Suyak sistemasi. Odam skeleti


Download 17.74 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi17.74 Kb.
#1567421
1   2   3   4   5
Bog'liq
Suyak sistemasi

Suyakning pastki uchi katta boldir bilan birikib, tizza bo'g'imini tashkil etadi.
Tizza qopqog'i suyagi eng yirik erkin (sesamasimon) suyak bo'lib, u tizza bo'g'imining oldingi yuzasini yopib turadi. Bu suyakka sonning to'rt boshli muskulining payi birikadi.
Boldir suyaklari katta va kichik ikkita naysimon suyakdan iborat.
Katta boldir suyagi boldirning ichki tomonida joylash¬gan bo'lib, uning oldingi qirrasi o'tkirroq bo'ladi. Suyakning yuqorigi uchi kengayib, son suyagining pastki uchi bilan birikishga moslashgan. Pastki uchi yumaloqlashib, ichki to'piqni hosil qiladi.
Kichik boldir suyagi boldirning tashqi tomonida joylashib, uning yuqorigi uchi yo'g'onlashib, katta boldir suyagining yuqori qismiga birikadi. Pastki qismi oyoqning tashqi to'pig'ini hosil qiladi va oshiq suyagi bilan birikadi.
Oyoq panjasining suyaklari har xii katta1ikdagi 27 la suyakdan iborat bo'lib, ular uch guruhga bo'linadi: ular tovon suyaklari - 8 ta, oyoq-kaft suyaklari - 5 la va barmoq suyaklari - 14 ta. Odam tik yurishga o'tishi natijasida oyoq suyaklariga tu shadigan massaning ortishi va xilma-xil harakatlarning bajarilishi bu suyaklar funksiyasini oshirib, ularning rivoj!anishiga va mustah¬kamlanishiga sabab bo'lgan.

Suyaklarning tuzilishi va tarkibi

Suyaklar murakkab tuzilgan bo'lib, ular tarkibiga barcha epiteliy, biriktiruvehi, muskul va nerv to'qimalari kiradi. Suyak tarkibining asosini suyak hujayralari (osteoblastlar) tashkil etadi. Bu hujayralar suyaklarning organik qismi bo'lgan osseinni (oraliq oqsil modda) sintez qiladi va uning mineral moddalar bilan birikishini ta'minlaydi. Suyaklar ikki qavatdan iborat bo'lib, ustki qavati qattiq, zich plastinkasimon, ichki qavati g'ovaksimon tuzilishga ega. Ichki qavatida ko'plab ingichka kanalchalar bo'lib, ularda qon tomirlari va nerv tolalari joylashadi. Suyaklarning yuzasi pishiq yupqa parda (periost) - suyak usti pardasi bilan qoplangan. Bu parda biriktiruvehi to'qimadan iborat bo'lib, unda juda ko'p mayda qon va limfa tomirlari, nerv tolalari bo'ladi.




Download 17.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling