan bog'lanadi. Bog'lam vositasi bo'lmasa biron-bir toza, yumshoq matoni yaxshilab dazmollab, spirt yoki aroqqa botirib olib, so'ng yaraga qo'yish mumkin. Og'riqni qoldirish va yumshoq to'qimalarni singan suyak uchlari qo'shimcha shikastlanmasligining oldini olish uchun albatta singan sohani qimirlamaydigan qilib shina bilan bog'lab qo'yish kerak.
Shinalarning tabel va improvizion xillari mavjud. Tabel shinalari tibbiyot sanoati tomonidan ishlab chiqariladi va ular tibbiyot muassasalariga tarqatiladi, improvizion shinalar esa qo'l ostidagi materiallar (yog'och reykalar, karton tayoqchalar, faner, taxta va daraxt shoxlari)dan tayyorlanadi. Bular ham bo'lmaganda, masalan son yoki boldir singanida ular sog' tomoniga, qo'l singanida esa bemor tanasiga bog'lanadi. Tayyor standart shinalar har xil shakl va kattalikda bo'ladi, metall-turli yoki simli (Kramer shinasi), yog'och (Diterixs shinasi) gips shina va boshqalar.
Uzun naysimon suyaklar singanda transport immobilizatsiyasi uchun Kramer shinasi qo'llanadi. U «zinapoyasimon shina» deb ham ataladi, metall simlardan yasalgani uchun ham oson egiladi, zanglamaydi. Uni qo'l yoki oyoqning har qanday sinishiga moslash mumkin. Ishlatish uchun uning ustiga ozgina paxta qo'yib kleyonkadan qilingan xaltaga kiygizish yoki ustidan bint o'rab foydalanish mumkin. Shuningdek, simdan, fanerdan yoki kartondan yasalgan shinalarni ham ishlatsa bo'ladi.
Keyingi paytlarda immobilizatsiya uchun pnevmatik tibbiyot shinalari ham ishlatilmoqda. Uning ustunligi yengil, kichik hajmi, rentgen nurini o'tqazuvchi, singan joyni ko'ra bilishidir. Manfiy tomoni esa son va yelka suyagi singanida ishlatilib bo'lmaslik, qattiq emasligidir. Immobilizatsiya qilishning asosiy qoidasi singan joydan baland va pastdagi, son suyagi sinig'ida esa uch bo'g'im - boldir, oshiq-tizza, son bo'g'imlar harakatsizligini ta’minlashdir. Immobilizatsiya qancha erta qo'yilsa, yumshoq to'qimalarning qo'shimcha shikastlanishi va boshqa asoratlarning kelib chiqishiga shunga oz sharoit qoladi. Bilak va tirsak suyaklari singanida transport immobilizatsiyasi uchun kramer shinasidan foydalaniladi, bunda u 900 bukilib, yelka bilan qo'shib bog'lanadi, bilak va qo'l-panja bo'g'imlari shu tariqa harakatsizlantiriladi. Yelkadan shina qo'lning uchigacha yetkazilib, ro'molchaga osib qo'yiladi.
Yelka suyagi singanida shina uch bo'g'imda - yelka, bilak, qo'lpanjalarida harakat bo'lmasligini ta’minlash kerak. Buning uchun shina yaxshilab tekislanadi, egiladi va bemor panjasiga mahkamlanadi. Shinaning yuqori qismi sog' yelkada bo'lishi kerak. Fiksatsiya bintlash yo'li bilan bajariladi. Qo'l ro'molcha vositasida osib qo'yiladi. Boldir suyaklari singanida immobilizatsiya kramer yoki pnevmatik shina yordamida qilinadi. qo'yishdan oldin u oyoq shakliga keltiriladi va oyoq panjalaridan sonning o'rta yoki yuqori qismigacha qo'yiladi. Fiksatsiya mustahkam bo'lishi uchun singan oyoqning ichki va tashqi tomonidan yoki kramer shinasining kichikroq o'lchamdagilaridan bittadan katta shinani U simon qilib bukib qo'yiladi va ustidan bint bilan o'raladi. Son suyagi singanda Diterixs shinasidan foydalanadi. U taxtadan tayyorlangan, uzunligi 115-120 sm, og'irligi 1,5 kg bo'ladi. Unda 2 ta to'liq tayoqqa o'xshash qismi bo'lib tashqarisidagi uzun, ichkaridagi esa kaltaroqdir.
Diterixs shinasini qo'yish bir necha bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich - shina branshini sog'lom oyoq uzunligiga qarab tanlash. Tashqi qismining yuqori qismi yelka chuquriga, pastkisi esa oyoq uchigacha yotishi lozim. Bemorning qo'ltig'iga qo'yiladi. Ikkinchisi esa yuqori qismi oraliqqa, pastki qismi-oyoq uchigacha qo'yiladi.
Ikkinchi bosqich-bint yoki kamar bilan podstopnik oyoq pastiga mahkamlanadi.
Uchinchi bosqich - bint yoki kamar bilan oyoqqa, keyin bemor tanasiga mahkamlanadi.
To'rtinchi bosqich - ichki va tashqi branshlar oyoq uchidagi qismiga biriktiriladi va tortiladi.
Chanoq suyaklari singanida bemorlarni taxtadan yasalgan doska yoki qattiq zambilga, son va tizza bo'g'imlari bukilgan va «qurbaqa» holatida (tizzalari yoyilgan va tizza tagiga «odeyalo» yoki ko'rpachadan yasalgan yostiq qo'yilgan holda) immoblizatsiya qilinadi.
Umurtqa pog'onasi shikastlanganda har xil sinishlar yuz beradi, hattoki orqa miya ham zararlanishi mumkin. Shu sababli ham bunday bemorlarni transportirovka qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko'rish lozim. Umurtqaning qaysi bo'limi sinishiga qaramasdan, bemorlarni shitga yotqizilgan holda trasportirovka qilish kerak. Bo'yin umurtqalari singanida transportirovkadan oldin «Shants vorotnigi» bilan immobilizatsiya qilish tavsiya etiladi.

Download 12.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling