Suyak sinishi


Download 20.83 Kb.
bet1/2
Sana09.02.2023
Hajmi20.83 Kb.
#1182873
  1   2
Bog'liq
suyaklarning sinishi


Suyak sinishi. Bo`g`imlar chiqishi


REJA:

1.Suyak sinishi.


2.Qo`l – oyoq suyaklarining sinishi.
3.Umurtqa pog`onasi suyaklarining sinishi.
4.Bosh va yuz suyaklarining sinishi.
5.Umrov suyagining sinishi.
6.Suyak sinishida tibbiy yordam.
7.Bo`g`imlar chiqishi.



  1. Suyak sinishi. Tashqi kuch ta`sirida suyak butunligining buzilishidir. Suyak qismlari bir-biriga bog`liqligicha qolgani holda, butunligining qisman buzilishiga darz ketish (yorilish) deyiladi. Suyak singanda uning atrofidagi muskullar, tomirlar, nervlar ham ma`lum darajada shikastlanadi.

Sababi. Suyak sinishlari urilish, yiqilish, sport mashg`ulotlari, avtotransport hodisalarida sodir bo`lishi mumkin. Suyak sinishi tug`ma va turmushda orttirilgan bo`lishi mumkin.Tug`ma suyak sinishi homila suyaklarining tuzilishidagi kamchilik bilan bog`liq bo`ladi. Turmushda orttirilgan suyak sinishi travmatik va patologik turlarga bo`linadi.Travmatik suyak sinishi shikastlanishlar natijasida yuzaga keladi. Patologik suyak sinishi esa, ba`zi kasalliklar (sil, zaxim, osteomiyelit) oqibatida yuzaga keladi.
Suyak sinishi yopiq va ochiq bo`ladi.
Suyakning yopiq sinishi. Teri butunligi buzilmaydi. Og`riq, harakat faoliyatining buzilishi, teri ostiga, to`qimalar orasiga qon quyilishi (gematoma).
Bemor og`riqqa shikoyat qilgan joyni paypaslab, sekin bosib ko`rilganda singan suyakning ikkita uchi bir-biriga tegib g`ijirlaydi.
Suyakning ochiq sinishi. Teri butunligi buziladi. Terining jarohatidan qon oqadi, harakatlanish buziladi. Ba`zida singan suyak uchi teri jarohatidan ko`rinib turadi.
Qo`l-oyoq suyaklarining sinishi.
Yopiq sinishda – og`riq, harakatning buzilishi, shish paydo bo`lishi, shu joyni bosganda qisirlash tovushi kuzatiladi.
Ochiq sinishda – yuqoridagi belgilarga teri butunligining buzilishi va terining jarohatidan tashqariga qon oqishi qo`shiladi.
Umurtqa suyagining sinishi. Yopiq va ochiq sinish bo`ladi.
Umurtqa suyaklari singanda orqa miya nerv to`qimasi zararlanmagan bo`lsa, shikastlangan sohada og`riq, shish, umurtqa pog`onasida harakatning qiyinlashuvi (tik tura olmaslik, o`tira olmaslik) kuzatiladi.
Orqa miya nerv to`qimasi zararlangan bo`lsa, uning qaysi segmenti zararlanganiga qarab, orqa miyadan chiqadigan nervlar zararlanadi va ular boshqaradigan muskullar, a`zolarning sezuvchanligi, harakati buziladi.Ya`ni bemorning yotgan joyida ham qo`l-oyoqning harakati bo`lmaydi.
Masalan, orqa miyaning bo`yin segmenti zararlansa bo`yindan pastki sohada joylashgan barcha muskullar (qo`l-oyoq muskullari), chanoq bo`shlig`ida joylashgan a`zolar harakati, sezuvchanligi buziladi. Orqa miyaning bel segmenti zararlansa, oyoq muskullari shol bo`ladi.
Bosh va yuz suyaklarining sinishi.
Bosh va yuz suyaklari shikastlanganda shu sohada ogriq, shish bo`ladi. Hamda bosh miyaning chayqalishiga aloqador belgilar, ya`ni bosh og`rig`i, bosh aylanishi, hushini yuqotish kuzatiladi. Bosh suyagi sinishi bilan birga bosh miya to`qimasi ham shikastlangan bo`lsa, yuz va tana muskullari shol bo`lishi mumkin.
Yuz sohasidagi suyaklar singanda jag`larni harakatlantirish qiyinlashadi.
O`mrov suyagining sinishi.
Belgilari. Yopiq sinishda suyak singan sohada og`riq, to`qimalar orasiga qon quyilishi, yelka bo`g`imida qo`lni harakatlantirish buzilishi kuzatiladi. Ochiq sinishda teri butunligi buziladi, tashqariga qon oqadi.
Suyaklarning yopiq sinishida tibbiy yordam. 1.Og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin) muskul orasiga yuboriladi.
2.Suyak singan sohaga 10-20 minut davomida sovuq suvda namlangan sochiq, ro`mol yoki muzli xaltacha qo`yiladi (to`qimalarga qon quyilishini kamaytirish uchun).
3. Qo`l-oyoq suyaklari singan bo`lsa singan sohaga taxtakach qo`yib bog`lanadi.Singan qo`lni taхtakach bilan bog`lab, kosinka yordamida bo`yinga osib qo`yiladi. Oyoq suyagi singan bo`lsa, taхtakach bog`lagandan so`ng, bemorni to`shakka yotqizib qo`yiladi (Boshqa tadbirlar shifoxonada bajariladi).
4. Bosh suyagi singan bo`lsa, bemorning boshini baland qilib yotqiziladi, shu sohaga sovuq qo`yiladi. 4Nafas olishi va yurak to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi va yurak massaj qilinadi. Yurak va nafas faoliyatini quvvatlovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) – 1 ml teri ostiga.
5. Pastki jag` suyagi singanda yugancha shaklida bog`lam qo`yiladi.
6.O`mrov suyagi singanda qo`lga taxtakach qo`yib bog`lanadi va bo`yinga osib qo`yiladi.
7.Yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi, yoki yordam ko`rsatib bo`lingach, bemor travmatologiya shifoхonasiga yuboriladi.
Suyaklarning ochiq sinishida tibbiy yordam. 1. Og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin) muskul orasiga yuboriladi.
2. Yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kordiamin, kofein, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga;
3. So`ngra bemor qulay vaziyatda o`tqiziladi yoki yotqiziladi.
4. Qon oqishi to`xtatiladi (oldingi mavzularda aytilgan qoida bo`yicha).
5. Jarohat toza suv bilan qo`l tekkizmasdan yuviladi, so`ngra jarohat atrofiga aroq, spirt yoki yod eritmalaridan biri surtiladi.
6.Toza bog`lam qo`yiladi.Singan qo`l-oyoqlarga taxtakach qo`yib bog`lanadi.
7.Tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi, yoki tibbiy yordam ko`rsatilgach, bemorni travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.
Umurtqa pog`onasi suyaklari sinishida tibbiy yordam.
Umurtqa suyaklari singanida bemorga yotgan joyida og`riq qoldiruvchi, yurak ishini yaхshilovchi dorilar in`yeksiya qilinadi. Tez yordam chaqiriladi va u kelgunicha, bemor orqasi bilan tekis joyda qimirlamay yotishi kerak. Uni joyidan qimirlatish mumkin emas. Bu vazifani tez yordamning mutaxassis – travmatologi basharishi kerak.
Bo`g`im chiqishi. Ikki suyak bo`g`im yuzasining bir-biridan siljishidir.
Bo`g`im chiqishining turlari. 1.Tug`ma chiqish chaqaloq tug`ilgan zahotiyoq ma`lum bo`ladi. Kopincha son-chanoq bo`g`imining chiqishi uchraydi.
2.Shikastlanish tufayli elka, bilak, son-chanoq, tizza, boldir-tovon, panja bo`g`imlarining chiqishi uchraydi.
Belgilari. 1.Chiqqan bo`g`im sohasida kuchli og`riq.
2.Shu sohada harakatning buzilishi.
3.Shish paydo bo`lishi.
4.Chiqqan bo`g`im shaklining o`zgarishi (deformatsiya) kuzatiladi.
Tibbiy yordam. 1.Og`riq qoldiruvchi dorilar – analgin (baralgin) ichiriladi, yoki muskul orasiga.
2.Chiqqan bo`g`im sohasiga sovuq suvda namlangan sochiq, ro`mol, yoki muzli xaltacha qo`yiladi.
3.10-20 minutdan so`ng, sochiq-ro`molni olib, taxtakachli bog`lam qo`yiladi.
4.Tibbiy yordam ko`rsatilgach, bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi.



Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling